Bo`lsa, esa SO`ZLARI YORDAMIDA BOG`LANGAN QO`SHMA GAPLAR
Bo`lsa, esa so`zlari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo`lsa, esa so`zlari qiyoslanuvchi bo`lakdan so`ng keladi. Tovus o`zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o`zining sharaf-u shonini saqlaydi.Yaxshilik obro` keltiradi, yomonlik bo`lsa zulmatga olib boradi.
ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yoki shunday bog`lovchi vazifasidagi so`zlar yordamida bog`langan qo`shma gaplar ergashgan qo`shma gaplar hisoblanadi. Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman, agan o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. Sayramov to`g`on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |