31. Mulokat tomonlari va mexanizmlari
T.I. interaktiv, kommunikativ, perseptiv; identifikasiya, refleksiya, steriotipizasiya
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g’oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Shu jarayonning asosiy vositasi bo’lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og’zaki nutq. Og’zaki nutqning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi.
Muloqotning ikkinchi – interaktiv tomoni.
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli olamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar muvofaqiyatga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Shu tufayli o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, chuqur gaplardan nborat bo’lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Muloqotning uchinchi tomoni – uning perseptiv tomonidir
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to’g’ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Identifikasiya so’zining ma’nosi lotinchadan olingan bo’lib, “tenglashtirish”, “aynan o’xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o’z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o’xshatilishi orqali tushunish usulidir.
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o’z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin.
32. Psixologik fikrlar va fanning rivojlanish tarixi
T.I. davrlashtirish, idealistik va materialistik qarashlar, fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar, hozirgi davrdagi ko’rinishlari
Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe (ψυχή) - jon, ruh, logos (λόγος) - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan.
Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
33. Xarakter tipologiyasi va xarakter borasidagi nazariyalar
T.I. E.Krechmer tiplari; astenik,atletik, piknik. Arastu va Aflotun qarashlari.
Xarakter — shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi. temperament — shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o’zgaruvchan) va emosional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitusiyasiga ko’ra, eng ko’p uchraydigan uchta tipni ajratib ko’rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri shaxsni ma'lum xarakter tiplari bilan bog’langan bo’lsa ham, aslida hech qanday ilmiy asoslab bo’lmaydi.
1.Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo’lmagan gavda tuzilishli, o’rtacha yoki undan balandroq bo’yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2.Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o’rtachadan yuqori, baland bo’yli, keng elkali, kuchli ko’krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
3.Piknik tip - bosh, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch-harakat a'zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o’rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.
Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.
34.Psixika va namoyon bo’lish shakllari
T.I. psixika, jarayonlar, xolatlar, shakllangan xususiyatlar
Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
35.Psixologiyada materialistlar, ularning namoyondalari va qarashlari
T.I. moddiylik, fales , anaksimen, geraklit,gippokrat,demokrit,
36. Psixologiyada o’z-o’zini kuzatish методи
T.I. introspektiv metod, kamchiliklari, metodning ahаmiyati
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi.
Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi.
Psixologiya fanida ozini ozi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Kopincha tajribali psixolog yoki malakali mohir oqituvchi, salohiyatli rahbar ozini ozi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, oz tafakkurini kuzatib ozidagi emotsional ozgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vu-judga kelishi va kechishi togrisida malumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlik-da, qay shaklda roy berishini kuzatadi.
Chet el psixologiyasida ozini ozi kuzatishning inson ruhiyati-ni organishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar toplangan. Introspeksiya yonalishining yirik namoyandalari ozla-rini ozlari kuzatganlar va toplagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda ozini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning mu-rakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
37. Tafakkur sifatlari
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
T.I. mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqalar.
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in'ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
38. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:
T.I.Mehnat, Pedagogik-psixologiya,Tibbiyot,Sport ,Savdo psixologiyasi va b.
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat — inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Jismoniy va aqliy xarakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga — predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.
39. «Psixologiya» fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
T.I. psixika, jon, ruh haqidagi ta’limot, shaxs.
Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe (ψυχή) - jon, ruh, logos (λόγος) - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan.
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz.
Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan
Sh a x s — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishlikdir
40. Stress tushunchasining mazmuni izohlang.
T.I. kelib chiqishi, ifodalanishi, turlari; fizologik, psixologik, informasion, emosional
Stress - inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv - biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2. Destruktiv - men turidagi (yakka shaxs
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati bo’lmasligi mumkin emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi.
Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba'zida odam organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida odamda qo’rquv, xavotirlanish paydo bo’ladi va stress holatiga olib keladi.
Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta'siri tufayli paydo bo’ladigan stress .
Emotsional stress-ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar, to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |