Kiritma gaplar. Kiritma gaplar so`zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo`shimcha axborot berish extiyoji bilan qo`llanadi. Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba`zan vergul yoki tirelar bilan ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik to`xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi: Bugun biznikiga kursdoshim Nabi (siz uni taniysiz) kirib keldi. Kiritma gaplar juda keng qo`llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan uning nutqi oralig`idagi qavslarda) ko`rsatib boriladi: Omon (o`qiydi va qotib-qotib kuladi). Bunisi ham shunaqa.
Kiritma gaplar asosan gap ichida yoki oxirida qo`llanadi: Mahbuba bilan Saodat (o`shanda hali tong yorishmagan edi) dalaga yo`l olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |