Менежмент. Маркетинг


-Mavzu. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH



Download 8,34 Mb.
bet215/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

7-Mavzu. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH.

MARKETING NAZORATI.

REJA

7.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.

7.2.Taktik rejalashtirishning roli va urni.

7.3.Marketing nazorati va uning turlari.



TAYANCH IBORALAR

Strategik rejalashtirish, Taktik rejalashtirish, Marketing nazorati, Strategik nazorat, Usish strategiyasi, Diversifikatsiya, Intensiv usish, Integratsion usish.



7.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari13

Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat kiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.

Strategik rejalashtirish - bu korxonani istikbolda ko‘rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi urni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir

F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yezadi: “Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiklikni qo‘llashni boshqaruv jaraenidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy baenotiga, yerdamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, soglom xo‘jalik portfeli va usish strategiyasiga tayanadi”.

Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun kadrli bo‘lgan tomonlari, korxona istikboli haqida ma’lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo dikkat markazida saklashi, muntazam ravishda unga to‘zatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad quyishga, uning ahamiyatini oshirishga kumaklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi.

Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruxi, ular ehtiyoji yeki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengrok bo‘lishi kerak.

Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga karatilgan vazifalar kuyadi. O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir.

Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular xissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o‘z navbatida kator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, korxonaga tegishli har bir mol bo‘yicha konyukturani o‘rganish va xulosa chiqarish jaraeni bajariladi.

Korxona xo`jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko‘ra uni savdoda qoldirish yeki qoldirmaslik, jalb etish yeki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo‘ladi. YUqori rentabellik tovarlarga ko‘prok moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga karatilgan ishlarni rejalashtiriladi.

Korxonani usish strategiyasi o‘z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni o‘zlashtirishi, kaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni kuchaytirishi, kuch sarflashini oladi.

Korxonani usish strategiyasini 3 bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. Birinchi bosqichda Hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda usishga jadallashtirish omili orqali erishiladi; tovar yeki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va usishga intilish o‘rin egallaydi. Imkoniyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, tovarni bozorga chukurrok singdirish (haridorning e’tiborini ko‘prok kozonish maqsadida raqobatchsisiga nisbatan tovarni arzonrok sotish, sotilgan tovarlar ma’lum songa yetganida haridorga mukofot berish bilan rag‘batlantirish, shu tovarning yangi iste’molchilarini topish) yo‘li bilan sotishni ko‘paytirish mumkin.

Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotik yuritishdan iboratdir. Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud moldan keskin fark kiladigan, sifati, iste’mol kiymati yuqori bo‘lgan molning yaratilishi bilan bog‘liqdir.

2-bosqichida korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkoorlikda (integratsiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi kattik nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalari ustidan doimiy nazorat olib boriladi.

Korxonaning usish strategiyasining 3-bosqichida tarmoq doirasida usish imkoniyatlari kolmagan bo‘lsa, korxonaning mavjud turiga yaqinrok yangi yo‘nalishini tanlash, o‘zlashtirishdan iborat jaraen amalga oshiriladi.

Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofik yo‘nalishini aks ettiradi. Sungra har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil rejalar tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini kullaydigan korxonalar faoliyat natijalari ko‘prok savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab to pirovard sotishga kadar tovar harakati jaraenlarini kamraydigan marketingni rejalashtirish aloxida o‘rinni egallaydi.

Asosiy ko‘rsatkich ma’lumotlar yigindisi, joriy marketingga oid vaziyat bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar tafsili, marketing strategiyasi, harakat dasturi, byudjet va nazorat.

Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-umumdoimiy ravishda operativ va strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli o‘zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi.

Strategik rejalashtirish jaraenida bevosita stretegiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriligshi lozim. Dastlabki harakat bosqichi bo‘lib, firmaning istikbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, “favkulodda” holatlarni vujudga kelish tendentsiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.

Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavkei tahlil qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo‘lib-firma faoliyatining kaysi yo‘nalishida “raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin?” degan savolga javob topiladi.

Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo‘yicha istikbolini kiyeslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni taqsimlash asosiy o‘rin egallaydi.

Lekin ko‘pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istikbol uchun ma’kul bo‘lmaydi. Buning sabablari bo‘lib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo‘lmaslik, uzoq va qisqa istikbolda ularning mos kelmasligi yeki boshqaruvchilarining rejalashtirish ishlarida tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi.

Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo‘llarini tahlil qilish jaraeni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo‘lib , amaldagi faoliyatini kulami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash hisoblanadi.



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish