O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


insonlarning  ongi  va  faoliyatidagi



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

insonlarning  ongi  va  faoliyatidagi

  turli  ziddiyatlar,  keskin  tafo- 

vutlar  mavjudligi  faqat  uning  irqi  bilan  bog‘liq  emas.  Nemis

385



biolog  olimi  E.Gekkel  (Ch.D arvin  ta ’limotining  m ashhur 

targ£ibotchisi)  1904-yilda  ta’kidlaganidek,  turli  irqqa  mansub 

odamlar  aqliy  qobiliyatlari,  madaniy  saviyalarida  katta  farq 

bo‘lishiga  qaramasdan  bunday  tafovutdan  ulaming  hayotdagi  qadr- 

qimmatlarini  mutlaqo  boshqacha  baholash  lozim,  degan  m a’no 

kelib  chiqmasligi  zarur.  Insonni  hayvondan  yuksaklikka  ko'targan 

narsa  —  bu  madaniyatdir.  Odamlami  madaniyatga  chorlovchi 

qudrat  esa  aql-idrokdir.

Shuningdek,  erkaklar  bilan  xotin-qizlar  o‘rtasidagi  biologik 

farqning  ijtimoiy  munosabatlarga  ta ’siri  ham  turlicha  izohlandi. 

C hunonchi,  erkaklar  jam iyat  hayotida  aksariyat  hollarda 

ulug‘landi,  xotin-qizlarni  kamsitish  holatlari  avj  olib,  ikki  jinsni 

bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yish  vujudga  keldi.  Ikki  jins  orasi­

dagi  farq  ijtimoiy  munosabatlarda  ham  o‘z  ifodasini  topa  bosh- 

ladi.  Natijada,  erkaklar  «oliy»,  «yuqori»  tabaqa,  xotin-qizlar 

esa  «quyi»  tabaqa  vakili,  deb  qarash  asrlar  osha  davom  etaver- 

di.  Turgan  gapki,  bunday  tengsizlik  xotin-qizlarning  erkaklar 

bilan  tenglikka  erishish  uchun  kurashining  avj  olishiga  sabab 

bo‘ldi.  Xotin-qizlarning  erkaklar  bilan  tenglik  uchun  kurashi 

100—150  yil  oldin  boshlandi,  xolos.  Ilm-fan  rivojlanib  borayot- 

gan  hozirgi  sharoitda  xotin-qizlarning  ijtimoiy  hayotdagi  ishti- 

roki  yildan-yilga  oshib  borayotgan  bo'lsada,  hali  bu  borada 

yechimini  kutib  yotgan  dolzarb  muammolar  ko‘p.  Jahon  ja- 

moatchiligi  ongiga  jinslar  orasidagi  farq  «yuqori»  yoki  «quyi» 

jinsni  birini-ikkinchisiga  qarama-qarshi  qo'yish  bilan  emas,  balki 

ular  orasidagi  aloqadorlik,  bir-biriga  ko‘maklashish,  hamkorlik 

qilish  —  inson  tabiatidagi  turli-tumanlilikning  manbai  ekanligi 

singdirib  borildi.

Insondagi  tabiiylik  va  ijtimoiylikning  o‘zaro  aloqadorligi  ular 

orasidagi  munosabatlami  aniqlashda  ham  turli  yondashuvlar,  turli 

qarashlar  mavjud.  Birinchi  qutbdagi  olimlar  inson  mohiyatini 

haddan  tashqari  biologiyalashtirsalar,  ikkinchi  qutbga  mansub 

qarash  tarafdorlari  uni  sotsiologiyalashtiradilar.  Biologiyalashti- 

ruvchilar  yoki  naturalistlar,  insonning  inson  bo‘lib  kamol  topi- 

shida  uning  ongi  va  faoliyati  manbaini  biologik  omillardan 

qidiradilar,  inson  kamolotida  biologik  omillaming  rolini  bo'rttirib 

ko‘rsatadilar.  Sotsiologiyalashtiruvchilar  esa  inson  tabiatini,

386



uning  mohiyatini  ijtimoiy  munosabatlardan,  ijtimoiy  muhitdan 

izlaydilar,  insonning  inson  bo‘lib  shakllanishida  ijtimoiy  muhit 

hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega,  deb  tushunadilar.

Insonning  mohiyatini  biologiyalashtiruvchi  konsepsiyaga  irq- 

chilikni  ulug‘lovchi  rasizm,  sotsial-darvinizm  oqimlarini  misol 

qilib  ko'rsatish  mumkin1.  Rasizmning  reaksion  mohiyati  haqida 

biz  yuqorida  to'xtalib  o‘tdik.  Shuningdek,  ushbu  konsepsiyani 

sotsial-darvinizm  oqimi  tarafdorlari  ham  shod-u  xursandlik  bi­

lan  qo‘llab-quwatlaganlar.  M a’lumki,  angliyalik  mashhur  iqti- 

sodchi,  o‘ta  dindor  T.Maltus  (1766—1834-y.)  ijtimoiy  hayot 

yakka  kishining  yashashi  uchun  kurash  maydoni  vazifasini  ba­

jaradi,  bunday  murakkab  kurashga  moslasha  bilgan  kishigina 

ba’zi  yutuqlarni  qo'lga  kirita  oladi,  degan  flkrni  olg'a  surgan 

edi.  Maltusdagi  yashash  uchun  kurash  g'oyasini  Ch.Darvin 

(1809— 1882-y.)  o‘zining  tabiiy  tanlanish  va  evolyutsion  taraq- 

qiyot  haqidagi  ta ’limoti  uchun  asos  qilib  oldi.  Ch.Darvin 

ta ’limotidagi  yashash  uchun  kurash  g'oyasi  sotsial  darvinizm 

tarafdorlari  tomonidan  jamiyatga  tadbiq  etildi.  Jamiyatda  turli 

sinflar  orasidagi  kurashda  oliy  sinf  vakillari  hayotda  yuqori 

pozitsiyani  egallab  turishlari  lozim.  Chunki  yuqori  sinf  vakil­

lari  aqliy  qobiliyatlari  boshqalarnikidan  ustun,  degan  xulosa- 

lar  chiqardilar.  Boshqacha  aytganimizda,  Charlz  Darvinning 

biologik  ta’limoti  sotsial  darvinizm  tarafdorlari  tomonidan  tabiiy 

fanlarning  keyingi  yutuqlari  asosida  boyitildi,  yashash  uchun 

kurash  g‘oyasi  faqat  tabiatga  taalluqli  emas,  balki  jamiyat  hayoti 

uchun  ham  bu  qonunga  bo'ysunish  lozim,  degan  g'ayriilmiy 

fikr-mulohazalarini  olg‘a  sura  boshladilar.

Amerikalik  zoolog  olim  E.O.Uilson  inson  bosib  o'tgan  tari- 

xiy  taraqqiyot  yo'lini  boshqa  sayyorada  yashovchi  zoolog  ko‘zi 

bilan  o‘rganilsa,  inson  mohiyatini  to ‘la  bilsa  bo‘ladi,  buning 

uchun,  boshqa  sayyoralardan  turib  yerdagi  hayvonlar  katalogini 

tuzish  darkor,  deb  tushuntiradi.  Ana  shunday  nuqtayi  nazar 

bilan,  ya’ni  boshqa  sayyorada  yashovchi  zoolog  ko‘zi  bilan  bi- 

ologiyaga  nazar  solsak,  barcha  gumanitar  va  ijtimoiy  fanlar




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish