Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan


Mashqning absolyut shiddatligi (harakat tezligi)



Download 4,66 Mb.
bet204/404
Sana31.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#420371
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   404
Bog'liq
1-Kurs Abilqosimov Samandar

1. Mashqning absolyut shiddatligi (harakat tezligi)
2. Mashqning davomiyligi;
3. Dam olish intervallarining davomiyligi;
4. Dam olish xarakteri
5. Mashqlarning takrorlanish soni.
Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funksional imkoniyatlari bir tomondan, tegishli harakat malakalari texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi. Nafas olish imkoniyatlari uncha muxsus emas, ular harakatlarning tashqi shakliga juda ham bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun agar kishi mashqlar yordamida, masalan, yugirishda o‘zining aerob imkonitlari darajasini oshirgan bo‘lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga - yugurishga yoki chang‘ida yug‘urishda ham ta’sir etadi.
Mazkur sportchi organizmining vegetativ tizimlarining ishlash imkonityalari barcha shunga o‘xshash harakatlarni bajarishda ham yuqori bo‘ladi. Shartli qilib aytganda, vegetativ mashq ko‘rganlikning umumlashgan bu xarakteri chidamlilikni ko‘chirish uchun keng miqyosida qulay sharoitlar yaratadi. Biroq har bir ayrim holda ko‘chishning mavjudligi yoki yo‘qligi organizmning energetik imkoniyatlariga va harakatlarning barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan talablar bilangina emas, balki harakat malakalari o‘rtasidagi o‘zaro xamkorlik xarakteri bilan ham belgilanadi. Masalan, yurish va yugirishdagi harakatlarning koordinatsion tuzulishlari hamda tezkor kuchlilik xarakteristikalari ko‘p jihatdan boshqa bo‘ladi. Shuning uchun yugirish tezligini mashq qildirish yo‘li bilan oshirilishi yurishdagi maksimum tezlika ta’sir etmaydi. Bunda tezkorlik ko‘chaymaydi. Ayni vaqtda uzoq masofalarda yugirish va yurish o‘rtasida mashq ko‘rganlikning o‘chishi shubxasizdir.
Ish quvvati qancha kam bo‘lsa, ish natijasi harakat malakalarining mukammallik darajasiga shunchalik ham kishining aerob imkoniyatlariga esa shunchalik ko‘p bog‘liq bo‘ladi. Ish quvvati juda kam bo‘lganda aerob imkoniyatlarining qiymati shunchalik katta bo‘ladiki, shunga o‘xshash ishlardagi chidamlilik umumiy xarakterda bo‘lib qoladi. Umumiy chidamlilik barcha muskul guuhlarini ishga soladigan, o‘rtacha intensivlikda uzoq davom etadigan ishlardagi chidamlilikdir. Shuning uchun umumiy chidamliliklarning fiziologiyasi kishining aerob imkoniyatlaridir.
Chidamlilikni tarbiyalash jarayonida organizmning umumiy chidamlilikni maxsus turlarini belgilab beradigan funksional xususiyatlarini har tomonlama o‘stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish jarayonida charchoq paydo bo‘lganiga qaramay, mashqni davom ettirish albatta zarur bo‘ladigan, katta xajmdagi, anchagina zerikarli va og‘ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal qilishni tasavvur etish ham qiyin.
Shu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar qo‘yiladi. Chidamlilikni tarbiyalash, mexnatsevarlikni, katta jismoniy yuklanishlarga va nihoyatda xorg‘inlik xissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida organizmning aerob imkoniyatlariga ta’sir etish orqali uch vazifa hal etiladi: a) kislorod iste’mol qilish maksimal darajasini oshirish; b) shu darajani uzoq vaqtgacha saqlab turish qobiliyatini rivojlantirish; v) nafas olish jarayonlari maksimal miqdorgacha tezroq yetishini oshirish.26
Yurak va nafas olish tizimlarining maksimal ravishda ishlashiga erishiladigan hamda uzoq vaqt mobaynida juda ko‘p kislorod iste’mol qilinishini ta’minlaydigan mashqlar nafas olish imkoniyatlarini oshirish vositalari jumlasidandir. Bular orasida mumkin qadar ko‘proq muskullar qatnashadigan mashqlar samaradordir. Agar imkon bo‘lsa mashg‘ulotlarni kislorodga boy bo‘lgan joylag‘a ko‘chirish ancha foydali. Mashqlarni kritik darajaga yaqin intensivlikda bajarish tavsiya etiladi.
Aerob imkoniyatlarni oshirishda bir meyorda mashq qilish metodidan, shuningdek takroriy va o‘zgaruvchan mashq metodlaridan foydalaniladi. Bir meyorda to‘xtovsiz masho‘ qilish umumiy chidamlilikni tarbiyalashni dastlabki bosqichlarida ayniqsa keng qullaniladi. Buning sababi shundaki, kislorod iste’mol qilishini ta’minlaydigan tartiblarning ishidagi uyg‘unlik bevosita mashq jarayonida oshadi. Agar trenirovka mashqlari organizmga uzoq vaqt ta’sir etib tursa, bu ortish yanada ko‘proq bo‘ladi. Ba’zi bir organlar va tizimlarning funksional imkoniyati unchalik tez bo‘lmagan, lekin uzoq davom etadigan ishlarni bajarishda jadallik bilan ortib boradi. Biroq to‘xtovsiz ishlaganda maksimal miqdorda kislorod iste’mol qilishni saqlab turish organizm uchun juda qiyin. Odatda chegara darajada kislorod iste’mol- qilib ishlash 10-12 daqiqadan oshmaydi.
Aerob imkoniyatlarini oshirishda - g‘archi birinchi qarashda parodaksal bo‘lib ko‘rinsa ham - ozgina dam olish oraliqlariga bo‘lingan qisqa muddatli takrorlash tarzida bajarilayotgan ishlar ko‘proq samara beradi. Qisqa vaqt ichida shiddatli ishlash natijasida hosil bo‘ladigan anaerob parchalanish maxsulotlari nafas olish jarayonlarining kuchli stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bunday ish bajargandan so‘ng birinchi 8-10 soniya ichida kislorod iste’mol qilish ortadi, yurak ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlari oshib boradi - qonning urish xajmi ko‘payadi.
Aerob imkoniyatlarni oshirish uchun takroriy va o‘zgaruvchan mashq metodlaridan foydalanishda asosiy vazifa ishlash bilan dam olishning eng yaxshi variantini tanlashdan iborat. Taxminan quyidagi xarakteristikalarni ko‘rsatish mumkin:
Ishning shiddatligi yuqori darajada maksimal shiddatligining taxminan 75-85% darajasida bo‘lishi kerak. Ishning shiddatligi ish oxiriga borib pulsning chastotasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bo‘laklarning uzunligi ishlash vaqti taxminan 1-15 daqiqadan oshmaydigan qilib tanlanadi. Lekin, bunday qilinganda, ish kislorod yetishmasligi sharoitida sodir bo‘ladi va kislorodni maksimal iste’mol qilish dam olish davriga to‘g‘ri keladi.
Dam olish oraliqlari shunday bo‘lishi kerakki, keyingi bo‘ladigan ishlar oldingi ishdan keyin ro‘y bergan qulay o‘zgarishlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Dam olish oralig‘ini unchalik tez bajarilmaydigan ishlar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi. Buning bir qator afzalliklari bor: dam olishdan ish holatiga va aksincha ish holatidan dam olish holatiga o‘tish osonlashadi, tiklanish jarayonlari birmuncha tezlashadi va hokozalar. Bularni hammasi ko‘proq xajmda ish bajarishga, uzoq vaqt barqaror holatni saqlab turishga imkon beradi.
Takrorlash soni shug‘ullanuvchilarning barqaror holatni tutib turish, ya’ni kislorod iste’mol qilish yetarlicha yuksak darajada bo‘lgan sharoitda ishlash imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
Charchoq paydo bo‘la boshlashi bilan kislorod istemol qilish darajasi pasayadi. Odatda bu pasayish ishni to‘xtatish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Kretinfosfat mexanizmi takomillashtirishga qaratilgan jismoniy yuklanishlar quyidagi xarakteristikalar bilan farq qiladi:
Ishning shiddatligi - chegara darajadagi tezlikka yaqin, lekin biroz pastroq bo‘lishi ham mumkin. Katta hajmdagi ishni chegara tezlikda bajarish tezlik to‘sig‘i hosil bo‘lishga olib kelishi qayd qilingan edi. Bo‘laklar uzunligi - ish vaqti taxminan 3-8 soniya bo‘lishini hisobga olgan holda tanlanadi.
Dam olish oraliqlari - kislorod yetishmasligining alaktat fraksiyasi juda tez qoplanishini hisobga olgan holda taxminan 2-3 daqiqaga teng bo‘lishi kerak. Biroq muskullardagi kreatinfosfat zapaslari juda kam bo‘lganligi uchun, mashq 3-4 marta takrorlanganidan keyin fosfokreatin mexanizmining imkoniyatlari tugaydi. Dam olish oraliqlarini faqat takrorlash seriyalari orasidagi tanaffus vaqtidagina boshqa ish turlari bilan to‘ldirish foydalidir. Markaziy nerv bog‘lanishlarining qo‘zgaluvchanligi kamaymasligi uchun, asosiy mashqni bajarishda jismoniy yuklanish tushgan guruhlariga shiddatligi kam qo‘shimcha ishlar berish foydalidir.27
Takrorlashlar soni shug‘ulanuvchilarning tayyor ekanlik darajasiga qarab belgilanadi. Aslida qisqa bo‘laklarda seriyalar bilan bajariladigan bunday mashq tezlikni pasaytirmay katta hajmdagi ish bajarish imkonini beradi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish