Менежмент. Маркетинг


NAZORAT VA MULOHAZA UCHUN SAVOLLAR



Download 8,34 Mb.
bet208/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

NAZORAT VA MULOHAZA UCHUN SAVOLLAR

  1. Nima sababdan tashkilot va korxonalar tashqi muxit omillarini kuzatishlari lozim?

  2. Marketing mikromuhit omillari tarkibiga nimalar kiradi?

  3. Marketing makromuhit omillari tarkibiga nimalar kiradi?

  4. Ijtimoiy va madaniy omillar tarkibiga qanday ko‘rsatkichlar va xolatlar misol bo‘la oladi?

  5. Iqtisodiyot omillari qanday ko‘rsatkichlar asosida o‘rganiladi?

5-Mavzu: MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH

Reja:

5.1. Axborot-marketingning poydevoridir. Axborot tizimi.

5.2. Axborot turlari va ularni turkumlash.

5.3. Axborotni to‘plash uslublari.

5.4. Tuplangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.

TAYANCH IBORALAR

Iste’molchilar talabi, marketing axboroti, marketing axboroti tizimi, ichki hisobot tizimi, tashqi joriy marketing axborotlari yigish tizimi, marketing izlanish tizimi, marketing ma’lumotlari tahlili tizimi, axborotni to‘plash uslublari, imitatsiya, modellar banki, axborot manbalari.

5.1. Axborot - marketingning poydevoridir. Axborot tizimi

Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmokda.

Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim kurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.

Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash tartibga solish, tahlil qilish, o‘zatish natijasida marketing sohasida qaror qabul kiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.

Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini turtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, qaror qabul qilishni kuvvatlovchi tizim, marketing tadqiqotchi tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni takdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy harajatlari, sotuv xajmi, ombordagi mahsulot qoldigi, mavjud va kelishi kutilayotgan haridorlar, ta’minlovchilar kulami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma mikyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun sungida firma dukonidagi savdo zalida har bir tovar guruxi mikyosida qanday zaxiralar qoldi, bir kunda sotuv xajmi va kaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu yerda muhim o‘rinni ushbu axborot kay tarzda, qancha vaqt mobaynida yigilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z urnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalrok belgilab olish lozim.

Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo‘lgan mulokat natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar xatto sha sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda “Market riserch korporeyshn of Amerika” kompaniyasi xaftalik jurnalida tovarlar bo‘yicha bozordagi ulushining o‘zgarishi, tovarlarning narxi va kadoklashdagi o‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. “A.K.Nilson kompani” nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o‘z bo‘limiga ega bo‘lib, antika tovarlar bo‘yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar, savdo kilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi. Germaniyadagi “SFH” tadqiqot markazi (“SFH” kompaniyasining shu’ba korxonasi) 5000 uy xo‘jaliklari iste’molidagi o‘zgarishlar bo‘yicha axborot beradi.

Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muxitidagi o‘zgarishlar va holatlar xususida tuplangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun kay yo‘sinda ushbu muxitga ta’sir etish imkonini beradi.



Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va tuplangan ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbik etishva tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yigindisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farklanadi. Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi mikdorida mablag sarflanadi. Masalan, mashxur “Prokter end Gembel” kompaniyasi har yili 1000dan ortik marketing tadqiqotlarini jaxonda barcha bo‘linmalari bo‘yicha utkazadi. Har bir mahsulot guruxi bo‘yicha mutaxassislarning kundalik faoliyatlari haridorlar talabini o‘rganish, tashkilot sotuv xajmini oshirish, yangi mahsulotni rejalashtirish va shu kabi muammolarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.

2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar utkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgoxlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muxiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va x.k.)

3. Tashkilot ma’suliyati bo‘yicha izlanishlar.

4. Bozor tahlili.

5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (saloxiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv xajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi utkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va x.k.)

Marketing xususida tuplangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni kuvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo‘lishi tabiiydir.

Quyidagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axboroti qayta ishlash jarayonida mukammalashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkiibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular kulami juda keng bo‘lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va saloxiyatiga qarab ko‘p yoki kam kullanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko‘plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. SHu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo‘lib bormoqda.

Marketing borasida qaror qabul qilishni kuvvatlovchi quyi tizimga bo‘lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. CHunki, axborot kulami va mikdorning nixoyat ko‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo‘l quyiladi.




3-chizma. Marketing xususida qaror qabul qilinishni kuvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi


5.2.Axborot turlari va ularni turkumlash

Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar kulami juda keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, haridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko‘rish samarali hisoblanadi.

Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yigilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va x.k.) mavjud bo‘lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.

Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzaxiralari, iste’molchilar kulami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va x.k.lar.

Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va kiymat ulchov birliklarida sotuvchi xajmi, narxlarning yil davomida o‘zgarishi, haridorlarning joylashuv haritasi, tovar zaxiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.

Tashqi ikilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda kullanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi 4 ta guruxga ajratish mumkin.

1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichiq guruxga bo‘linadi.

a). Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, shaharlar va x.k.lar kiradi. “AQSH bo‘yicha qisqacha statistik sharx”, “SHaharlar va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riknoma”, “Amerika sanoati istikbollari” sharxnomasi kabilar shular jumlasidir. “Marketing axboroti yo‘riknomasi” oylik maxsus nashr bo‘lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.

Ushbu turkum manbalardan aholining usishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, kushni shtatlar bilan kiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.

v). Uyushmalar va tashkilotlarninghisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoklariga) ega bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‘yicha (elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun axborotlarni tupladi va umumlashtirdi. “Amerika marketing assotsiatsiyasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi”, “CHakana savdo milliy assotsiasi” kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir.

2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.

Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar: GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika”, “Simmons market riserch byuro”, “A.S.Nilsen” kabi tashkilotlarning bashorotlari, o‘z muammo yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonrok ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to‘lov evaziga maxsus bajariladi va takdim etiladi.

Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika” firmasi oilalarning xaftalik iste’mol mollari haridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo‘yicha tabakalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi.

3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnallar, ro‘znomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruxiga yoki aloxida shaxsga taa’llukli bo‘lishi mumkin. AQSHda mashxur “Tayms”, “Fayneshnl tayms” kabi ro‘znomalar, “Biznes uik”, “Forchun”, “Forbs”, “Garvard biznes revyu”, “Jornal of markiting”, “Jornal of marketing riserch”, “Advertayzing eydj”, “Seylz end marketing menejment” va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid makolalar, hisobotlarni chop kiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.

4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varakalari, reklama jurnallari, haridorlar uchun yo‘riknomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda bo‘lgan firmalar ham ko‘p foydalanadilar. CHunki, unda raqobatchi firmalarning sotish xajmi, mahsulot, xizmat ko‘ratish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir yirik aktsionerlik jamiyati va uta yuqori savdo oborotiga ega bo‘lgan ma’suliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr kiladilar. Sungi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiyki, bunday hisobotlarda o‘z aksini topmokda. SHu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aktsionerlari, haridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‘riknomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.

Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilinganda faqatkina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, Halqaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmok lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Germaniyaning jaxonga mashxur bo‘lgan “Xandelsblat”, “Virtshafsvoxe” iqtisodiy ro‘znomalari Amerika kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida hamda ularni qiziqtirayotgan bozorlar xususida ma’lumotlarni chop etiladi. Bu esa o‘z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyokmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.

Jaxon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va Halqaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda Halqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Halqaro savdo tashkiloti, Jaxon banki, Halqaro rivojlanish va rekonstruktsiya banki va shu kabilar o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr kiladilar. Bunday ma’lumotlardan Halqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, kishlok xo`jaligi ishlab chiqarish xajmi va x.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.

Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron ma’lumot banklari, “informatsion-broker” tarzidagi kompyuter vositasida yotkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmokda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida o‘zatilayotgan, tuplanayotgan va saklanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilardan fark kiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompyuter uchun ma’lumotlar kabi banki “GBI” firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTSMARS, FOREKAST, kabi ma’lumotalar banki “Informeyshn Aksel kompani” tomonidan takdim etiladi. AQSHda DIALOG, STN, ORBIT SAYRI SERVIS kabi firmalar kompyuterlar uchun ma’lumotlar bankini to‘zadilar va o‘z mijozlariga ayirboshlaydilar.

Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham Hozirda mustaqil bozor sifatida ildam rivojlanmokda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6000 dan ziyod ma’lumotlar bankining turlari yaratilgan bo‘lib, sungi un yil davomida u kariyib 2 marotabaga ortdi. “Informatsion broker” tizimi marketing xususida barcha axborotlarni yigish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni to‘plash bo‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bo‘yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichiq tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko‘plab iste’molchi tashkilotlar uchun kulayliklar yaratishga karatilgan.

Bizning mamlakatimizda axborot yigish manbalari bir muncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo‘yicha axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasidi tashkilotlarning tashkiliy buysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O‘zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yigish bo‘yicha faoliyatlarning Hozirgi holati, ularni guruxlarga ajratishda aloxida yondoshishni talab kiladi.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish