ZIDLOB BOG`LOBCHILARI YORDAMIDA BOG`LANGAN QO`SHMA GAPLAR
Zidlov bog`lovchilari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga ular o`rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog`lovchilari – ammo, lekin, biroq, balki - qo`shma gapning ikkinchi qismi boshida qo`llanadi va qo`shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi: Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi.
–u, -, yu yuklamalari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga ular o`rtasida zidlash munosabati mavjudligini bildiradi: Havo ochildi-yu, quyoshning harorati sezilmadi.
Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog`lovchisi va bu vazifada qo`llangan –u, -yu yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qalin qor yog`di-yu, lekin havo unchalik sovimadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |