Mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa Reja: 1



Download 68,35 Kb.
bet10/12
Sana04.02.2022
Hajmi68,35 Kb.
#428369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-мавзу ИТМ

Fanning siyosat vositasidagi funksiyasi jamiyatning mafkuraviy ehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Markscha mafkura fanni tо‘la va yalpi nazorat qilgani, kibernetika, genetika, matematik mantiq va kvant nazariyasiga qarshi kurash olib borgani XX asr fani tarixidan yaxshi ma’lum. Markscha fan rivojlanishining bu jihatiga baho berar ekan, E.Agatssi shunday xulosa chiqaradi: «Mafkura fanni unga mafkuraviy fikrlashga nisbatan ustunlikni ta’minlagan obyektiv bilim imidjidan mahrum etishga harakat qildi... Markschilar fan, ayniqsa ilmiy faoliyat amaliy sohalarda va hokimiyat bilan munosabatlarda (pragmatik daraja) ijtimoiy jabhaga bog‘liq ekanligini qayd etardilar, bundan tashqari, fanni texnologiya bilan tenglashtirishga moyil edilar»5.
Rasmiy fan jamiyatning asosiy mafkuraviy mо‘ljallarini qо‘llab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura о‘zining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy vositalar taqdim etishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan «ruhlanishi», uni о‘zida mujassamlashtirishi lozim. T.Kun ta’biri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni yechishni о‘rganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi»6. Shu sababli fanning betarafligi haqidagi xulosa doimo qizg‘in munozaraga sabab bо‘ladi.
Mafkurani о‘zlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz beradi, shu sababli fan, garchi u har qanday mafkuradan butunlay xoli bо‘lishga harakat qilsa-da, mafkura ta’siridan hech qachon tо‘la xalos bо‘la olmaydi. Mafkuraning xususiyatlari qatoriga mafkurachilar uning haqiqatni ataylab buzib kо‘rsatishi, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslikni kiritadilar. Fan mutlaqo qarama-qarshi tamoyillarga amal qiladi: u borliqni aniq va tо‘g‘ri aks ettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan kо‘pincha murosaga keladi, hech qachon erishilgan natija bilan kifoyalanmaydi va falsifikatsiyalanishga moyildir.
Mafkuraning fanga munosabati quyidagi modellarga amal qiladi:
1) qoralash;
2) befarqlik (u yoki bu fan о‘z holicha rivojlanishiga yо‘l qо‘yib beradi);
3) rahnamolik va ekspluatatsiya qilish. Bunda muayyan yо‘nalishlarni rivojlantirish, rivojlanish jarayonini sekinlashtirish yoki tо‘xtatishga qaratilgan mexanizmlar ishga solinadi.
Fanning ijtimoiy funksiyasi fan metodlari va uning ma’lumotlaridan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng kо‘lamli rejalarini tuzish uchun foydalanilishini nazarda tutadi. Fan о‘zini ijtimoiy kuch funksiyasida davrimizning olamshumul muammolarini (tabiiy resurslarning kamayishi, atmosferaning ifloslanishi, ekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chog‘ida namoyon etadi. О‘zining bu funksiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘lanadi.
Jamiyat muttasil ta’sirining sezilishi bugungi kunda fan «ijtimoiy buyurtma»ni bajarishga majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qо‘llanish oqibatlari uchun katta axloqiy mas’uliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Aniq fanlarga nisbatan maxfiylik xususiyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, xususan, harbiy sanoat sohasida maxsus buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq. Darhaqiqat, shunday texnologiyalar va ishlovlar mavjudki, insoniyat uchun ulardan foydalanish о‘ziga о‘zi ziyon yetkazish yoki о‘zini о‘zi qirg‘in qilish bilan barobar.
Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va ijtimoiy ong haqidagi tasavvurlarni, olimning shaxsi va ma’naviy qiyofasi, bilishning kognitiv mexanizmlari va uning faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar haqidagi mulohazalarni kiritishni taqozo etadi. Ular fanni sotsiologik о‘rganish majburiyatini yuklaydi, chunki fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, о‘z rivojlanishining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari bilan ham tavsiflanadi. Faylasuflar fanning qо‘llanilishi о‘zining axloqiy va insoniy mazmunini yо‘qotishidan ehtiyot bо‘lishga chaqiradilar. Bu holda fan qattiq tanqid obyektiga aylanadi, olimlar faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi.

5. Fanning ijtimoiy madaniy mo‘ljallari


Fan – dunyo haqidagi bilimlarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Har qanday ishlab chiqarishda bо‘lganidek, fanda ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash talab etiladi. Haqiqat – har qanday ilmiy mahsulot ega bо‘lishi talab etiladigan va fan о‘zida mavjud barcha vositalar bilan ta’minlashi shart bо‘lgan eng muhim sifat xossasi. Olim uchun haqiqat u о‘z faoliyatida erishishga harakat qiladigan eng oliy qadriyatdir.
Haqiqatning tagiga yetish olim hayotining oliy maqsadi bо‘lishi mumkin. Ammo haqiqat о‘z-о‘zicha, masalan, yaxshilik va gо‘zallikdan farqli о‘laroq, shak-shubhasiz qadriyat emas. Haqiqat qadriyat manbai bо‘lishi mumkin, lekin yaxshilik va gо‘zallikdan farqli о‘laroq, u shak-shubhasiz qadriyat hisoblanmaydi. Haqiqat qimmatga ega bо‘lishi ham, ega bо‘lmasligi ham mumkin.5
Kundalik hayotda haqiqat inson uchun qadriyat bо‘lishi ham, qadriyat bо‘lmasligi ham, foydali yoki zararli deb baholanishi ham mumkin. Ba’zan shunday bо‘ladiki, inson haqiqatni bilishni istamaydi. Uning maqsadi haqiqatni ochish bо‘lishi ham, uni yashirish yoki buzib kо‘rsatish (masalan, dushmanga yolg‘on axborot berish) bо‘lishi ham mumkin.
Ayrim shaxs har narsaga qiziqishi mumkin. Olim о‘z hayotini bakteriyalar yoki galaktikalarni, qadimgi qо‘lyozmalar yoki joriy bozor konyunkturasini, tumovni davolash vositalari yoki о‘ta halokatli kuchga ega bо‘lgan qurol yaratish yо‘llarini о‘rganishga bag‘ishlashi mumkin. Ammo har qanday ilmiy tadqiqot vaqt va mablag‘ sarflashni talab qiladi. «Sof» ilmiy haqiqatning tagiga yetish uchun haddan tashqari qimmat narx tо‘lashga tо‘g‘ri kelganida, uni izlovchilar soni sezilarli darajada kamayadi.
Jamiyat (xalq, davlat, u yoki bu ijtimoiy guruh) о‘zi qay jihatdandir kerakli va nimagadir foydali deb hisoblagan haqiqatlargagina qiziqish bildiradi, qolgan haqiqatlarga esa befarq qaraydi yoki hatto ularning tan olinishiga qarshi chiqadi (agar bu zarar keltiradi, deb hisoblasa). Jamiyat о‘ziga haqiqatdan boshqa hech narsa bermaydigan ishga pul sarflamaydi. Haqiqiy, lekin hech kimga kerak bо‘lmagan bilim uni olish bilan bog‘liq mehnatga haq tо‘lashga tayyor iste’molchilarni topmaydi.
О‘tmishda, «ilk fan» davrida (XVI asrga qadar) ilm bilan shug‘ullanish asosan о‘z ixtiyorida mavjud resurslar bilan kifoyalanishga qodir bо‘lgan о‘ziga tо‘q odamlarning xususiy ishi hisoblangan. Antik faylasuflar hatto о‘z faoliyati uchun pul olishni uyatli ish deb hisoblaganlar (о‘qituvchilik bilan tirikchilik qilgan sofistlar bundan mustasno). О‘rta asr olimlari – sxolastlarning aksariyati monaxlar va ruhoniylar bо‘lgan. Bu olimlar ilohiyot va diniy ta’lim bilan shug‘ullanganlari bois, cherkov ularni ta’minlashga tayyor bо‘lgan. О‘sha davrda falsafa va ilohiyotning tarkibiy qismi sifatida tushunilgan fan madaniy shakl hisoblangan, uning muxlislari ilmiy faoliyat bilan asosan о‘z shaxsiyatini namoyon etish uchun shug‘ullanganlar, ayrimlar uchun esa ilm bir ermak – ta’bir joiz bо‘lsa, «intellektual о‘yin» sanalgan.
XVI - XVII asrlar ilmiy inqilobi nafaqat fanning mazmunida о‘zgarish yasadi, balki uning sof «havaskorlik» ishi sifatida о‘sish imkoniyatini ham yо‘qqa chiqardi. Eksperimentning mustahkam zaminiga о‘rnashgan fan о‘z rivojlanishiga yanada kо‘proq xarajatlar talab qila boshladi. Fanning turli jabhalarida ishlash uchun kо‘p sonli professional olimlar talab etiladi. Fanga laboratoriyalar va laboratoriya asbob-uskunalari, muzeylar, kutubxonalar va hokazolar uchun mablag‘lar kerak bо‘ladi. Shu tariqa fan ayrim havaskorlarning xususiy ishi sifatida mavjud bо‘la olmaydigan mehnat sohasiga aylanadi. U jamiyat va davlatning madadini talab qiladi.
Ammo bunday moddiy madadni fan faqat о‘zining jamiyat uchun foydali ekanligini amalda isbotlash yо‘li bilan olishi mumkin. Ayni shu sababli fanning ijtimoiy-madaniy mо‘ljallarida о‘zgarishlar yuz beradi: olimlar oldida haqiqatning tagiga yetish vazifasi bilan bir qatorda jamiyat manfaatlariga xizmat qilish vazifasi paydo bо‘ladi.
«Sof» haqiqat ilmiy qadriyat bо‘lib qoladi, lekin olimning haqiqat sari intilishga bо‘lgan huquqi haqiqatning tagiga yetishi mumkin bо‘lgan foydali natijalarning noilmiy, ijtimoiy qimmati bilan asoslanadi.
Fan rivojlanishining klassik davrida olimlar fan natijalari amalda qо‘llanilishini о‘z tadqiqotlarining maqbul, lekin muqarrar bо‘lmagan oqibati deb hisoblaydilar. Ammo fan о‘zining foydali bо‘lish qobiliyatini (ayniqsa sanoat texnikasining rivojlanishi uchun) amalda namoyon etishiga qarab jamiyat undan ayni shu yо‘nalishda olg‘a siljishni talab qiladi. Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar davlat hamda sanoat korchalonlari tomonidan fundamental fanga qaraganda kо‘proq qо‘llab-quvvatlanadi. Ilmiy hamjamiyat ongida fanning bosh mо‘ljali haqiqatning tagiga yetish yо‘lida izlanishlar olib borish, foyda esa – shu izlanishlarning «qо‘shimcha» mahsuli hisoblangan bо‘lsa, ijtimoiy ongda aksincha – ilmiy haqiqat foydaga xizmat qilishi kerak, deb hisoblanadi. Olimlar fanning «ziyokorligi»ni birinchi о‘ringa qо‘ysalar, jamiyat uchun uning «unumdorligi» birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Fan va jamiyat о‘rtasidan «qora mushuk о‘tadi».
Mazkur ziddiyat asta-sekin ilmiy hamjamiyatga ham kirib keladi. Ilmiy faoliyat motivlariga daxl etib, u olimlar о‘rtasidagi konfliktlar manbaiga aylanadi. Ayrimlar haqiqatga beg‘araz xizmat qilish ideallariga muvofiq ish kо‘rsa, ayrimlar odamlar foydasiga qaratilgan «manfaatga xizmat qilish» ideallariga bо‘ysunadi.
«Sof» fan tarafdorlari fundamental fan ham ijtimoiy foydali ekanligini isbotlab, jamoatchilik fikriga ta’sir kо‘rsatishga harakat qiladilar. Ularning fikricha, fundamental tadqiqotlarning foydasi ular bilimlarning umumiy о‘sishiga, dunyoqarash va madaniyatning rivojlanishiga kо‘maklashishi bilangina belgilanmaydi. Mazkur tadqiqotlar amaliy-utilitar maqsadlarda ham zarur, zero ular darhol bevosita foyda keltirmasa-da, lekin keyinchalik amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar tayanishi uchun ilmiy zamin yaratadi.
Ammo fan va jamiyat о‘rtasidagi bu keskinlikni bartaraf etish oson ish emas. Mazkur keskinlik fan rivojlanishining postklassik davrida ham saqlanib qoladi, bizning davrimizga kelib esa fundamental tadqiqotlarning yanada qimmatlashishi munosabati bilan hatto kuchayadi.
Hozirgi vaqtda fanga jamiyat xarajatlari fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar о‘rtasida tegishli ravishda 1:10:100 nisbatda taqsimlanadi. Mazkur sohalardan band bо‘lgan fan kadrlari sonining nisbati ham taxminan shuncha. YA’ni «sof» ilmiy haqiqatning tagiga yetish yо‘lidagi izlanishlar jamiyatga fanning bevosita foydali natijalarini olishga qaraganda yuz marta arzonroq tushadi. Shunday qilib, hozirgi zamon «katta fani» xodimlari va unga ajratiladigan mablag‘larning asosiy qismi fan rivojlanishining utilitar yо‘nalishida jamlangan. Bu uning ijtimoiy-madaniy mо‘ljallarida «foydaga xizmat qilish» prinsipi «haqiqatga xizmat qilish» prinsipidan ustun qо‘yilishini anglatadi.

Download 68,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish