Менежмент. Маркетинг


Axborotni to‘plash uslublari



Download 8,34 Mb.
bet209/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

5.3. Axborotni to‘plash uslublari

Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyaan davr mobaynida haridorlar atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muxism ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. CHunki, bozorda ruy berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir.

SHu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha tulaligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.

Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p kullaniladigan axborot yigish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir kator turkumlash belgilariga ko‘ra farklanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va ukuv kullanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan.

Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. YOppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko‘p vaqt, mablag talab kiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat kiladi. Masalan, aholini ruyxatga olish, tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ruyxatga olish va x.k.

Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘prok kullaniladigan uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra farklanadi va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat.

Birinchidan, tanlama kuzatishda yechiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yigish va qaror qabul qilish jarayoni uchun uta muhimdir.

Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning ko‘p kirraligini va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liqrok tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo‘ladi.

Uchinchidan, tanlama kuzatishada ruyxatga olinuvchilar mikdori nisbatan kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot ob’ektni (yoki mulokatdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan mustaxkam aloqa va qayta aloqa urnatish imkoni bir muncha yuqori bo‘ladi, bu xususiyat esa kuzatishda “yanglishishlar” extimolini kamaytirishag sabab bo‘ladi.

Turtinchidan, majmua mikyosida kuzatish utkazish ko‘plab xodimlarni jalb qilish va harajatlarning ortib borishiga olib kelsa, tanlama kuzatishda tadqiqot nisbatan arzon tashkil etiladi.

Lekin tanlama kuzatishni amalga oshirishdastavval muayyan koidalarga va ketma-ketlikka amal qilishni talab etadi. Bu birini navbatda kuzatish uchun aniqlanadigan tanlovning mikdoriy va sifat jihatdan vakilligi bilan bog‘liq.

Marketing tadqiqotlarida eksperiment uslubi ham ko‘p kullaniladi. Xususan, u tadqiqotda bir necha takkoslanadigan holatlarni (guruxlarni) yaratishga va o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar ta’sirini aniqlashga asoslanadi. Misol uchun, shahar ayollarining ayrimlari o‘z odatlariga ko‘ra soch ko‘ritish va soch turkumlash ko‘rilmalaridan aloxida hollarda foydalaniladilar. Savdo firmasi elektr asboblari ishlab chiqaruvchi firma kumagida umumlashgan tarzda ishlab chiqarilgan soch ko‘ritish va soch turkumlash ko‘rilmasini sotish va bunda haridorning munosabatini o‘rganmokchi.

Ayollarning qanday guruxlari (haridorlik atvori va iste’moldagi fe’liga ko‘ra) umumlashgan ko‘rinishdagi soch ko‘ritish va soch turkumlash ko‘rilmasini sotib oladi yoki sotib olmokchi. Bu muammoni elektr asboblari ishlab chiqaruvchi hamda savdo firmasi eksperiment uslubida amalga oshirishi yuqori samara beradi. Tajriba uchun savdo firmasiga m mikdorda yangi ko‘rilmalar yetkaziladi. Ularni sotish jarayoni bir yo‘la eksperiment (sinov) qilinadi va keyinchalik haridorlar atvori kuzatiladi.

Tashkilotlarda eksperimentdan foydalanish o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayon xususida tularok ma’lumot olish imkonini beradi, uni tashkil etish bir muncha mushkul. CHunki xakikiy (yoki istakdagi) holatni yaratish, barcha omillar ta’sirini aniqlash bir qancha mutaxasislarni jalb etishni va tadqiqot harajatlarining ortishiga sabab bo‘ladi. SHu nuktai nazardan eksperiment utkazish doirasi, uning yo‘nalishlari, uslublari va ketma-ketligi dastavval mukammal ishlab chiqarilishi kerak.

Marketing tadqiqotlarida surok uslubi tavsiflovchi yo‘nalishdagi izlanishlarda ko‘prok kullaniladi. Jumladan. Mijozlar va haridorlarning kat’iyati, qiziqishlari, ishtiyoklaridagi o‘zgarishlar, mamnunligi va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi tadqiqotlar. Surok uslubi tadqiqotining yo‘nalishiga ko‘ra anketa yoki mexaniq ko‘rilmalar vositasida amalga oshiriladi. Surok uslubining samarali jihati shundan iboratki, u tadqiqotda bir necha marotaba kullanilishi, tegishli ob’ekt to‘g‘risida axborotlarni unumlashtirib borish imkonini beradi.

SHu bilan birga surok uslubi ham tadqiqot uchun tanlov birligi, xajmi, belgisi va utkazish tartibini dastavval aniqlanishini takazo etadi. Masalan, urnatilayotgan majmua ob’ektlarining barchasini to‘liq o‘rganish imkoni bo‘lmaganda, tanlama uslub kullaniladi. YUqoridagi misolda keltirilgan soch ko‘ritish va soch turmaklash ko‘rilmasini sotib olib foydalanayotgan ayollarning ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, harid vaqtida va hariddan 1oy keyin surok tarzida amalga oshirilishi mumkin. Mulokat urnatishda esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruxli suxbat kullaniladi.

Mulokatdagi auditoriya bilan aloqa urnatish uslublari ichida telefon orqali intervyu, shaxsiy, guruxlar vositasida intervyu, pochta orqali anketa yuborish ko‘p kullaniladi. Telefon vositasida intervyu - suralovchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suxbatni o‘z ichiga oladi. Odatda u telefon aloqasi yaxshi uyushtirilagn holatlardagina kulaniladi. Lekin, suraluvchi bilan atroflicha suxbatlashish, uning fikrini mukammalrok bilish doirasi bir muncha cheklangan bo‘ladi.

SHaxsiy intervyu surok uslubida keng kullanib, intervyu olib boruvchi tomonidan savollarga tula javob olish va uni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. U yuqori maxoratli mutaxassislar ishtirokida, belgilangan savollar kulamida amalga oshiriladi. Uning natijalari magnitafon yoki videomagnitafonlarga yozilishi, sungra umumlashtirilishi lozim. SHaxsiy intervyu bir necha minut yoki bir necha soat davom etadi va shu sababdan respondentlarga suxbatdan so‘ngsovga topshirish maqsadga muvofik hisoblanadi.

Gurux ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat gurux) shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, yagona maslakni ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Gurux ishtirokidagi intervyu olib boruvchi mulokatga usta, notik va fikrlarni mantikan umumlashtirishda yuksak qobiliyat soxibi bo‘lishi nazarda tutiladi. Bunday suxbat videolentaga yozilishi va keyinchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga takdim etilishi ham mumkin. Bunda suralayotgan ob’ektning o‘zi, o‘z fikrlarining asoslashlari yakkol ko‘rinib turadi. Masalan, yangi avtomobilning ichki jixozlari, uning kulay dizaynda yasalishi bo‘yicha ko‘p yillik xaydovchilar bilan guruxli intervyu utkazish.

Marketing tadqiqotlarida surok uslubi ko‘p jihatdan anketa (surov varakasi) vositasida ko‘p tashkil etiladi. Anketa o‘z ichiga tayinli tizimga solingan, mantikan bog‘langan savollar kulamini olib, asosan 2 shaklda axborotlar to‘plashga xizmat kiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida respondent javoblarini maxsus mutaxassis ogzaki surab, belgilab, umumlashtirib borishga asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, takdim etilgan anketa savollariga bevosita respondentning o‘zi, guruxlarga ajratilgan muxobil javoblarni belgilaydi.

Ko‘pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etadilar:

- haridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabati, kanoatlanish darajasiga oid izlanishlar;

- haridorlarning muayyan tovar assortimenti turi bo‘yicha ta’minlanishi, ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan izlanishlar;

- haridorlarni muayyan tovarlarga bo‘lgan ishtiyoki, iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko‘ra segmentlarga ajratish bo‘yicha izlanishlar;

- haridorlarning shakllanayotgan talablarini o‘rganish, tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar;

- tovarlarni harid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan izlanishlar va boshqalar.

Anketa vositasida utkaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb qilinadi. Tadqiqotlar utkazilish davriga ko‘ra doimiy va doimiy bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Bu xususiyat marketing izlanishi bilan shugulanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat ko‘rsatishsiyosati va boshqa xususiyatlarga bog‘liq.

Anketa savollarini imkoni boricha qisqa, oddiy, umumiy ma’lum bo‘lgan so‘zlar bilan tuzishga harakat qilishi zarur. Xatto ayrim hollarda mahalliy shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so‘zlarni ishlatmaslikka o‘rinish kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tugdiradigan savollarning anketada bo‘lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bo‘lishi respondentni ko‘p uylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi.




Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish