Uyushiq aniqlovchi. Narsa buyumning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar sanaladi: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi. Bog`da qizil, pushti, sariq gullar qiyg`os ochilgan. Qaratqich va sifatlovchi-aniqlovchilar uyushib keladi: O`rik, olma, teraklar vargi sarg`aydi.Ma’ruzachiga qiziq. kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi.
Uyushiq aniqlovchilar o`zaro teng bog`lanadi va bitta aniqlanmishga tobelanadi.
Gapda ba’zan aniqlovchilar ketma-ket qo`llanishi mumkin. Bunda u narsa-buyumning turli jihatdan belgisini bildiradi va uyushiq sanalmaydi: Mashina keng ravon yo`ldan g`izillab ketdi. Katta qora sumka ko`targan ayol kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |