munosabatlami boshqarish odamni inson darajasiga ko'tarishda
eng muhim shart-sharoit vazifasini bajardi. Oilaviy munosabat-
larni boshqarish mexanizmini takomillashtirish, o‘z navbatida,
axloqiy normalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Boshqacha
aytganimizda, insonning ba’zi hayvoniy qiliqlari, odatlari axlo-
qiy-ijtimoiy normalar yordamida asta-sekin tartibga solindi. An-
troposotsiogenez jarayoni taraqqiyotida axloqiy-ijtimoiy norma
lar va o'lchovlarning vujudga kelganligi insonning hayvondan
farq qiluvchi eng muhim xususiyatlaridan biridir. Masalan, qadim
zamonlardan buyon hayvonlarga xos quyidagi qiliqlar, odatlar
mutlaqo ta’qiqlanadi:
— o‘zining yaqin qavm-qarindoshi bilan jinsiy aloqada bo‘lish;
— eng yaqin kishisiga (masalan, ota-onasiga) qo‘l ko‘tarish,
taniga jarohat yetkazish;
— o‘zining yaqin kishilariga suiqasd qilish va boshqalar.
Bunday nomaqbul qiliqlar hayvonlarga xos b o ‘lganligi
uchun ham qattiq qoralangan va taqiqlangan. Qadimgi axloqiy
normalar, turgan gapki, hali takomillashmagan, o‘ta oddiy
edi. Shunga qaramasdan, bunday normalar insoniylikning eng
oddiy ko‘rinishlari paydo bo‘layotganligidan dalolat berardi.
Ular asta-sekin rivojlanib, umuminsoniy qadriyatlarning vu
judga kelishi uchun zamin yaratdi. Ko'rinib turibdiki, antro-
posotsiogenez tufayli inson axloqiy mavjudot sifatida ham
shakllandi, biologik mavjudotning ijtimoiy mavjudotga ayla-
nish jarayoni sodir bo‘ldi.
Oddiy axloqiy normalar yordamida ibtidoiy jam oa o ‘z
a ’zolarini barchaga maqbul bo‘lgan tartib va intizomlarni ba-
jarishga majbur qildi. Xuddi shu holat insonni hayvondan
u z il-k e sil ajralib c h iq q an lig i va endi orqaga qaytib
bo'lmasligidan dalolat beradi. O 'z navbatida, ushbu voqea
ijtimoiy holatning biologik holat ustidan qilgan buyuk g‘alabasi
edi. Boshqacha aytganimizda, odamning mehnat qilish, mehnat
qurollari yasashni (paleantroplar) o'rganganligi, m a’lum ax
loqiy norma va prinsiplarga rioya qila boshlaganligi, ulkan
«neolitik inqilob» edi. Neolitik inqilob tufayli odam asta-sekin
ijtimoiylashib bordi.
Odamning dastlabki ajdodi (paleantrop) ov qilib, terib-
381
tergilab yashashga asoslangan faoliyatdan — ishlab chiqarishga,
yaratuvchanlikka asoslangan (dehqonchilik, chorvachilik, kosib-
chilik va boshqalar) turmush tarziga o‘ta boshladi. Xuddi shu
holat, odam ij'timoiy tarixiy mavjudot bo‘lib shakllanayotganli-
gidan, odam o‘zida insonga xos ijtimoiy fazilatlami mujassam-
lashtirayotganligidan dalolat berardi.
Yuqoridagi flkr-mulohazalarimizdan shunday xulosaga kelish
mumkinki, inson o‘zining ijtimoiy-tarixiy mavjudot ekanligi bi
lan olamda mavjud bo'lgan boshqa tirik mavjudotlardan prin-
sipial farq qiladi. Undagi barcha fazilatlar, xislatlar — tarixiy
taraqqiyot tufayli vujudga keldi. Shuning uchun ham inson —
tarixiy taraqqiyotning ham natijasidir. Insondagi barcha ehtiyoj-
lar mehnat tufayli hosil bo‘ldi. 0 ‘z navbatida ushbu ehtiyojlar,
istaklar — mehnat tufayli qondirildi. Mehnat inson ehtiyojlarini
qondirish bilan cheklanib qolmay, balki uni madaniylashtirdi.
Inson ehtiyojlarini qondirish malakasi sivilizatsiyaning eng muhim
elementiga aylandi.
Xullas, inson deb ataluvchi tirik mavjudot:
— moddiy va ma’naviy boylik yaratish uchun zarur bo‘lgan
mehnat qurollarini ishlab chiqaradi;
— yaxshi va yomon, uvol va savobning farqiga boradigan ax-
loqiy normalarga ega bo‘ladi;
— tarixiy taraq q iy o tn i harakatga keltiruvchi hissiy va
aqliy qobiliyatlarga, m oddiy va m a’naviy ehtiyojlarga ega
b o ‘ladi;
— jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, shakllanmay-
di, rivojlanmaydi;
— undagi individual xislatlar, fazilatlar mavjud ijtimoiy mu
nosabatlaming hosflasidir va o‘sha ijtimpiy munosabatlaming tari
xiy tipiga mansubdir;
— uning kundalik amaliy faoliyati ma’lum maqsadga qaratila-
di, aniq dastur asosida amalga oshiriladi, ongli — erkin xususi-
yatga ega bo‘ladi.
Ushbu xususiyatlar olamda mavjud bo‘lgan boshqa tirik mavju-
dotlardan insonning farq qiluvchi sifatiy xarakteristikalari hisobla-
nadi. 0 ‘z navbatida, xuddi shu holat inson ham tabiiy, ham
ijtimoiy mavjudot ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: