4-mavzu. MARKETING MUHITI
Reja:
4.1. Marketing muhitining mohiyatlari va xususiyatlari
4.2. Marketing muhitining makro va mikro muhitlarga turkumlanishi va uning ahamiyati
4.3. Marketing muhitidagi muloqotlar
TAYANCH IBORALAR
Marketing muhiti, makromuhit, mikromuxit, ta’minotchilar, muloqotdagi jamoa (auditoriya).
4.1. Marketing muhitining mohiyatlari va xususiyatlari
Marketing dasturlari va rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda firmalar nafaqat o‘z ichki salohiyatlariga suyanishlari, balki firma faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan kuchlarning ta’sirini inobatga olishlari lozim. Odatda firmalarning marketing dasturlaridagi kamchiliklari uni tuzishdagi xatolar deb e’tirof etiladi. Aslida esa marketing tadbirlarini amalga oshirishdagi ayrim qiyinchiliklar ko‘pgina hollarda tashqi kuchlar, omillar ta’sirida vujudga keladi.
Masalan, inflyatsiya sur’atlarining ortishi oqibatida xaridorlarning xarid qilish quvvati pasayadi, ko‘pgina iste’mol mollarini yalpi iste’mol qilish susayadi. Bunday sharoitda bozorga ko‘plab tovarlar va xizmatlarni chiqargan korxona narx siyosatini inflyatsiyaning o‘zgarishiga qarab muvofiqlashtirishi, nazorat etishi murakkablashadi. CHunki tovarlarni ishlab chiqarish vaqtidagi sarf-xarajatlarni sotish vaqtida qoplash uchun vaziyat, yoki boshqacha qilib aytganda, imkoniyat yomonlashadi. Joriy harakatlarni kelgusida qoplab borish va sarflangan kapitalning samarali qaytishini ta’minlash mushqo`llashadi.
Boshqa tomondan, tegishli korxona mahsuloti yoki xizmatini iste’mol qilishni hohlagan xaridor uni bir oz kechiktirishga yoki arzon turiga almashtirishga harakat qiladi. Vaholanki, ushbu korxona o‘z mahsulot va xizmatlar ko‘lamini baholagan va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish uchun yetarli tadbirlarni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. Bu holatdan tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni inobatga olish, favqulodda holatlar vujudga kelish sharoitiga moslashish tadbirlarini ham nazarda tutishi kerak.
Marketing tadqiqotlarida tashkilot yoki korxona faoliyat yuritayotgan tashqi muhit omillarini o‘rganish, ularni nazarda tutish zarur bo‘ladi. Marketing muhitini o‘rganishda uni yalpi muhit omillariga nisbatan farqini anglamoq lozim. Masalan, menejment va biznesini tashkil etishga oid masalalarni hal etishda tashqi muhit omillari turlicha tartibda va yo‘nalishda o‘rganiladi. Tashkilot marketing muhitini o‘rganish esa eng avvalo, marketing faoliyatini tashkil etish va marketing maqsadlarini amalga oshirish vazifasini tsstivor qilib qo‘yadi.
Marketing muhiti – tashkilotdan tashqari holda faol ta’sir o‘tkazadigan sub’ektlar va kuchlar yig‘indisi bo‘lib, bozor ishtirokchilari va xaridorlar bilan bo‘ladigan barcha munosabatlarga va ularning shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi.
Ми
жоз
лар
Маркетинг бўйича воситачилар
-bevosita ta’sir etuvchi kuch
Qayta aloqa
4.1. Tashkilotning mikromuhitiga ta’sir etuvchi kuchlar
Do'stlaringiz bilan baham: |