QO`SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI BOG`LOBCHI BOSITALAR
Qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplarni biriktirish uchun xizmat qiladigan vositalar bog`lovchi vositalar hisoblanadi. Qo`shma gap qismlari quyidagi bog`lovchi vositalar yordamida bog`lanadi. 1.Bog`lovchilar: a) teng bog`lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo..., yo, dam..., dam...); b) ergashtiruvchi bog`lovchilar: toki, chunki, negaki, agar, garchi) 2. Bog`lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo`lsa, esa, deb; b) –u, -yu, -da, -ki, mi yuklamalari; d) nisbiy so`zlar; ye) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko`makchili qurilmalar; s) shart mayli qo`shimchasi (-sa). 3.ohang.
Do'stlaringiz bilan baham: |