7.3. Marketing nazorati va uning turlari14
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash,
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash,
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va xokazolar.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing harajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Rentabellikni nazorat qilish xakikiy sotish va ular tendentsiyalarini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan takkoslashda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing harajatlarini tahlil qilish aloxida tovarlar, ularning assortiment guruxlari, bozor segmentlari, xududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishning asosiy kiyinchiliklari va istiklolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‘z ichiga marketing makro va mikro marketing muxiti marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx reklama xodimlarini oladi.
Marketingda nazoratni uch turi farklanadi:
Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;
Foydadorlikni nazorat qilish;
Strategik nazorat .
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi xissa tahlili, marketing harajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Foydani nazorat qilishni maqsadi firma nima hisobiga daromad topaetganligini va kaysi o‘rinlarda uni yo‘kotaetganligini aniqlashdan iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa xakikatdan ham firma o‘zidagi marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yeki yo‘kmi ekanligi aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan fark qilgan holda bosh maqsadda firma mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liqdir. U kon’yunktura va xakikiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etini joriy vazifalari bilan qisman bog‘liqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni okilona ta’minlashda marketingni amalga oshirishni yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini aniqlash yo‘li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati bo‘yicha fark kiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi uslublarini kiritish mumkin.
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, chizikli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish texnikasi, chizikli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chizikli dasturlash uslublari keng kullaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash (masalan, bozor ulushi, oborot va xokazo)
2.Faoliyatni xakikiy ko‘rsatkichlari natijalarini ulchash (ma’lumotlarni yigish)
3.Faoliyatni reja va xakikiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko‘rsatkichlaridan xakikiysini imkoniyat farkini tahlili
5.YAngi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash.
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi chizmada berilgan.
1974 yilda F.Kotler marketingni nazorat qilishni ikki to‘rini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib utgan, ya’ni tashqi va ichki muxitni omillarini o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopik tizimlaridir.
Yopiq nazorat tizimida marketing-menedjment guruxi vaqilini to‘g‘ri aralashuvsiz reja va xakikiy ko‘rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka qilish amalga oshiriladi.
Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‘rsatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menedjment guruxini vaqilini faol katnashishi ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |