KO`MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko`makchili qurilmalar vositasida bog`lanadi. Ular bosh gapning tarkibida keladi. Xalq Yusufbek xojidan zarra yomonlik ko`rmagan, shuning uchun u qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi.
Deb SO`ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi uchun ko`makchisi bilan ma’nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi. Ergash gaplar yozuvda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.(H. Olimjon)
Do'stlaringiz bilan baham: |