Qoplanish muddati – loyihada pul oqimlari summasi bilan bosh-
lang‘ich investitsiyalar summasi teng bo‘lishi zarur bo‘lgan vaqtdir.
Ushbu investitsiya ishlarining o‘lchovi, kiritilgan kapitalning to‘liq qaytuvi
qachon ro‘y berishini bilmoqchi bo‘lgan investorlar tomonidan foydalaniladi.
Kamchiligi: qoplanishlik muddatidan so‘ng to‘lovlar hisobga olin-
maydi. Qaytim me’yori bo‘yicha kapitallashtirishda daromad oqimi,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirishdan ko‘ra to‘laroq ko‘rib chiqiladi. Pul
oqimlarini o‘zgarish xarakteri hisobga olinadi, oqibatda investitsiyalar
qarorlari tahlil qilinadi, yanada qiyin hisob-kitob modellari qo‘llaniladi.
Qaytim me’yori bo‘yicha daromadni kapitallashtirishning asosiy
usullari:
– o‘z ichiga har bir rejalashtirish yili uchun pul oqimlarini to‘la
tahlil qilishni oladigan, pul oqimlarini diskontlash usuli;
– birinchi yil daromadni kapitallashga, uni o‘zgarish tendensiyalarini
hisobga olish bilan, hisob-kitob modellari bo‘yicha kapitallashtirish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |