To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish. Kapitallashtirishning asosiy
usullari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri va daromadlarni kapitalga qaytim me’yori
bo‘yicha kapitallashtirish usulidir.
Har bir muayyan sharoit uchun kapitallashtirish usulini tanlashda
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: ko‘chmas mulk turi; obyektning samarali
yoshi va iqtisodiy hayot muddati; axborotlarning ishonchliligi va keng-
ligi; baholash obyektidan daromadlar xarakteristikasi (kattalik, kelib tu-
shish davomiyligi, o‘zgarish tezligi).
Eng ko‘p ishlatiladigan usullar:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish, obyekt bahosi kapitallashti-
rish stavkasiga sof yillik daromadni bo‘lish bilan aniqlanadi;
- yalpi renta usuli, potensial yoki joriy daromad va yalpi renta ko‘-
paytiruvchi kattaliklarni hisobga olgandagi mulkni baholashga asoslangan;
81
- pul oqimlarini diskontlash usuli – pul oqimlari noteng bo‘lganda,
erkin o‘zgargan va bir vaqtda mulkni ishlatish bilan bog‘liq risk darajasi
inobatga olinganda, obyektni baholash;
- qoldiq usuli – daromad shakllanishining alohida omillari (qoldiq
usuli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashuv usulini ham, qaytim me’yori
bo‘yicha daromad kapitallashuvi usullarini ham ishlatish mumkin) ta’si-
rini hisobga oluvchi mulkni baholash;
- ipotekaviy-investitsion tahlil usuli – shaxsiy va qarz kapitallari
qiymatini hisobga olishga asoslangan mulkni baholash.
Ma’lum kapitallashtirish usulini tanlash kutilayotgan daromadlar
sifati va xarakteri bilan aniqlanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish – mulkdan foydalanishning
barqaror shartlari saqlanganda, daromadni doimiy kattaligida, boshlan-
g‘ich investitsiyalarni yo‘qligi va bir vaqtda kapital va kapitalga daro-
madni qaytarishni hisobga oluvchi mulkni baholash.
Kapitallashtirish stavkasi, odatda, bozor axborotlarini baholash
obyektini o‘xshashlari bo‘yicha tahlil qilish asosida hisoblab chiqiladi.
U sof yillik daromadni o‘xshashni sotish narxiga bo‘lish bilan topiladi.
O‘tgan bo‘limda ko‘rib chiqilgan daromadli yondashuv bazaviy
formulasi:
,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashda quyidagicha qo‘llaniladi:
,
bu yerda PV – ko‘chmas mulkni joriy qiymati, NOI – baholash yilidan
birinchi sana uchun kutilayotgan sof operasion daromad, Ro – kapitalla-
shuvning umumiy stavkasi.
NOI sifatida, bir necha yil uchun o‘rtacha daromad yo‘li bilan olina-
yotgan, 1 yil uchun normallashgan sof operasion daromad ishlatilishi mumkin.
Dd kapitallashtirish stavkasi, aktivga jalb etiladigan vositalar uch-
raydigan risklarni o‘zida aks ettiradi. Kapitallashtirish stavkasining
hisob usuli, baholash obyekti ishlovchi muayyan sharoitlarga bog‘liq
bo‘ladi: daromadlar to‘g‘risida ma’lumot va taqqoslanadigan obyektlar
bo‘yicha tanlov asosida bitimlar narxlari, bitimni moliyalash manba va
82
sharoitlari, bashorat muddati oxirida obyektning nisbiy qiymatini to‘g‘ri
bashoratlash imkoniyati.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirishni yalpi renta ko‘paytiruvchisi
bilan qo‘llash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |