7.2. Taktik rejalashtirishning roli va o‘rni
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruxi bo‘yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, harajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning Hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
Taktik rejalarda utgan yildagi ko‘rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar oboroti ko‘rsatkichidan usish, ustunlikka ega bo‘lish mo‘ljallansa, bu usishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag‘batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar haridori, asosiy segmenti, iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Ayniksa korxonani faoliyat davomida kutaetgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim dikkat markazida saklashi va xavf xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi kerak.
Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar o‘rtasidagi mavkei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish xajmi oshaetgan bo‘lsa, bu yeki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yeki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‘lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi o‘zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha.
Korxona rahbariyati, menedjeri mijozlar munosabatiga, ularning o‘zgaruvchan ehtiyojiga extiyetkorlik bilan karashi, ularni yo‘kotmaslikka yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tadbik etish yo‘llarini belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yeki takliflari orqali fikrlari yeki maxsus tulatiladigan surovnomalar yerdamida tuplanadi.
Bozor talabi asosidagi joriy ko‘rsatkichlar mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlaridan keskin fark kila boshlasa, mo‘ljallangan rejaga to‘zatishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |