Diskont stavkasi – jalb etilgan kapital uchun talab etiladigan kirim
me’yori bo‘lib, u o‘zida kapitalga xarajatlar uchun, har bir muddatda
olinayotgan daromadning joriy qiymati munosabatini aks ettiradi.
Ko‘chmas mulk qiymati yuqori va uni sotib olish uchun, investitsion
loyihalarni amalga oshirish uchun qarz kapitalini olish talab qilinadi. Bu
holatga muvofiq, diskont stavkasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) foiz stavkasi – qarz kapitali uchun talab qilinadigan foyda me’yori;
b) daromad stavkasi – shaxsiy kapitali uchun talab qilinadigan
foyda me’yori.
Do'stlaringiz bilan baham: |