umri bosqichlarining (bolalik, o ‘smirlik, yoshlik, yetuklik,
keksalik) o‘ziga xos biologik xususiyatlaridir. Masalan, xotin-
qizlarning bola tug‘ish davri o‘rtacha 15—49 yoshga to ‘g‘ri ke
ladi. Xuddi shuningdek, inson degan biologik mavjudot qaysi
yoshda gapirishni boshlaydi? Qaysi yoshda uylanadi yoki tur-
mushga chiqadi? Qaysi yoshda jinsiy aloqa qilishni boshlaydi?
Ushbu savollarga bo‘lgan javoblar ham insonning boshqa bi
ologik mavjudotlardan tub farq etuvchi xususiyatlari mavjud
ekanligini isbotlaydi.
Insondagi biologik xususiyatlar turg'un yoki o'zgarib turishi
mumkin ekanligini unutmaslik lozim. Inson irqi turg‘un biologik
xususiyat bo‘lsa, insondagi fiziologik xususiyatlar o'zgarib turuv-
chidir. Ya’ni, inson irqi uzoq vaqtlardan buyon o'zgarmasdan,
barqarorligicha turgan bo'lsa, uning gavda tuzilishi esa zamonlar
almashishi bilan, u yashayotgan tabiiy muhitning o'zgarishi
bilan o‘zgarib turgan. Bu esa inson irsiy (genetik) xususiyatla-
rining o ‘zgarib borishiga ham sabab bo‘lgan.
Insonning biologik xususiyatlari haqida gapirganda, uning har
bir vakilining, ya’ni har bir kishining o‘ziga xos takrorlanmas,
ota yoki onasi tufayli vujudga kelgan genetik xususiyatlarga ega
boiishini ham unutmaslik darkor. Ushbu nodir betakrorlik tabi
iy va ijtimoiy omillar yordamida kuchaytirilishi yoki so‘ndirilishi
ehtimoldan xoli emas. Inson zotida hali foydalanilmagan cheksiz
imkoniyatlar, qobiliyatlar va talantlar mavjud ekanligini tan
olish insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi dialektik alo-
qadorlikni o'rganish jarayonining eng muhim prinsiplaridan
biridir.
Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi o‘zaro dialektik
aloqadorlik mexanizmini o ‘rganish jarayonida har bir kishining
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud ekanligini tan olmaslik, ama-
liyotda qobiliyatli, talantli, iqtidorli kishilarni kamsitishga, ular-
ni jamiyatning oddiy ijroclji «murvatchalariga» aylantirib qo‘ydi.
Qobiliyatli, talantli kishilarni qobiliyatsiz, loqayd kishilar bilan
tenglashtirish ijtimoiy adolat norma va prinsiplariga zid ekan
ligini ham unutmaslik zarur.
Inson tabiiy va ijtimoiy, boshqacha aytganimizda, bir vaqtning
o'zida ham ijtimoiy, ham organik olamga taalluqli ekanligi uning
384
mohiyatini tushunib olishda bir qator muammolarni keltirib
chiqaradi. Ushbu muammolar orasida quyidagi ikki muammo
haqida to‘xtalib o'tmoqchimiz.
Aristotel insonning mohiyatida hayvoniy (biologik) va siyosiy
(ijtimoiy) boshlang‘ich asos borligini inobatga olib, uni «siyo
siy hayvon», degan edi. Munozara, bahslarga sabab bo‘lgan
mulohaza shundan iboratki, o'sha ikki boshlang‘ich asosning
qay biri inson faoliyati, his-tuyg‘ularini belgilashda asosiy rol
o‘ynaydi? Insonda tabiiylik (biologik) va ijtimoiylikning o'zaro
aloqadorligi qanday sodir bo'ladi?
Yuqorida biz inson bolasining har biri o‘ziga xos takrorlan-
mas xususiyatlaiga ega ekanligi haqida to'xtalib o‘tgan edik. Qizig‘i
shundaki, biz kishilarni ba’zi biologik belgilariga qarab (masa
lan, yoshi, jinsi) ma’lum guruhlarga birlashtiramiz, boshqa bi-
rovlarini esa ijtimoiy belgilariga (masalan, kasbi, mutaxassisligi,
ish staji va boshqalar) qarab, yana allakimlami insondagi tabi
iylik (biologik) va ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikka qarab ma’lum
tabaqalarga birlashtiramiz. Shunday ekan, o‘sha belgilarga qarab
tabaqalashtirilgan guruhlaming (masalan, xotin-qizlar) biologik
o‘ziga xosligi jamiyat faoliyati uchun ahamiyatga egami?
Ushbu muammolar atrofida faylasuflar va boshqa insonshu-
nos olimlar orasida uzoq vaqtlardan buyon munozaralar davom
etmoqda. Muammolar yechimiga bag'ishlangan turli konsepsiyalar,
ilmiy yo‘nalishlar vujudga kelmoqda. Chunonchi, ba’zi birovlar
kishilarning irqiy belgilariga qarab insoniy fazilatlarini baho-
lashni taklif etayotirlar. Ayrim irqlarning insoniy fazilatlari yu-
qori, ayrimlarniki esa past, chunonchi «oliy» va «past» tabaqali
irqlar bo‘ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etmoqdalar. XX
asrda, hatto o‘tgan asrning boshlarida ham, «oq irq» jahonda
mavjud bo‘lgan barcha irqlarning buyugidir, degan uydirmalar
tarqatilganligi fikrimiz dalilidir. Turgan gapki, jahon ilmiy ja-
moatchiligi bunday g‘ayri ilmiy fikr-mulohazalarni, irqchilik
g'oyalarini antigumanistik qarash sifatida qattiq qoraladi. Uning
ijodkorlarini reaksionlikda aybladi.
Haqiqatdan, yer yuzida yashayotgan turli irqlarga mansub
Do'stlaringiz bilan baham: