11-ma’ruza
SHEVALAR LEKSIKASI VA LEKSIKOGRAFIYASI
Reja:
O‘zbek shevalarining leksik tarkibi.
Shevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning semantik guruhlari.
O‘zbek shevalari leksik tarkibida tub va o‘zlashtirilgan so‘zlar.
O‘zbek shevalarining o‘ziga xos leksik tarkibi. O‘zbek shevalari fonetik va grammatik xususiyatlari qatorida o‘zining leksik xususiyatlariga ham egadir. Bu ususiyatlar ham shevalarni adabiy tildan va ayni vaqtda ularni o‘zaro bir-birlaridan farqlaydi.
O‘zbek xalq shevalarining, leksik tarkibini ko‘zdan kechirsak, ularning adabiy tildan va bir-birlaridan o‘zaro farqlaydigan leksik xususiyat larini ko‘ramiz. O‘zbek xalq shevalari leksik tarkibida (Toshkent. ɔdɔsh, ɔdɔg‘, yɔvuq (uzɔq-yɔvuq), um- (umsinmoq); Xorazm. arna, yap; Namangan, yar kabi) adabiy tilda shaklan o‘zgargan yoki adabiy til taraqqiyoti davomida undan allaqachonlar chiqib ketgan ayrim so‘zlar mavjuddir. Bundan tashqari, o‘zbek xalq shevalari leksik tarkibida ayrim sheva(yoki lahja)larning (Toshk. dj’llә (dj’llә qurmәsә); Farg‘. chүmәgәr’; Surx. borgi kabi o‘zigagina xos bo‘lgan so‘zlar ham bor. Bu so‘zlar faqat ushbu shevalargagina xos bo‘lgan so‘zlardir. Bunday so‘zlarni o‘rganish til tarixi, adabiy til tarixini o‘rganishda muhim ilmiy qimmatga ega.
O‘zbek xalq shevalarida o‘zbek adabiy tilida yo‘q bo‘lgan so‘zlar uchraydi. M., Shimoliy Xorazm shevalarida yarqanat (ko‘rshapalak), yovan//djaban (qishloq), arish (shoti – arava shotisi), tartanak (o‘rgimchak) kabi; qirq shevasida nuri (o‘g‘it, go‘ng), adrasman (isiriq), sota (tayoq, hassa) bәrәk (chuchvara) kabi dialektal so‘zlar uchraydi.
Bunday so‘zlarni yosh avlod tushunmaydi, ular arxaik so‘zlar hisoblanadi, sheva leksikasidan chiqa boshlagan. Keksa avlod ham ayrim so‘zlarning ma’no xususiyatlarini unutib bormoqda. Bunday arxaik so‘zlarning sheva tarkibidan chiqa borishi, ularning yangi so‘zlar bilan almashinishi joylardagi moddiy-ma’naviy hayot sharoitlari, adabiy til ta’siri bilan bog‘liqdir.
Ayrim shevalarga xos dialektal so‘zlarga nisbatan umumxalq so‘zlari shevalar lug‘at tarkibida ko‘p o‘rin egallaydi, Adabiy tilning kundalik ta’siri natijasida bunday so‘zlar sheva leksik tarkibining passiv qatlamiga o‘tib bormoqda.
SHevalararo so‘zlarning farqlanishi. SHevalarni bir-biridan leksik jihatdan farqlaydigan xususiyatlar barcha so‘z turkumlari doirasida uchraydi.
Qorluq lahjasi
|
O‘g‘uz lahjasi
|
Qipchoq lahjasi
|
Toshkent shevasi
|
Samarqand
shevasi
|
Farg‘ona shevasi
|
chәqәlɔg‘
‘shkɔm
qoqɔndjox'ɔr’
tog‘ɔn
tuxum
xurmәchә
sotә
much’chә
gәrmdɔr’
pәm’ldɔr’
dj’mdj’lɔ:
ɔy’
dɔvuchchә
qәlәmchә
og‘’r
shәrshәrәy
ch’ttәy
arg‘’mchɔg‘
goshәnggә
duxɔbә
tuvɔg‘
zәg‘’zg‘ɔn
әrqɔn
n’nәch’
orgumchә
dj’blәdj’bɔn
chәchvɔn
q’d’r, konx'an’y
chәkәy
qorashorvә
og‘’z
yel’y
tәnchә
chopchәy
nәrvɔn
chumɔl’
|
чaqalɔg‘
vɔy’sh//vay’sh
sardjuvɔr’
–
tuxum
xurmacha
–
mus’cha
qalampur
pam’dɔr
–
b’y’//yena
davuchcha
qalamcha
og‘ur
sharshara
–
arg‘unchak
ch’m’l’q
baxmal
qapqɔq
alashɔqshaqqa
arqon//arg‘amch’n
sozanak
tɔrtanak
–
chashpan(t)
q’d’r, kontashnav
djɔg‘
p’yɔva
falla
ɔst’ncha
sandal’:
matal
nɔrbɔn
morcha
|
bүvәk
vәl’sh
ɔqdjүgәr’
ɔl’sh
tuxum//mәyәk
chәpyә
mәrdәk
mus’lchә
qalamp’r
pat’ndjɔn
ch’nachaq
buv’
g‘ora
ch’kәldәk
kel’
shɔvvә//shald’rәmә
dj’nqarchә
hәyүnchәk
ch’m’ld’q
barq’t
qɔpqaq
hәkkә//ɔlәkkә
arg‘amch’
sөzәnәk
өrmәnch’k
chaxch’
ch’mmәt
‘stә, unә
ɔvruz
djaq
p’yovә
pәllә
yeng‘chә
sәndәl
yertәk
shat’
chүmәl’k
|
bөvәk
–
djuvәn
bөvәt//bөgәt
yimirtә
–
–
qumri
burch
pаmаdаr
–
әnә
dүvchә
qаlаmchа
so:qы
shәrlаvuq
chitlыq
sаrыndjаq
gөshәyәnә
bаxmаl
duvаqkkә//hәkkә//
hәkәk
yip
innәchi// tәmәnchi
tаrtәnәk
sәmәnәk
–
qыdыr, unә
tөshshi
djаg‘
piyаvа//vаg‘
lәmә
ouvuz
yengsә
–
yertey
zangngi
qarыndjә
|
bөbәk//bөvәk
vayish
djүgәri
darg‘at
mәyәk
qurmacha
sota
mүsichi//mүchchi
qalampыr
pәmildәri
chыnaqay//chыn
chalaq
yenә
dәvchә
qalamcha
keli
sharыllaq
–
hәlgәnchәk
chimildыq
baxmal
qapqaq//qaqmaq
alashqshaq
arqan
–
өrgәmchi
–
chimmәt
izlә, kon-//unә
abruz
djaq
piyava
үvүz//ү:z
djengsә
sandal
mәtәl
narvan
chumalы
|
Leksik farqlar shevalararo bir predmetni yoki holat harakatni boshqa – boshqa so‘zlar orqali ifoda qilishdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan misollardagi so‘zlar butunlay boshqa-boshqa bo‘lishiga qaramay ko‘rsatilgan shevalararo birgina predmetni yoki ish harakatni bildiradi va to‘liq munosa batda hisoblanadi.
O‘zbek shevalarida dialektal so‘zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari bor.
Shevalarni kuzatganda, ayni bu so‘zning u yoki bu shevada boshqacharoq talaffuz qilinishi fonetik(yoki morfologik) farqlardir: Masalan, Toshk. chɔch// And. chәch//ad.-orf.soch; Toshk. z’rәy//Xorazm.zirєy//ad.-orf. zirak; Toshk. qulɔg‘//Farg‘. qulaq// ad.-orf. quloq; Toshk. ɔshsh’//Farg‘. ɔsht’//ad.-orf.oshni (ng) kabi.
Shevalar umumxalq o‘zbek tilining bir tarmog‘i bo‘lish bilan birga, adabiy til bilan o‘zaro umumiy va xususiy leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi so‘zlar shakldosh, ma’nodosh, ko‘p ma’noli va zid ma’noli kabi munosabatlar jihatidan bir-birlaridan hamda adabiy tildan farq qiladi. SHevalardagi tabu va evfemizmlar esa deyarli o‘rganilmagandir. Shularni hisobga olib, ularning har biri haqida alohida-alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Ma’nodosh so‘zlar. Ma’nodosh so‘zlar o‘zaro birlashtiruvchi ma’noga ega va turli shakllarga ega bo‘lgan bir guruh so‘zlarning o‘z nominativ ma’nolari bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lib, talaffuz va yozuvda farqlanishi, qo‘shimcha ma’no nozikliklari hamda turlicha uslubiy qimmatga ega bo‘lishi mumkin. Nutqimizni rang-barang qilishda ma’nodosh so‘zlarning ahamiyati kattadir. O‘zbek tili ham o‘zining katta leksik qatlamiga egadir. Bu qatlamga kiruvchi sinonim so‘zlar tilimizning lug‘at tarkibini boyitadi, uni yanada kengaytirish uchun xizmat qiladi, o‘zbek tilining boyligini ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Tildagi ma’nodosh so‘zlarni yaxshi egallash va undan to‘g‘ri foydalana olish esa nutq uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ma’nodosh so‘zlar, ayniqsa, dramaturg, shoir-yozuvchilar tomonidan mohirlik bilan qo‘llanilib, ularning fikrlarini ro‘yobga chiqarish, tasvirlanayotgan davr xususiyatlarini to‘laroq aks ettirish, turmush voqealarini aniqroq ifodalab berish, ulardagi ma’noning eng nozik tomonlari va ohangini ko‘rsatib o‘tishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’nodosh so‘zlar xalq og‘zaki ijodida – matallar, topishmoqlar, ashula-qo‘shiqlar kabilarda ancha keng tarqalgan bo‘ladi.
O‘zbek tilida bo‘lgani kabi, uning lahja va shevalarida ham ma’nodosh so‘zlar nihoyatda ko‘p. Lahja va shevalardagi ayrim so‘zlar esa adabiy tilimizning leksik qatlamini to‘ldirish va boyitish uchun xizmat qiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilimizdagi izlamoq, qidirmoq, axtarmoq, istamoq sinonimik qatorlaridagi so‘zlar turli sheva materiallaridan olinganligini isbot qilish qiyin emas. Chunki Farg‘ona, O‘sh kabi shevalarda istamoq, qipchoq shevalarida izlamoq, Toshkent va Samarqand shevalarida qidirmoq(q’d’rmoq) deb qo‘llaniladi. O‘g‘uz lahjasida ham qidirmaq va istәmaq ko‘rinishlariga egadir. Axtarmoq shaklida qo‘llanilishi ancha chegaralangan. Bu shakl qipchoq shevalarida axtarmaq//aqtarmaq deb ishlatiladi.
O‘zbek shevalari ham ma’nodosh so‘zlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu shevalarda ba’zan bir ma’nodosh so‘zlar adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
Qipchoq lahjasida tuzuv//tuziv//duris//yaxshi//miqtay//әjәp//әjәptәvir//әvlә//qiyamat//binәyi(yaxshi); shipira //jәvlik// jappa//hәmmәsi//tama mam//bag‘amam//putunnәy (barcha); shaqillamaq //qichirmaq//baqirmaq// ulumaq (qattiq gapirmoq).
Qorluq lahjasida morcha (Sam.-Bux.-Urgut), chumәl’ (Toshk.), chumәl’k (Farg‘. guruhi), chәpchәk (Iqon, Sayram), buv’ (Farg‘. shevalari), biyi (Sam.-Urgut), ɔy’ (Toshk.) kabi. Erkaklar beliga bog‘laydigan, chetiga gullar solingan materialni, ya’ni belbog‘ni Andijon, Qarnob va Qorabuloq shevalarida chɔrs’//chɔrsu deb qo‘llanilsa, Toshkent shevasida q’y’qchә, Surx.shevalarida belqars deb ishlatiladi.
O‘g‘uz lahjasida: gөң//dilsiz//gәmlәmәs//indәmәs// lɔl//geңәlәk
//sөllәmәs vɔrsiz//vedәsiz//ɔldɔqchi//yɔlg‘ɔnchi//tutriqsiz//nɔhɔq; buchimi // sɔlɔvɔti // gөrunishi // simmoti // silɔyɔti // qɔmati; dәrrәv // darhɔl // shuvәtip // zimpildәp; sɔlmɔ // yәp // ariq //tәrmә; zrәvәk/ /sirg‘a//halqa//ulli//iri.
U yoki bu ma’nodoshlar qatoriga kirgan so‘zlarning ba’zilari adabiy tilda va lahjalarda uchramasligi mumkin. SHevadagi bunday ma’nodoshlar ma’no va talaffuzlari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, o‘zaro mustahkam bog‘langanlik, tug‘ishganlik ma’nolarini ifodalash uchun o‘zbek adabiy tilidagi qarindosh, urug‘, avlod singari sinonimlarni qo‘llasa, qipchoq shevalariga kiruvchi shevalarda bu so‘zlarning keng qo‘llanishi bilan bir qatorda tamir, zat, ag‘ayni, tuvishqan kabi so‘zlarning ham keng iste’molda bo‘lganligini uchratishimiz mumkin.
Ba’zan qipchoq shevalari materiallari ma’nodosh so‘zlarning ma’nolarini farqlashga yordam beradi. Masalan, ozuqa turlaridan biri- yonichqa//jonichqa deb yuritilib, uning quritilgan holatiga bedә deyiladi. Hali uning avj olib o‘sayotgan, lekin pishib yetmagan holati esa qara kөrpә deb ataladi. Qipchoq shevalarida joңichqa so‘zi qorluq shevalaridan Andijon shevasida yoң’chqa, Toshkentda esa bedә deb qo‘llaniladi.
Qipchoq shevalaridagi ma’nodosh so‘zlar tuzilishi jihatidan sodda, juft va birikmali ma’nodosh so‘zlarga bo‘linadi:
1. Sodda sinonimlar o‘zbek shevalari leksikasining talaygina qismini tashkil etadi. Misollar: өtirik// yalg‘an, qichalan//qistalan//shoshilinch, joliqdi//daridi, qichәp//derrәv, hava//javin, qilamiq//jiqa, satqaq// avriv, talli//shirәt, taqran//quri(qipchoq); reja//tɔm’r, tavarcha//bɔltacha, zor//kuchli; shɔna//taroq; kallaposh//barcha, ɔftɔb// quyɔsh kabilar.
2. Ba’zi ma’nodosh so‘zlar juft holda qo‘llaniladi, turli ma’nolar ni(jamlik, to‘dalik, bo‘rttirish, umumiylik ma’nolarini) ifodalash uchun xizmat qiladi: sәvir-taqat, urp-әdәt, kir-iplas, jaxshi-diris(qipchoq).
Ba’zi fonetik o‘zgarishlarni hisobga olmaganda, bu xususiyat qorluq, o‘g‘uz lahjalari materiallari uchun ham xosdir. Hali turmush qurmagan, bolasiz, bo‘ydoq kishiga nisbatan Qo‘qon va O‘shda sәlt-suvәy, Shahrisabzda sәlt-suvәyt, Surxondaryoda salti-subay deyilsa, Forishda emizikli bolasi bo‘lmagan xotinlarga nisbatan suvәy-sәltәң deb qo‘llaniladi, sәlt-suvәyt yurgәn bashqa, rozg‘ollɔlli bashqa, Bɔshinnә chushsә bilәsәn, ’shgә ch’q sun(Forish).
Yana: xesh-tabar(Sam. Bux.), urug‘-әymɔg‘(Kattaqo‘rg‘on-Payshanba), chɔl-buva (Pop), a:lat//ajdat(o‘g‘uz).
Birikmali ma’nodosh so‘zlar ham uchrab turadi. Misol: qashqara.
Ma’nodosh so‘zlar ushbu shevalarda, asosan, ikki yo‘l bilan hosil bo‘lgan. 1. So‘zlarning ma’no jihatidan bir-biriga o‘xshash va yaqinlashuvi natijasida. Masalan, dos//ag‘ayni//jөrә//qadrdɔn//
ortaq(qipchoq), uy//xɔnә// kvәrtirә, duxt’r//vrәch//tәv’p(qorluq) kabi.
2. Boshqa tillardan shevalarga so‘zlarning o‘tishi natijasida arabcha, forscha, tojikcha, ruscha so‘zlar va shevalarda so‘zlashuvchi aholining leksikonidagi so‘zlar bilan bir yoki yaqin ma’noda juft holda ishlatilib, ma’nodoshlik munosabatiga kirishgan. Masalan,kuch//qudrat, gөdәk// chaqalaq, әskәr//sollat(qipchoq), jәdvәl//tәbl’tsә (qorluq), Shahrisabz shevasidagi yelkә//kip, tekis//rәvɔn, bɔbɔy//chɔl//moysapit ma’nodosh so‘zlarini o‘zida aks ettiruvchi so‘zlar bir-biridan ma’lum darajada uslubiy maqsad va ma’no nozikliklari bilan farqlanib turishini qayd etish mumkin.
Umuman ma’nodosh so‘zlarni tashkil etishda son va olmosh qatnashmaydi (ba’zan olmoshlarda bu holning uchrashi mumkin), yordamchi so‘zlar esa, sasosan uslubiy qimmatga ega bo‘ladi.
Bu xususiyat turli shevalarda so‘zlashuvchi ko‘pchilik uchun xos bo‘lsa-da, ayrim hollarda adabiy tilni yaxshi egallagan kishilar nutqida ham bunday hollar vaqti-vaqti bilan yuz berib turadi. Bunday hollardan qutulish har qanday madaniy kishining vazifasidir. Chunki tilning tozaligi, uning sofligi, ma’no jihatdan aniqligi uchun kurash til madaniyati uchun kurashdir. Chunki bir til madaniyatining mukammalligi qadimiy ona tilimiz, ko‘p asrlik madaniyatimiz, tarixiy taraqqiyotimiz, ko‘p qirrali va jozibali san’atimizni ko‘z-ko‘z qiluvchi yagona o‘lchovlarning asosidir.
Shunday ekan, so‘z va atamalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, ularning tub mohiyatini chuqur tushungan holda qo‘llash hamda ochib berish burchimizdir. So‘z va atamalarni bilib ishlatmaslik ko‘pgina yuzakilik larni, hatto chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin,
Shunday qilib, ma’nodosh so‘zlar o‘zbek shevalari materiallarida kattagina qismni tashkil etadi va turli ma’nolarni ifodalash uchun material bo‘lib xizmat qiladi. SHevalardagi ma’nodosh so‘zlarni atroflicha o‘rganish o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi va boyib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shakldosh so‘zlar. Tildagi shakldosh so‘zlar ko‘pgina olimlarning diqqatini tortgan qiziqarli leksik qatlamlardan sanaladi. Ular adabiy tilni, jumladan badiiy asar tilini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda shakldoshlik masalasiga baho berishda ikki xil qarash mavjuddir. Ba’zi olimlar shakldoshlikni ijobiy hodisa sifatida izohlasalar, ba’zilar esa uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutlaqo salbiy hodisa deb, unga qarshi “urush” e’lon qilishardi. Biz birinchi fikr tarafdorimiz va uni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki shakldosh so‘zlarga ijobiy yondoshish tilshunoslikdagi birdan-bir to‘g‘ri yo‘ldir. Buni tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilovchi yodgorliklar ham to‘la tasdiqlaydi. Ayniqsa, Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining asarlari bu sohada yuksak namunadir.
Agar turkiy tillar tarixiy taraqqiyotiga nazar solinsa, tilda ularning hosil bo‘lishi umumiy leksik qonuniyat lardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, shakldosh so‘zlarning mavjudligi tilning so‘z jihatdan, ayrim kishilar o‘ylagandek, kambag‘alligini ko‘rsatmasdan, balki ular tilni boyitish, yangi so‘zlar yasash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek tili lahja va shevalarida shakldosh so‘zlarning o‘zaro ma’nolarini farqlash, ularning vujudga kelishi va ma’nolari o‘ziga xos xususiyatlarga egna. Bundagi o‘ziga xos xususiyatlardan biri shuki, shevalarda u yoki bu omonim adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ma’nolarga ega. Masalan, ich so‘zi adabiy tilda ikki xil ma’noda qo‘llansa, qipchoq shevalarida besh xil ma’noda keladi: ich – uch-son, ich – biror narsaning ichi, ich – ichmoq, ich – a’zo, qorin ma’norlarida qo‘llaniladi. qirq so‘zini olib ko‘raylik: qirq – fe’l, qirq – marhum o‘lgan kuniga qirq kun to‘lgan kun, marosim, qirq – urug‘ning nomi kabi.
Lahjalardagi shakldoshlik so‘zlarning adabiy tilda uchrashi va uchramasligi nuqtai nazaridan ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Adabiy tilda va lahjalarda uchrovchi shakldosh so‘zlar. Adabiy tilda: oyoq, bosh, ko‘z, bet, yoz, ko‘k, qanot kabilar. Masalan, odamning oyog‘i, stolning oyog‘i, karavotning oyog‘i; odamning ko‘zi, buloqning ko‘zi, derezaning ko‘zi; odamning boshi, ishning boshi, suvning boshi, yerning boi va h.k.
Qipchoq shevalarida: ayag‘, bash, kөz, bet, kөk, qanat, adamdi ayag‘i, adamdi bashi, suvdi bashi, yerdi bashi singari.
2.O‘zbek shevalari uchun xos bo‘lgan shakldosh so‘zlar. Qorluq lahjasida: chɔrs’//chәrsu so‘zi Farg‘ona, Qarnob va Qorabuloq shevalarida adabiy tildagi belbog‘ so‘zi o‘rnida keladi. Masalan,, Nev’ chɔrs’n’ el’b keld’, chɔrs’n’ bel’gә bɔg‘lәd’.Samarqand-Buxoro shevalarida esa to‘rt tomon ma’nosini bildiradi. Masalan, chɔrsuga ɔdam kep yedi, chɔrsu Registɔnga kabi. Tɔqyә so‘zi ko‘pgina o‘zbek shevalarida qipchoqda bosh kiyimi, ya’ni do‘ppi ma’nosida kelsa, Qarnob shevasida u yostiq ma’nosida qo‘llaniladi. pɔchchә so‘zi o‘zbek adabiy tili va ayrim o‘zbek shevalarida kuyov, pochcha deb ishlatilsa, Qarnob shevasida aka, amaki ma’nosini bildiradi.
O‘g‘uz lahjasida tɔy – otning bolasi va biror narsani taxt qilib, jamlab qo‘yish. Qilich – kishi nomi, atoqli ot, qurol, turdosh ot; alma – kishining nomi, atoqli ot, mevaning nomi, turdosh ot va buyruq fe’li ma’nolarida qo‘llanilib, omonimiyani tashkil etadi. Bu so‘zlar boshqa o‘zbek shevalarida ham xuddi shunday yoki shunga o‘xshash ma’nolarda ishlatiladi.
Bu guruhga kiruvchi omonimlar, asosan, ikki undosh tovushning bir tovush bmlan talaffuz qilinishi, ya’ni fonetik o‘zgarish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbek lahja va shevalarida shakldosh so‘zlar ikki yo‘l bilan, ya’ni birinchidan, o‘z ichki taraqqiyot qonunlari asosida, o‘z imkoniyatlari bilan va, ikkinchidan, boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarning shevalardagi so‘zlar bilan omonimik munosabatga kirishuvi natijasida vujudga kelgan.
Shakldosh so‘zlar, asosan, quyidagi usullar bilan paydo bo‘lgan:
1. Fonetik o‘zgarishlar natijasida: dayra-doira, daryo(qipchoq), dәyrɔ yɔkәs’ – daryo yoqasi – kifti ob(qorluq), k’tɔp – o‘quv quroli, kitob(qorluq), kitәp – joyning nomi, atoqli ot(qipchoq).
2. So‘z ma’nolarining taraqqiyoti zaminida kun – quyosh, bir sutkaning yarmi(qipchoq), yɔldɔsh – hamroh, suhbatdosh, kosmik kema, yerning yo‘ldo shi(qorluq) kabi.
3. So‘zlarning o‘zak va negizlariga turli xil qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali. Bunday shakldoshlarda urg‘u ma’no ajratuvchilik rolini o‘ynaydi.
Shakldosh so‘zlar muhim leksik-uslubiy vosita bo‘lib, ular yordamida chiroyli so‘z o‘yinlari yuzaga keladi. Bunday holat yozma adabiyotda ham, og‘zaki nutqda ham tez-tez uchrab turadi. Fikrimizning dalili sifatida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan keltirilgan tuyuqni ko‘ramiz:
Qolindan keguncha chiqar yaxshi at,
Yaxshiliq qi, balam, jamanliqdi at.
Nәsiyәtim yɔt qibal, parzantim,
Yalg‘iz yursә nam chiqarmas yaxshi at.
Shuni aytish kerakki, o‘zbek adabiy tilidagi va boshqa qator o‘zbek shevalaridagi shakldosh so‘zlarning aksariyati qipchoq shevalarida bunday xususiyatlarga ega bo‘lmaydi. Bu esa unlilar uyg‘unligi hodisasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, ot(o‘t) so‘zi alanga, olov va tirik organizm dagi o‘t ma’nolarida kelib, ot deb ikki xil ko‘rinishda qo‘llanadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar. Ko‘p ma’nolilik o‘zbek tili leksikasining o‘ziga xos belgilaridan biridir. Asosan, o‘zbekcha so‘zlar ko‘p ma’nolik xususiyatiga ega bo‘ladi, Chunki bunday so‘zlar hayotimizda uzoq yillar davomida ko‘p qo‘llanila berib, shu holatga kelib qolgandir. Muhim ilmiy- nazariy fikrlar aytilib o‘tilgan o‘zbek adabiy tilidagi bosh, yuz, ko‘z, oyoq, qanot, bel, til, burun, lab kabilar lahja va shevalar materiallarida ham turli ko‘rinishlarda qo‘llaniladi va ko‘p ma’nolik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, bash, kөz, kɔz, ayaq, qanat, bel, til, burun, lәp kabi.
Qipchoq shevalarida: өziyәm bash dep kәdini kөtәrip jurgәnәkәn-dә, uni ekinchi birgәtkә bashliq qip qoydibir bash juzum, jәzzәm ishti kөzini bilәdi, bul kөzli kundәy kәn, uzukti kөzi tuship qapti kabi.
Ko‘p ma’nolilik hodisasi voqelikdagi bir narsa-buyum xususiyatini, nomini boshqasiga ko‘chirish, o‘tkazish orqali sodir bo‘ladi.Nomini ko‘chirish quyidagi holatlar natijasida yuz beradi. Bu o‘xshashlik asosida yuzaga keladi. O‘xshashlik shakli, rangi, ichki xususiyati va sifati tomonidan bo‘lishi mumkin. Masalan, chәkmәk, suvg‘a chәgipti(suvga cho‘kipti). Eshmәt chөgipti(qarib qolibdi) kabi.
Bog‘liqlik asosida paydo bo‘ladi. Bog‘liqlik vaqt, payt, makon va mantiq nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Masalan, uchmaq >ushmaq: qush ushti, sәmәlut ushti, hәlginchәk ushti kabi.
Nomini ko‘chirish vazifasi jihatidan bo‘ladi. Masalan, bash: insandin bashi, suvdin bashi; qanat: qushtin qanati uzilip tushti, sәmәlutti qanati mәkkәm//mәkkәm ishlәңңәn; lәv: adamdi lәvi, hɔvizdi lәvi, ariqti lәvi, saydi lәvi kabi. So‘z ma’nolarining yaqinlashishi natijasida ko‘p ma’nolilik hosil qilinadi: til: tili chuchi, tilini biladi kabi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning qanday shaklda bo‘lishi va qaysi yo‘l bilan yuzaga kelishidan qat’i nazar, ularning har birida asosiy boshlang‘ich ma’no, asl ma’nosi mavjud bo‘ladi, Shu ma’no asosida boshqa ma’nolar kelib chiqadi. Buni uchmoq so‘zi misolida ko‘rish mumkin. Uning ma’nosi qanot silkish bilan havoda harakatlanish hisoblanadi. Bu ma’no qushlarga qarata aytilgan bo‘lib, keyinchalik uning ma’nosi o‘zgarib va taraqqiy etib borgan. Natijada, parrandadan boshqa narsa-buyum va hodisalarga tatbiq etila borgan. Afsonalardan esa uchmaq so‘zining otga(uchәr at – tez chopar ma’nosida), gilamga (uchәr gilәm), samolyotga(sәmәlut uchip ketti), yer yo‘ldoshiga(jerdiң joldashi uchti) ko‘chirilganini ko‘rsatish mumkin. Demak, uchishlarning hammasi hozirgi vaqtda umumiy bo‘lgan ma’noni bildiradi, Lekin biribir qushning uchishi birinchi harakat, samolyot va yerning yo‘ldoshi kabilarning uchishi esa keyingi harakat hisoblanadi.
So‘zlarning ko‘p ma’noliligi o‘g‘uz lahjasida ham qo‘llanadi: hu:rliqa kaptar volip uchib(p) gәlәdi-dә, bir silkinib adam voladi. Navi disan, it qistag‘da bit qistag‘ etәvәrmә, qirsildab uchib gursildәb chushkiysan(qarg‘ish ma’nosida).
O‘zining xususiyatlari va ma’nolari bilan ko‘p ma’noli shakldosh so‘zlarga yaqin va o‘xshashdir. Lekin ularni ajratib turadigan farqlar ham mavjud. Bunday farqlarning asosiylaridan biri so‘z ma’nolarining ichki bog‘lanishga egaligi va ega emasligidir. Agar so‘zlar o‘zaro bir-birlari bilan ichki bog‘lanishga ega bo‘lsa, ko‘p ma’noli hisoblanadi: bash, tish, kөz, til, yer kabilar. Aksincha, ularning ma’nolari bir-biri bilan ichki bog‘lanishga ega bo‘lmasa, shakldosh sanaladi: at, juz, tur, yɔsh, ɔch kabi.
Zid ma’noli so‘zlar. Lahja va sheva materiallaridagi leksika ham ma’lum o‘rinni egallaydi. Bu so‘zlar ma’nolari jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, narsa, hodisa va ularning belgilarini solishtirib ko‘rish, bir-biriga qarama-qarshi ko‘rsatish, fikrlarni ta’sirchan ifodalash vazifalarini bajaradi. Zid ma’noli so‘zlar lahja va shevalarda ham bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar birligini ifoda etish bilan uslubiy vosita sifatida qo‘llanadi. Qorluq lahjasi materiallarida: yәxsh’-yɔmɔn, qәl’n-yuqә, uzun-q’sqә, ɔz-kop, dos-dushman, tog‘ri –egr’, bɔy- kәmbәg‘әl.
O‘g‘uz lahjasida: so‘ji-aji, ɔq-qara, yaxshi-yaman, alis – yaqin, ulli-genjә, qari-yɔsh, uzun-qisqa.
Qipchoq lahjasida: kәttә -kichchi, qalin-qilamiq, bәlәn(t)-pәs, kechә-kunduz, achchi-chuchchi, alis-jaqin, uzun-qisqi, issiq-suvuq, qunchig‘ish-kunbatish, qatti-bosh. Misollar: uni qoli balan keldi, biyil hava pәs boldi, qar qalin javupti, qilamiq qirav tushkәn va boshqalar.
Juft holda qo‘llanilib, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar umumiy bir tushunchani va tasavvurni ham ifodalab keladi. Bunday holda bir so‘zdek qo‘llaniladi. Zid ma’noli so‘zlardagi bunday xususiyatlar ulardagi so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi bilan izohlanadi.
Qipchoq guruh shevalarida ham xususiyat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi: bәlәn-pәs gәpirmә- o‘ylab gapir, yaxshi gapir; issiq-suviq qildiripti- dori-darmon bilan davolanibdi.
Zid ma’noli so‘zlar kategoriya sifatida katta ahamiyatga egadir. Ularni ko‘proq qo‘llash borasida shevalar, jumladan qipchoq shevalarining o‘rni kattadir.
Eski so‘zlar. So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan, so‘zning o‘zi ham asta-sekin unutila boradi, ya’ni eskirib qoladi. Eskirgan so‘zlar ikki turli bo‘ladi: qadimiy so‘zlar, tarixiy so‘zlar.
Qadimiy so‘zlar.Qadimiy so‘zlarning hozirgi vaqtda faol so‘zlar qatoridagi shakldoshlari ham mavjud bo‘ladi. Bunda hozirgi hayotda mavjud bo‘lgannarsani anglatadigan kamida ikki so‘z bo‘lib, biri faol qo‘llanadi, boshqasi esa eskirib qolgan so‘z bo‘lganligi uchun, ayrim uslubiy maqsadlar- tarixiy davrni ochib berishda nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. Masalan, adabiy tilimizdagi so‘zlar o‘zbek lahja va shevalarida ham turlicha shakllarda ishlatiladi: gɔzɔ-g‘ɔzɔt-g‘ɔzɔvɔt-urush,shorɔ- qishloq kengashi raisi; әrch –aravaning bir qismi shoti; tɔvushxɔn –quyon, tɔskәn – qo‘ng‘iroq; tɔqe – do‘ppi; chɔrsu –belbog‘.
Bunday so‘zlarning lug‘at birligi biror jihatdan eskirib, o‘z o‘rnini boshqa bir lug‘at birligiga bo‘shata borishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu jarayonning voqe bo‘lishiga, turli-tuman sabablarga olib keladi.
Ba’zan ijtimoiy hayot taraqqiyoti va tarixiy sharoit davrida ayrim so‘zlarning ma’nolari bir-birlariga juda ham yaqin yoki bir necha vaqt ularning ma’nolari bir xil bo‘lib qoladi. Lekin bunday hollarda ma’nolari bir xil bo‘lib qolgan so‘zlarning biri iste’moldan chiqib ketia di. Masalan, muhr va pechәt, mәrizә va dәklәt kabi so‘zlar bir xil ma’noni ifoda qilganlari holda qo‘llanilib kelinadi. So‘ngra 90-yillargacha revәlutsiyә, sәvit, pechәt, dәklәt so‘zlari deyarli shakldosh so‘zlar sifatida qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Shora, inqilap, mug‘r so‘zlari o‘zbek tilining faol so‘z boyligidan chiqib ketdi va ma’lum davrda eskirgan so‘zlarga aylanib qoldi. Hozirgi paytda esa, aksincha, 90-yillargacha eskirgan so‘zlar qatoridagi so‘zlar yana faollashib ketdi. Demak, majburiylik siyosati ham, vaqtincha bo‘lsa-da, tilning lug‘at boyligiga ta’sir etar ekan.
Tarixiy so‘zlar. Tarixiy so‘zlar o‘tmishda mavjud bo‘lgan narsa va tushunchalarning nomini bildirgan, ammo hozir eskirib qolgan tilimizda ishlatilmay qolgan so‘zlar hisoblanadi. Chunki jamiyatda ilm-fan, madaniyat, san’at adabiyot kabilarning taraqqiyoti, umuman hayot talabi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni aks ettirish vazifasini ado eta olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib keta boshlaydi. Bunday so‘zlar o‘rnini esa yaqin so‘zlar va tushunchalar egallaydi.
Tarixiy so‘zlar yo‘q bo‘lib ketgan narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun i shlatiladi. Chunki hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularning shakldoshlari bo‘lmagan. Masalan, qɔz’, dәmlә, rәy’s, әlәm, mupt’, ’mɔm so‘zlari eskirib qolib, ishlatilishdan chiqib ketgan. Bunday so‘zlarning ba’zi birlari esa yangi ma’noga ega bo‘lgan. Masalan, ilgarigi vaqtda odamlar orasida musulmon dinining qonun qoidalarini targ‘ib qiluvchi kishi dәmillә – dɔmullɔ–dɔmlә deb ishlatilgan va adabiy tilda domla deb birmuncha ixcham olinadigan bo‘lgan. Shunday qilib, dɔmlә shaklida bu so‘z hozirgi paytda fanning ma’lum bir sohasini egallagan mutaxassis olim, ilmiy xodim va ba’zan o‘rta maktabda dars beruvchi o‘qituvchi ma’nolarida qo‘llaniladi.
Tarixiy so‘zlar o‘zi anglatgan voqelikning yagona atamasi bo‘lib, hozirgi vaqtda lahja va shevalarda ham, adabiy tilda ham, o‘sha narsani, tushunchani, dunyoqarashni aniq anglatuvchi so‘z hozirgi davrda bo‘lmaganda, o‘tmishni tasvirlashda tarixiy so‘zlarga murojaat qilish o‘z-o‘zidan zarur bo‘lib qoladi. Bunday holni turli lahja va shevalardan yozib olingan tarixiy namunalarda ochiq ko‘rish mumkin. Shoir-yozuvchilarimizning tarixiy asarlarida ham istorizmlarni ko‘plab uchratamiz. Buni ochiqroq tasavvur etish uchun A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, S.Ayniyning “Qullar”, G‘.G‘ulomning “Ko‘kan” kabi asarlarini misol keltirish mumkin.
Yangi so‘zlar. Yangi so‘zlar tilda paydo bo‘lgan yangi so‘z, yangilik bo‘yog‘i hisoblanadi. Jamiyatda, hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi voqea-hodisalar, fan va texnika, san’at, iqtisod, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar yangi so‘z va tushunchalarni ham maydonga keltiradi. Bunday so‘zlar har bir tilda, jumladan o‘zbek tilida va uning lahja hamda shevalarida ham o‘z so‘z boyligi asosida yuzaga keladi.
Yangi so‘zlar deb atash nisbiy tushuncha bo‘lib, ma’lum vaqt ichida, davrda paydo bo‘lgan so‘zlar faqat o‘sha davr sharoitida yangi so‘z hisoblanadi, ma’ lum vaqtdan so‘ng esa o‘zidagi ana shunday xususiyatni yo‘qotadi. Masalan, shanbalik, aeroplan, yo‘qsil, sho‘ro, kalxus, sapxus so‘zlari 20-yillarda; besh yillik, shpal, seyalka 30-yillarda; staxanovchi, traxtir, mashiyna 30-yillarning oxirlarida; cho‘lquvar, cho‘l lochini zangari kema, dala malikasi 50-yillarda; zangari ekran, kasmanavut 60-yillarda yangi so‘zlar sifatida qabul qilingan va o‘sha davrda neologizm vazifasini bajargan. 90-yillargaa kelib hakim, viloyat, tuman, aksiya, bank, repititor, test kabi so‘zlar faollashdi.
Tabu va evfemizmlar. Ma’lumki, hozirgi tilimizda ishlatiladigan evfemistik so‘z va iboralarning ildizi ma’no jihatidan eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Evfimizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan va hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan tabu hodisasi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan.
Evfemizm ibtidoiy xalqlarning diniy taqiqlar(tabular), jumladan, til tabulari bilan, ya’ni ibtidoiy kishilarning diniy taqiqlarga asoslangan va shunga binoan ayrim so‘zlarni talaffuz etish qo‘rqinchli bo‘lgan hodisalar bilan bog‘liqdir.
Bu so‘z etnografiyada xalqlarning urf-odatlarida taqiq etilishi sistemasini anglatuvchi atama sifatida qabul qilingan, Ammo tilshunoslikda bu atama urf-odat natijasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan, aytib bo‘lmaydigan diniy tushuncha so‘zlarini bildiradigan atamalardir.
Tabu etnografik atama bo‘lib, polineziya xalqlari orasida bid’at, irim sifatida namoyon bo‘lib kelgan. Umuman olganda, tabu – taqiq, qo‘l tegizib bo‘lmaydigan demakdir.
Tabu so‘zi ayrim vaqtlarda qarama-qarshi ma’noga, ya’ni “la’nat”, “qarg‘ish” kabi ma’nolarga ham ega bo‘lishi mumkin, Bu ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’nosida, u jamiyatda ba’zi bir narsalar, harakatlarni man etishni ifodalasa, ikkinchi ma’nosida lingvistik atama sifatida tilda ba’zi bir so‘zlarni ma’lum sharoitlarda man qilish hodisasini ifodalaydi.
Tabu so‘zlarning kelib chiqishida u yoki bu xalqning iqtisodiy sharoiti, urf-odatlari, e’tiqodining ahamiyati katta bo‘lganligini ta’kidlaydi. Masalan, hali fan-texnika rivojlanmagan jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida, to‘g‘rirog‘i, ibtidoiy jamoa va fedalizm davrida ba’zi xalqlar o‘rtasida jin, arvoh va shunga o‘xshash ilohiylashtirilgan narsalarga ishonish juda kuchli bo‘lgan.
Tabu hodisasi qipchoq shevalarida ham qadim zamonlardan uchrab turadi Ayrim yirtqich hayvonlarning nomini tilga olish(aksari holda kechalari) man etilgan. Masalan, qishloqlarda ilon so‘zini kechasi yotish oldidan aytish man qilingan, uning o‘rniga arg‘amchi, qamchidasta chilbir deb ataydi. Er-xotin, qaynona-kelin va boshqalar o‘rtasida ham qadamda uchrab turadi. Ma’lumki musulmon Sharqida xotinlarning erlarini o‘z ismi bilan chaqirishi man etilgan, bu hurmatsizlikni bildiradi, deb hisoblangan. Oqibatda, tabu so‘z vujudga kelib, xotinlar erini o‘z katta bolalarining nomi bilan atab chaqirganlar.
Evfemizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi yaxshi gapiraman, xushmuomalilik bilan gapiraman, bir narsa yoki hodisa to‘g‘risida yumshoq, silliqlab va pardalab so‘zlayman degan ma’noni bildiradi. Tilda evfemizmlarning paydo bo‘lishi ma’lum sabablarga bog‘liqdir. Evfemizm, aftidan, so‘zlarni ishlatishda ta’sir etish doirasi(darajasi) qonunining natijasi o‘laroq vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Biz bu yerda so‘zlarning ta’sir etish doirasi deganda, ma’lum darajada ijobiy ta’sir etuvchi so‘zlarni qo‘llashni ko‘zda tutamiz, keng ma’noda esa bu qonun qisman shakldoshlar, vulgarizmlar, evfemizmlarni ishlatishni ham o‘z ichiga oladi.
Evfemizm har qanday vaziyatda, har kimga, har narsaga nisbatan qo‘llanilavermaydi. Jumladan, dushmanga nisbatan hech qachon evfemizm qo‘llanilmaydi. Evfemizmlar badiiy adabiyotda muhim uslubiy vosita sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ba’zi fanlarda, masalan, tibbiyotda evfemizmlarni qo‘llash faktlari tez-tez uchrab turadi.
Qipchoq shevalarida evfemizmlar axloq-odob normalarini ifodalash, madaniy so‘zlash va hokazo sabablarga ko‘ra qo‘llanilishini ko‘ramiz. Masa lan, “o‘lish”, “o‘ldi” degan so‘zlar dilga xanjardek botadi. Bu sovuq xabarni kishilar shevalarda tamam boldi, uzildi,jan berdi, qaza qildi, dunyadan өtti, napayt boldi tarzdagi evfemizmlar bilan ifoda etadilar. Bulardan napayt boldi, ko‘pincha, bolalarga nisbatan ishlatiladi.
“Bo‘g‘oz bo‘lmoq” birikmasi o‘rnida lahjada hөmilador bomoq, avur ayaqli bomaq, avur jukli bomaq, eqqat singari so‘zlar ishlatiladi.
Evfemizmlar tuzilishi jihatidan quyidagicha bo‘ladi: 1. Yakka evfemizmlar. 2. Birikmali evfemizmlar.
1. Yakka evfemizmlar bitta so‘zdan hosil bo‘lgan evfemizmlardir: lapashang-bo‘sh, uzildi-o‘ldi.
2. Birikmali evfemizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zlaprning birikishida hosil bo‘ladi: haqorat qildi-so‘kdi, turmush o‘rtog‘i-xotini.
Evfemizmlar shakldoshlik qatorini ham tashkil qilishi mumkin. nomusiga tegmoq. Bu ibora qizlarga zo‘rlik qilingan paytda ishlatilib, shu majburlashni pardalash natijasida kelib chiqqandir. tirnaqqa //tinnaqqa zar - bu ibora farzandsiz kishilarga nisbatan ishlatilib, bolasiz, bolasi yo‘q ma’nolarida qo‘llanadi.
Shunday qilib, tabu va evfemizmlar o‘zbek tilining bir qismi bo‘lgan lahjalar va shevalar taraqqiyotining uzoq davom etgan natijasi bo‘lib, shevalarda hozirgi paytda tabularning yo‘qolib borayotganligi ko‘zga tashlansa, evfemizmlar ko‘payib boryapti. Ular gaplarni chiroyli, silliq, ta’sirchan qilish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qalam ahli uchun ham umuman har bir madaniyatli kishi uchun ham muhim leksik uslubiy vosita vazifasini bajaradi.
Frazeologiya. Frazeologiya deb nutqimizdagi turg‘un va barqaror so‘z birikmalariga, iboralarga aytiladi. Bunday iboralar uzoq yillar hatto asrlar davomida qo‘llanilaverib, bo‘linmaydigan bir qolipga tushib qolgan bo‘ladi. misi chiqdi, ishtahasi ochildi, bosdi-bosdi bo‘lib ketdi kabi.
O‘zbek lahja va shevalarida ham juda ko‘p frazeologik iboralar uchraydi. Ular qo‘llanishi, tuzilishi va ta’sirli bo‘yog‘i bilan ham xilma-xildir.
Qorluq lahjasida: qɔra dev kep qɔsә sәniyәm, mәn’yәm әspәlәsәp’ygә jөnәtә– qora dev kelib qolsa seni ham, meni ham yeb qo‘yadi(Toshk.); mercha miyɔn juvɔn korinadi – nozik xotin ko‘rinadi (Sam.), kәlly’ se:әrdә turu vɔpt’ – barvaqt turibdi (Jizz.), әttәң, yashlik qipsan – attang, tushunmab san (And.), dimɔg‘i kuymɔq – xafa bo‘lmoq, dumi xurjinga – chalkash, yyer qattiq, ɔsmɔn baland – iloji yo‘q, hal qilib bo‘lmaydigan(Bux.), әyɔg‘iңңә hinɔ qoygәmmisәn, tez-tez yur – nega asta yurasan, tez-tez yur (Shahrisabz, Kitob).
Qipchoq lahjasida: kөrpәңa qarap ayag‘ uzat- hisob-kitob bilan ish tut, tamnan tarasha tүshgәndәy – to‘satdan gapirish, o‘ylamay gapirish; ay chixsәyim seңә chixsin – hamma narsa senga bo‘lsin; ataңңbar, enәңәbar – sarson qilish, ovora qilish, bardi-keldisi joq – aloqasi yo‘q; chimchixtan qorqqan tari ekmәs – qo‘rqoq kishi.
O‘g‘uz lahjasida: aydi etәk minәn yavip bomas – kamchilikni yashirib bo‘lmaydi; gәchchinәң qazasi yyessә, kassapti sүvәdi – echkining o‘lgisi kelsa, qassobga hazillashadi (Yangibozor); chopi bosh tүssaң qolini kesәdi –cho‘pni bo‘sh ushlasang, qo‘lingni kesadi (Bog‘ot).
Misollardan ko‘rinadiki, lahja va shevalardagi frazeologizmlar o‘tmish tarixi, urf-odatlar, folklor materiallari, topishmoqlar, maqollar, hikmatli so‘zlar bilan bog‘liqdir. Lekin ular har bir shevaning o‘z xususiyatlari hisoblanadi.
SHevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning semantik xususiyatlari. O‘zbek shevalarining leksik tarkibida traditsion leksika asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq shevalari traditsion leksikasida paydo bo‘lishi jihatidan turli tarixiy davrlarga xos bo‘lgan leksik qatlamlarni uchratamiz. Masalan, shevalarning traditsion leksikasida shunday so‘zlarni uchratish mumkinki, ularning ma’no xususiyatlariga ko‘ra paydo bo‘lish ildizlari juda qadimiy davrlarga – urug‘chilik davrlariga borib taqaladi. Bunday so‘zlarga, avvalo, qarindosh-urug‘ nomini bildiruvchi so‘zlar kiradi. Bu so‘zlar orasida ɔtә//ad.-orf. ota, ɔnә//ad.-orf. ona, og‘l//ul//ad.-orf. o‘g‘il, qz//ad.-orf. qiz kabi umumdialektga xos so‘zlar, shuningdek, shakl va ma’no jihatdan farqli, ayrim shevalargagina xos bo‘lgan qarindosh urug‘ nomini bildiruvchi so‘zlar ham bor. Masalan, And. kәtәtә//kәt:ә(Yuqoridagidek, qarindosh-urug‘ bildiruvchi so‘zlarni detallashtirib farqlash, ularni paydo bo‘lishi hamda ma’nolariga ko‘ra ayrim xususiyatlari (aka-ota, amaki ma’nosida; opa-ona ma’nosida kabi), shubhasiz, odamlar orasidagi munosabatlarning qon-qardoshlik aloqalariga asoslangan davrlariga borib taqaladi va asl ma’nosini saqlagan holda o‘zbek shevalarining leksik tarkibi traditsion qatlamida saqlanib kelmoqda.
O‘zbek shevalarining traditsion leksikasi hozirgi kunda, asosan, keksa avlod tilini xarakterlaydi..
Dialektal so‘zlarning semantik guruhlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan ayrimlarinigina keltiramiz.
Dehqonchilikka xos atamalar: oq ar’q, korak, kөsәk, chuv’mә, djohar’, ashkәdi – qɔvɔq – qɔvɔg‘.
Chorvachilikka xos atamalar: ɔt//at s’g‘r//siyir - ’nәk//’nәy xotuk – kur rә tayxar, qulun – toy, ulaq – chuv’ch.
Ov, baliqchilikka xos atamalar: tor, tuzɔq, zɔgɔra baliq, kayәz.
Binokorlikka xos atamalar: uy//oy, madang, ravaq, mor’, qasava, pɔydevɔr, ustun, sinch, kәshәk, vәssә, ɔstɔnә – bosag‘a.
Uy-ro‘zg‘or buyumlari atamalari: qozon// qazon, tovoq//tabaq, pәq’r-satil – chelek// chelәy va h.
O‘zbek adabiy tilida va shevalardagi ayrim so‘zlarning ma’nosi ba’zi shevalarda o‘ziga xos ma’no o‘zgachaliklariga ega, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
a) ayni bir predmet va tushunchalar shevalarda turli so‘zlar bilan yuritiladi:
chaqalɔ (Toshk.)-buvek (Farg‘.) -bәlә (Shim.)
shɔt’ – Toshk. arava qismi; shɔt’ – Farg‘. narvon, arava qismi.
tuxum – Toshk. tuxum, mayek; tuxum – qipchoq lahjasida urug‘; y’m’rta (Xor)
pәshshә – Toshk. Pashsha; pәshshә –Farg‘. chivin.
og‘r Toshk. – kel’ (shim.) –so:q’ (Xor.)
chumәl’ Toshk – morchә (Sam) – qar’ndja (Xor)
chopchәy (Toshk.) –mәtәl (Sam) – yertey (Xor);
b) ayni bir so‘z shevalarida turlicha ma’noga ega bo‘ladi:
shot’ – Toshkentda arava qismi nomi, Farg‘onada norvon.
buv’ – Toshkentda ota-onaning onasi. Farg‘onada ona ma’nosi.
pәshshә – Toshkentda chaqmaydigan hashorat, Farg‘ona va shimoliy o‘zbek shevalarida chaqadigan hashorat;
v) narsa va buyumlar ayni bir vazifani bajarsa-da, ularning nimadan yasalganligi va harakat natijasiga ko‘ra turlicha nomlanishi mumkin.
nɔnpәr – qush va parranda patidan yasaladi (Sam.), chәk’ch – yog‘och va simdan yasalib, urish, yassilash ma’nosini ifoda qiladi (Toshk.) duk’ – duk taqlidiy so‘zidan olingan (shimoliy o‘zbek shevalarida) shuningdek, ayrim sheva vakili ayni bir predmetni boshqa hodisalarga o‘xshatish asosida ifodalashi mumkin: tuynәk (shimoliy o‘zbek shevalarida)//duynәn (Xor.) – sәpsә// gepchә (jl.). – bu endigina palakda paydo bo‘lgan, pishmagan qovunni bildiradi. Birinchi so‘z tugmoq fe’li tushunchasidan kelib chiqqan, ikkinchisi esa sop, ushlash mumkin bo‘lgan predmet tushunchasi bilan bog‘liq. O‘zbek shevalaridagi barcha leksik o‘ziga xoslikni o‘rganish lug‘at boyligimizni, til imkoniyatlarimizni kengaytirishimizga yordam beradi va shu bilan adabiy tilga bunday so‘zlarni qabul qilib borish ham zarur.
Shuni aytish lozimki, dialektal so‘zlarni jargonlardan farqlash zarur, dialektal so‘zlar barcha sheva vakillari uchun tushunarli bo‘ladi. Jargonlar esa dialektal xarakterga ega bo‘lmaydi, balki ma’lum bir toifa kishilari uchungina tushunarli bo‘ladi. Masalan, savdogarlar tilida koki (dollar), yallachilar tilida otar (to‘y), yakan (pul) va h.o.
3. O‘zbek shevalari leksik tarkibida tub va o‘zlashtirilgan so‘zlar.
O‘zbek shevalari o‘zbek tilining mahalliy ko‘rinishi sifatida undagi bo‘lgan aksariyat qatlamlarni o‘zida birlashtiradi, binobarin, o‘zbek tili leksik qatlamlari quyidagicha bo‘ladi.
umumturkiy so‘zlar;
o‘zlashgan so‘zlar:
arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
rus tili va u orqali o‘zlashgan so‘zlar;
o‘zbek tili sharoitida yaratilgan so‘zlar;
shevalarga xos bo‘lgan so‘zlar.
Umumturkiy so‘zlar aksariyat turkiy tillarda va shevalarda qo‘llanadi hamda ular o‘zbek shevalarida adabiy tildagi talaffuzini saqlashi ham mumkin. Bunga yyer, suv, osh, ish va boshqa turli sohalarga oid so‘zlar taalluqlidir. SHevalar lug‘at tarkibining salmoqli qismini umumturkiy so‘zlar tashkil etadi.
Arab, fors-tojik, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar shevalarda, asosan, fonetik qulaylashtirilgan holda iste’molda bo‘ladi. Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalari shuni ko‘rsatadiki, shevalar lug‘at tarkibida forscha-tojikcha so‘zlar ko‘proq, arabcha so‘zlar unga nisbatan kamroq, rus-baynalminal so‘zlar juda kam uchraydi. Bu esa bunday so‘zlarning o‘zlashish jarayoni ko‘proq vaqt talab qilishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti davomida turkiy va turkiy bo‘lmagan til unsurlari negizida yangi so‘zlar ham yasalgan. Bu ayniqsa fan-texnika, bozor iqtisodi bilan bog‘liq so‘z va terminlarning yasalishida ko‘rinadi. Ularning asosiy qismi boshqa tillarga, lekin yasovchi unsuri o‘zbek tiliga oid bo‘ladi va yasama so‘z o‘zbek tilidagina qo‘llanadi, masalan, ishxona, bizneschi, tasvirchi va boshqalar. Bular, albatta, shevalarda ham ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi va sheva mulki bo‘lib qoladi. SHevalarga xos bo‘lgan so‘zlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
a) o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan, faqat shevalarda qayd qilinadigan so‘zlar. Bunday so‘zlar badiiy adabiyotlarda sheva koloritini berish jarayonidagina qo‘llanadi, bu toifaga aksariyat hollarda qarindosh – urug‘chilikka oid so‘zlarni kiritish mumkin: keli:n bi:y’ – kelin oyi, nagach’ – tog‘a, әchә-oyi. Shuningdek, boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarning shevada ko‘chma ma’no kasb etishi ham shevaga xos so‘zlarni tashkil etadi: vәdj – narsa, predmet (aslida vaj –aytilgan so‘z), zat – narsa (aslida kelib chiqishi ma’nosida), kasa – piyola (aslida kosa ovqat qo‘yiladigan idish) va h.o.;
b) kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar: dishap – tashqari, yorpaq– turpaq, kevni – ko‘ngli, q’x –qirq va boshqalar.
Adabiyotlar:
1. O‘zbek dialektologiyasidan materiallar I-II, tom T. 1957, 1961.
2. O‘zbek shevalari leksikasi T. 1966.
3 Russkaya dialektologiya. M. 1972.
O‘zbek xalq shevalari lug‘at, T. 1972.
Raximov S. O‘zbek shevalari lug‘ati T, 1995.
Takrorlash uchun savollar:
O‘zbek shevalarining lug‘at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
O‘zbek shevalaridagi dialektal so‘zlar fonetik xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Dialektal so‘zlarni ma’no xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlash mumkin?
Qo‘shimcha ma’lumotlar…
Leksika haqida umumiy ma`lumot.
Reja:
1.O‘zbek adabiy tiliga sheva leksikasining ta‟siri.
2.Ma‟nodosh so‘zlar.
3.Shakldosh so‘zlar.
4.Zid ma‟noli so‘zlar.
5.Ko‘p ma‟noli so‘zlar.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O‘zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O‘qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‘zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O‘zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‘zbek shevashunosligi”Toshkent, “O‘qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O‘zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
7. “O‘zbek xalq shevalarining lug‘ati”,Toshkent, “Fan”, 1971- yil.
O‘zbek tili leksikasining o‘zining qadimiy va boy tarixiga egadir. U bir qapcha
asrlar mobaynida rivojlanib kelgan. Tilimizdagi so‘zlarning ayrimlari eng qadimgi
davrlardan beri turmush talablarini qondirib kelgan bo‘lsa, boshqa xillari nisbatan keyin
paydo bo‘lgani davr o‘tishi bilan mavjud so‘zlardagi ma`no va ma`no noziklarida
o‘zgarishlar ham yuz berib turgan.
Ma`lumki, so‘zlar bir qapcha ma`nolarni anglatadi. Ularning qaysi ma`nosi qachon
yuzaga kelganligini o‘rganish tilshunoslar uchun zarur bo‘lsa, bu so‘zlarning necha xil
ma`noda qo‘llanilishini o‘rganish ushbu tilda so‘zlashuvchilarning hammasi uchun
zarurdir. Bu, ayniqsa, yozuvchilar va shoirlar, san`at va madaniyat xodimlari, olimlar
uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. So‘zlarning biror ma`nosidan xabarsizlik ayrim
ilmiy asarlar, maqolalar va nutqlardagi so‘zlarni to‘la va to‘g‘ri tushunishga halaqit
beradi.
So‘zlarnng qo‘llash va ularning ma`nolaridan foydalanishda shoir – yozuvchilarning
imkoniyatlari g‘oyat kattadir. Chunki ular adabiy tilimiz leksikasidan tashqari,sheva
imoniyatlaridan ham keng foydalanadilar. Natijada shevalardagi ayrim so‘zlarommalashib, adabiy normalarga aylanib boradi. Lekin ularning asosiy qismi lahjalar vashevalarga xos bo‘lib, adabiy til doirasiga kirmaydi hamda shevalardagi shakl, ulardagio‘ziga xos xususiyat bo‘lib qolaveradi. Adabiy til nuqtayi nazaridan kam qo‘llaniladiganso‘zlar ayrim hollarda faollashib ham qoladi. Bu hol shevalar chegarasi bilanbog‘lanadi. U so‘zlar shevada gapiruvchilar nutqida faol hisoblanib, adabiy tildagiso‘zlar bilan birgalikda bir shakldoshlik qatorini tashkil etadi.
Shevalar eng qadimiy bo‘lib, odamzod tilga kirgandan boshlab, iste`molda bo‘libkelmoqda. Bunday o‘zigi xoslikni hozirgi vaqtda osonlik bilan farqlash mumkin: bineyi(tuzuk), pisip (yashirib), talli(tez), heyde(yur), bavir (jigar) singarilar qipchoq lahjasishevasida: zep (juda vaqtida), peqqos ( butunlay), pochche (aka amaki), unemog(kunmoq) moxovat//vey`me (mubolaga), diltan bolmoq (xafa bo‘lmoq) singarilar qarluq –chigil – uyg‘ur lahjasidagi shevalarda; atiz (paykal), morche (chumoli), dovdi (beparvo),pelpis (iflos), arna (anxor), yap (katta ariq) petik (ship), teykek (bolaxona),meyin (miya),kort (bura) va boshqalar o‘g‘uz guruhi shevalarida uchraydi.Yuqoridagi shevalargi xos turli – tumanlik badiiy va ilmiy asarlarda o‘z aksini topibkelishi qonuniy bir holdir. Jumladan, «Qutadg‘u bilig» , «Devoni lug‘otit turk»,
«Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Muhokamatul lug‘otayn», «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan
Chayon», «Qullar», «Navoiy», «Qutlug qon», «Qo‘shchinor chiroqlari», « Farg‘ona tong
otguncha», «Xorazm», « O‘qituvchi», «Opa – singillar», kabi ko‘plab asarlar fikrimizga
dalil bo‘la oladi.Shoir – yozuvchilar asarlaridagi ayrim so‘zlar hozirgi vaqtda ham shevalarda turliko‘rinish va shakllarda ishlatiladi. Masalan, qipchoq shevasiga xos bo‘lgan kevenek //
kebenek// kepenek (chakmon), eturik// (yolg‘on), qalpaq// qalpoq (do‘ppi), urt// uvuro‘t//ovuro‘t (lunj), manlay (peshona), xoqon - qoon// qan (xon), ne // ne// ni (nima), vusma –osma (usma) singari so‘zlardan Navoiy asarlarida ham keng foydalanilgan.Yuqoridagi singari hollar, ulardagi ma`nolar hozirgi paytda adabiy tilbirga,shevalarda ham mavjuddir. Adabiy tildagi ona so‘zi Toshkent shevasida oyi,Farg‘ona shevasida aya, buvi, o‘g‘uz shevalarida ene kabi shaklda faol ishlatiladi. Ularadabiy tilidagi ona so‘zi bilan birgalikda bir uslubiy shakldoshlikni tashkil etadi.
Yoki boshqa misollarni ham keltirish mumkin:Qalampir (adabiy tilda), germdor` (Toshkent shevasida), qalamfur (Samarqand ,Buxoro shevalarida); xomak (adabiy tilda), sapcha (Toshkent shevasida); izlamak,istamok, qidirmoq ma`nodosh so‘zlari shevalar nuqtayi nazaridan quyidagicha; `stemok (Farg‘ona va Ush shevalarida), q`d`rmoq (Toshkent shevasida), izlamak, qidirmoq, istemak(Qipchoq va o‘g‘uz shevalarida)O‘zbek shevalarining leksikasini o‘rganish masalasi bir muncha kengroq miqyosgaega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa ushbu sohaga bagishlangan «O‘zbek shevalarileksikasi»(1966) ilmiy to‘plami va «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»(1971) ning nashretilishi o‘zbek shevalarining leksikasini o‘rganishda qimmatli materiallar bo‘lib xizmat
qiladi. Xuddi shu tarzdagi qimmatli shevashunoslik materiallari «O‘zbek shevalarleksikasi» nomi bilan 1991-yilda ham nashr etildi.O‘zbek xalq shevalari leksikasini, jumladan,shakldosh, ma`nodosh, ko‘p ma`noli,yangi so‘zlar xususiyatlarini o‘rganish shevashunoslar oldida turgan muhim vazifalardanbiridir.Chunki ma`lum bir sheva yoki bir qancha shevalar leksikasini o‘rganish,birtomondan, til tarixi, etnografiya, tarix singari fanlar uchun qimmatli bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, adabiy tilni rivojlantirish uchun ham ahamiyatlidir. O‘zbek xalq shevalari
fonetik va morforlogik jihatdan ma`lum darajada o‘rganilmagan. O‘zbek lahjalarining
leksik qatlamlarini o‘rganish uchun tahlil etish o‘zbek adabiy tili leksikasi uchun ham
g‘oyat foydalidir.O‘zbek lahjalarini leksikasini ko‘zdan kechirar ekanmiz, har uchala lahjaning o‘zigaxos leksik qatlamlarini ko‘ramiz.Shu umumiy tomonlardan tashqari, ularning har birida
o‘ziga xos leksik qatlamlar ham mavjud. Jumladan, qipchoq shevalarida ham bunday
xususiyatlar uchraydi. Bu, hatto, Samarqand viloyati zamirida mavjud bo‘lgan shevalar
materiallarida ham ko‘rish mumkin. Samarqand viloyatidagi shevalarni shartli ravishda
sharqiy va g‘arbiy guruhlarga bo‘lib o‘rganish an`ana tusiga kirib qolgan:
Sharqiy guruh
|
G‘arbiy guruh
|
Adabiy tilda
|
chal
|
babay
|
chol
|
kempir
|
memey
|
kampir
|
burchek
|
konjek
|
burchak
|
bala
|
bechche
|
bola
|
orik
|
zerdeli
|
urik
|
konishi
|
xemseye
|
qo‘shni
|
bo‘zav
|
gesele
|
buzoq
|
Shevalar umumxalq o‘zbek tilining bir tarmog‘i bo‘lish bilan birga, adabiy til bilan o‘zaro umumiy va leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi so‘zlar shakldosh, ma`nodosh, ko‘p ma`noli va zid ma`noli kabi munosabatlar jihatidan bir- birlaridan hamda adabiy tildan farq qiladi.Shevalardagi tabu va evfemizmlar esa deyarli o‘rganilmagandir.Shularni hisobga olib, ularning har biri haqida alohida – alohida to‘xtalib o‘tishni lozim topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |