Muqobil investitsiyalarni taqqoslash usuli. Bu holda, o‘xshash risk
darajasiga ega investitsion loyihalar, o‘xshash diskontlash stavkalariga ega
bo‘lishlari kerak deb tushiniladi. O‘xshash risk darajasi bilan loyihani
diskontlash stavkasi – kapitalning muqobil qiymati deb ataladi. Bunday tu-
shumni, investor o‘xshash riskli loyihalarga vositalarni kiritmasdan yutqazadi.
Ko‘chmas mulkka investitsiyalar uchun taqqoslash obyekti sifatida
savdo kreditlari bilan qarz ta’minotlari me’yori, ba’zi qimmatli qog‘oz-
lar bo‘yicha tushum me’yorini tanlanadi. Kreditor uchun risk darajasi,
shaxsiy kapitalga ega investordan ko‘ra pastroqdir. Shuning uchun
ko‘chmas mulkka investitsiyaning qaytimi kredit bo‘yicha foiz me’yori-
dan oshiq bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |