1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi.
Reja:
Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida bilim, faoliyat va ijtimoiy institut. Fan tushunchasining keng va tor ma`nolari. Fan tarixiga oid yondashuvlar: prezentizm va antikvarizm, interializm va eksternalizm, scientizm va antiscientizm.
Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Fanning funkciyalari. Fanning mikrokonteksti va makrokonteksti.
Fan bilishning maxsus shakli. Fanlar tasnifi: fundamental, nazariy, amaliy, eksperemental, texnika, ijtimoiy gumanitar fanlarning o’zaro aloqasi va farqlari. Fanlar tasnifiga oid qarashlar tarixi.
İlmiylik mezonlarining tasnifi. Fanning dinamik va statik qonuniyatlari. Analitik va sintetik bilim. Fanning diffirenciaciyasi va integraciyasi. Fanning obrazi. Fanning ijtimoiy- madaniy mo’ljalari.
Tayanch tushunchalar: Scientizm, antiscientizm, fan, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy bilish dinamikasi, tafakkur adaptaciyasi, mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm, ilmiy inqilob, kumulyativizm, antikumulyativizm, ilmiy bilim, noilmiy bilim, parailmiy bilim, yolg’on ilm.
Fan tarixini o’rganish XX asrda boshlangan bo’lsada, unga azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo’limi sifatida qaralgan. Uni alohida ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida o’rganish 1892 yilda Franciyada fan tarixi kafedrasi ochilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi.
Fan tarixini o’rganish jarayonidagi birinchi tarixiy-ilmiy tadqiqotlarni quyidagicha xarakterlash mumkin:
- dastlab, u yoki bu fandagi yutuqlarni xronologik sistemalashtirish vazifasi hal qilingan;
– ilmiy g’oya va muammolarni, progressiv taraqqiyot mexanizmlarini izohlashga harakat qilingan;
– olimlarning ilmiy faoliyati hamda ijodining ahamiyati aniqlangan.
Fan tarixini xarakterlovchi muhim muammolardan biri qanday qilib tashqi (iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, dunyoqarashli, psixologik va boshqalar) olam, undagi voqea va hodisalarning ilmiy ijod natijalarida, ilmiy izlanish metodlarida, yaratilgan nazariyalarda aks etilishini tushunish hamda tushuntirishdan iboratdir.
Fan tarixining empirik bazasini o’tmishdagi ilmiy matnlar, kitoblar, jurnal maqolalari, olimlarning o’zaro yozgan xatlari, nashr qilinmagan qo’lyozmalar va h.k. tashkil qiladi. Lekin, bu bilan fan tarixchisi o’z tadqiqoti uchun etarli materialga ega bo’la oladimi? Yo’q, chunki olim biror narsani kashf qilganda, uni yolg’on xulosalarga olib kelgan turli xato yo’llarni unutishga harakat qiladi va bunda tarixni ob`ektiv o’rganishga harakat qiladi.
Agar tarixiy ilmiy tadqiqot ob`ekti o’tmish bo’lsa unda bunday tadqiqot doimo ob`ektivlikka da`vo qilishga intiladi. Barcha tarixchilar kabi fan tarixchilariga ham tadqiqotlarda asos bo’ladigan, bir-biridan farq qiladigan ikki yo’nalish ma`lum: prezentizm (o’tmishni hozirgi zamon tilida tushuntirilishi) va antikvarizm (o’tmishning to’liq manzarasini hozirgi zamonga bog’lamasdan tiklash). Hozirgi kunda fanda umuman foydalanilmagan o’zga tarix, madaniyat, tafakkur uslubi, o’zga bilimni o’rganar ekan, fan tarixchisi o’z davrining in`ikosinigina tiklashga harakat qilmayotganmikan? Bu ma`noda prezentizm ham, antikvarizm ham fan tarixchilari e`tirof qilgan bartaraf qilib bo’lmaydigan qiyinchiliklarga duch keladi.
Fan taraqqiyoti haqidagi tarixiy tadqiqotlarda o’ziga xos iz qoldirgan yana ikki oqim XX asrning 30 yillarida paydo bo’ldi. 1931 yildagi jahon faylasuflarining Londonda o’tkazilgan kongressida B.M.Gassen Nьyuton mexanikasining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari haqida ma`ruza qiladi. Bu ma`ruza kongress ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi va u fan tarixi bilan shug’ullanuvchi ingliz faylasuflarini ikki guruhga bo’ladi. G’arb fani tarixida paydo bo’lgan bu yo’nalishlar eksternalizm va internalizmdir.
İngliz fizik va fanshunos olimi J.Bernal (1901-1971) «Fanning ijtimoiy funkciyalari», «Fan va jamiyat», «Jamiyat tarixida fan» kabi maqolalarini nashr qiladi va eksternalizmga asos soladi. Bu yo’nalish namoyondalari E.Cilьzelь, R.Merton, A.Krombi, S.Lippi va h.k. fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar orasida o’zaro bog’liqlik borligini asoslashga harakat qilganlar.
Fan tarixi haqidagi eksternalizm koncepciyasi ba`zi fanshunos olimlar orasida norozilikni uyg’otadi va unga qarama-qarshi internalizm, ya`ni immanent koncepciya shakllanadi. İnternalizm vakillari A.Koyre, Dj.Prayz, R.Xoll, Dj.Rendell, Dj.Agassi va boshqalar fikriga ko’ra, fan ijtimoiy voqelikdagi tashqi ta`sir vositasida emas, balki o’zining ichki evolyuciyasi, tafakkur uslubining ijodiy salohiyati natijasida rivojlanadi.
Ma`lumki, XV asr o’rtalarigacha saqlanib qolgan dastlabki sxolastik universitetlar ruhi o’rta asrchilik sarqitlariga asoslangan bo’lib, o’z navbatida tashqi olamdagi o’zgarishlarni tushunishga qattiq qarshilik ko’rsatgan.
Bundan farq qiladigan gumanistlar – ma`rifatparvarlik vakillari XIV asr o’rtalarida İtaliya shaharlarida paydo bo’ldi. Ular olim bo’lmasalarda, municipalit, papalar va boshqa kiborlarning kotiblari bo’lganlar. Ularning ko’pchiligi adabiyotshunos bo’lib, ba`zilari kiborlarning farzandlariga o’qituvchilik qilganlar. Biroq, universitet olimlari ham, gumanistlar ham avtoritetlar tarafdori bo’lganlar, deb hisoblaydi E.Cilьzelь.
Uyg’onish davri oxirlarida hunarmandlar doimiy an`analar hukmronligidan chiqib, empirik kuzatuvlar va eksperimentlarda dastlabki qadamni qo’ydilar. Ular orasida faoliyatiga ko’ra keng qamrovli bilimlarga ega bo’lganlar ham bo’lib, Cilьzelь ularni rassom-muxandislar deb ataydi.
Fan tarixi bo’yicha o’z qarashlariga ega bo’lgan yana bir mutaxassis, amerikalik olim Tomas Kun (1922-1999) "İlmiy revolyuciyalar strukturasi" asarida internalizm va eksternalizmdagi biryoqlamalikni bartaraf qilishga uringan. Uning fikricha, eksternalizmdagi tarixiylik jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari bilan asoslangan fanning u yoki bu sohasidagi dastlabki taraqqiyotini o’rganishda asqotadi. İnternalizmdagi tarixiylik esa, taraqqiy etgan fanga xosdir. Kun fikricha, har ikki yo’nalish bir-biridan mustaqil bo’lsa-da, biri ikkinchisini to’ldiradi.
Francuz fizik olimi, faylasufi P.Dyurkgeym (1861-1916) fan tarixida juda katta to’ntarishlar va siljishlar bo’lganligini alohida ta`kidlaydi. Uning fikricha, fan tarixidagi muayyan siljishlarni shunday tarixiy-ilmiy rekonstrukciyaga qo’yish kerakki, ular ketma-ketlikka, uzluksizlikka olib kelsin va bu siljishlarni, o’tmishdagi bilim taraqqiyotidagi to’ntarilishlarni asoslab bera olsin. Aynan shu g’oyaga tayangan holda olim o’rta asrlardagi bilim rivojlanishining yangi davr fani shakllanishidagi ahamiyatini ko’rsata oldi. Dyurkgeym: "İlmiy doktrinalar genezisida mutloq boshlang’ich fikrlar yo’q, biz bu doktrinalarni tayyorlagan, bashorat qilgan fikrlar zanjirini qanchalik uzoq o’tmish bilan bog’lamaylik, baribir ular pirovard natijada ilgari tayyorlangan, o’zidan oldin aytilgan biron-bir xulosaga tayanadi. Modomiki, ketma-ket keluvchi g’oyalarni kuzatish to’xtatilsa, bu boshlang’ich bo’g’inni topilganligi uchun emas, balki zanjiri yo’qolib, tadqiqotni cheksiz o’tmish girdobiga olib ketadi"1,-deb yozadi.
Boshqa mutafakkirlar, jumladan, postpozitivizm namoyondalari (XX asrning ikkinchi yarmi) ilmiy inqiloblar eski nazariyalar, paradigmalar, ilmiy tadqiqot dasturlarining fundamental yangilanishiga olib kelishini, ularning o’tmishdagi nazariyalar, paradigmalar, ilmiy tadqiqot dasturlariga tamoman mos kelmasligini ta`kidlaydilar. Masalan, T.Kun ilmiy inqilob jarayonida tugallangan yangi nazariya paydo bo’ladi, deb hisoblasa, İ.Lakatos ilmiy revolyuciya natijasida g’olib chiqqan ilmiy tadqiqot dasturi "kulьminacion nuqtagacha" mukammalashishi (rivojlanishi) zarur, so’ngra unda regress boshlanadi deb hisoblaydi. Uning fikricha, ilmiy inqiloblar natijasida, o’z navbatida, muhokama qilinishi zarur bo’lgan yangi muammolar aniqlanishiga imkoniyat yaratiladi.
XX asrning 60-70-yillarida ba`zi fanlar tarixini Kun sxemasi bo’yicha qaytadan yozishga harakat qilindi. Bunda bilimlarni to’plash boshlangan dastlabki davrlarda normal fan paradigmalarining tub burilishi – ilmiy inqiloblar bilan almashinishi, so’ngra yangi paradigma doirasida bilimlarni to’plash jarayoni davom etishi mumkin, deb hisoblanilsa-da, biroq bu jarayonda ko’p hollarda olimlar o’zlarining eski g’oyalariga sodiq qoladilar: ya`ni fan ketma-ketlikda rivojlanadi, uzluksizlik faqat ilmiy revolyuciyalar jarayonida buziladi, xolos.
Fan tarixining davriyligi masalasi tarixiy manbalarda turlicha talqin qilinadi. Uning tan olingan tasnifi quyidagicha: ilm elementlari shakllangan dastlabki fan; so’ngra mumtoz (klassik) fan; nomumtoz (noklassik) va postnomumtoz (postnoklassik) fan kabilarni o’quvchilarga tavsiya qilinadi.
Fan tarixi taraqqiyotining funkciyalari ham mavjud.
Fan tarixi taraqqiyoti funkciyalarini evolyucion ketma-ketlikda quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Psixologik funkciyasi-ilmiy bilish, eng avvalo, insoniyat uchun zaruriyatdir.
2. Ma`naviy-intellektual funkciyasi-ilmiy bilim va ilmiy faoliyat insonning tug’ma ehtiyojlarini qondiradi.
3. Utilitar pragmatik funkciyasi-ilmiy bilim inson uchun zarur bo’lgan moddiy ne`matlarni yaratishda qo’llaniladigan texnologiyalarni ishlab chiqarishda foydalaniladi (issiqlik, yorug’lik, transport, aloqa vositalari).
Shuningdek, fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson hayotining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Biz ilgari ta`kidlaganimizdek, inson qalbi intellektdan olam haqidagi tugallangan bilimni talab qiladi. İntellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida insonga yangi va yangi bilimlarni etkazadi. Zero, insondagi ruhiy holat intellektual holatdan kuchli bo’lganligi uchun intellekt doimo murakkab vaziyatda qoladi. O’zini qanoatlantirish doimiy bilish va olam haqidagi bilimlarni yangilash jarayonida bo’lishdir; ruhiyatni qanoatlantirish mavjud bilimlarni qanday bo’lmasin asoslashdir.
Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, balki ma`lum darajada fandan tashqarida ham mavjud bo’ladi. İlmiy bilishning paydo bo’lishi bilimning boshqa shakllarining yo’qolib ketishiga olib kelmaydi. Zero, fanni noilmiy bilim shakllaridan to’liq ajratish yo’lidagi turli harakatlar hozircha hech qanday natijaga olib kelmadi.
İjtimoiy ongning har qanday shakliga: falsafa, mifologiya, siyosat, din va h.k.ga bilimning qandaydir shakli mos keladi. Ayni paytda bilimning simvolik, tushunchali, badiiy obrazli asosga ega bo’lgan shakllari ham mavjud. Eng umumiy ma`noda ilmiy bilish ob`ektiv haqiqiy bilimni egallash jarayonidir. İlmiy bilish narsa va hodisalarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish kabi vazifalarni bajaradi. İlmiy bilish taraqqiyoti nazariya va tamoyillar almashinuviga olib keluvchi ilmiy inqilob deb atalmish inqilobiy davrlari, bilimlarni chuqurlashtiruvchi hamda mukammallashtiruvchi normal fan taraqqiyoti davrlari bilan almashinadi. İlmiy bilimlar ob`ektivligi, asoslanganligi bilan xarakterlanib, universallikka da`vo qiladi.
Racionallikka asoslangan ilmiy bilimni noilmiy bilimdan farqlaganda, eng avvalo, noilmiy bilim kimningdir uydirmasi yoki yolg’on emasligini anglash zarur. Chunki u (racionallikdan farq qiluvchi) o’zining normalari, etalonlari, bilish vositalari va manbalariga ega bo’lgan aniq intellektual asoslarda shakllanadi.
Albatta, hozirgi kunda ilmiy bilishning boshlangan nuqtasi hisoblangan noilmiy bilimning ba`zi shakllari ilmiy bilimdan ham ilgariroq paydo bo’lgan. Masalan, astrologiya astronomiyadan, alkimyo kimyodan qadimiyroqdir. Madaniyat tarixidagi bilimning xilma-xil shakllari klassik bilim standartlaridan farq qilib, noilmiy bilimlar guruhi sifatida ezoterizm umumiy tushunchasida mujassamlashtirilgan.
İnsoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq tabiat va olam haqidagi eng oddiy ma`lumotlar beruvchi kundalik amaliy bilimlarning asosi kundalik turmush tajribalari bo’lib, unga oddiy ma`lumotlar yig’indisi sifatidagi tarqoqlik va notizimlilik xarakterlidir.
Odatda, kishilar oddiy ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadigan juda katta kundalik bilimga ega bo’ladilar, bu esa, o’z navbatida, har qanday bilishga asos bo’ladi. Ba`zida sof aql aksiomalari ilmiy mulohazalarga zid ravishda, fan taraqqiyotiga to’sqinlik qilib, inson ongiga shu darajada singgadiki, natijada progressni to’xtatuvchi to’siqqa aylanadi. Ba`zida esa, aksincha, kundalik bilimda allaqachon tan olingan holatlarni fan isbotlash va rad qilishning uzoq hamda murakkab yo’llari bilan izohlashga harakat qilinadi.
Bu, albatta, sof aql, shaxsiy tajriba, an`ana, receptlar va belgilarni o’ziga qamrab oladi. Kundalik bilim haqiqatni qayd qilsa-da, uni nomuntazam va isbotsiz amalga oshiradi. Bunday bilimning xususiyati shundaki, odatda, u inson tomonidan ongsiz qo’llaniladi va bu jarayonda qandaydir dalillar tizimini talab qilmaydi. Ba`zida kundalik tajribaviy bilim artikulyaciya (oddiy instinkt) darajasidan sakrab, shunchaki sub`ekt harakatlarini boshqaradi. Uning yana bir xususiyati mutlaqo yozish mumkin emasligidadir. Masalan, har bir etnik birlik, folьklorda shakllangan maqollarni u faqat dalil (fakt) sifatida e`tirof etadi, xolos. Lekin ular hech qachon kundalik bilim nazariyasi sifatida yozib qoldirilmaydi. Shuni ham aytish kerakki, olim xususiy ilmiy tushunchalar va nazariyalar zahiralarini voqelikning aniq sohasida qo’llar ekan, doimo kundalik tajribaning umuminsoniy xarakterga ega bo’lgan noxususiy sohasida ham ishtirok qiladi. Chunki, olim olim bo’lsa-da, doim shunchaki inson sifatida qolaveradi.
Fandagi egallangan bilimning namoyon bo’lishi bilan fanning o’zi shug’ullanadi. Aynan fan sohasida ilmiy bilimlarni umumlashtirish, tanlash, tizimlashtirish va ulardan kelgusida foydalanish haqida chuqur tasavvurlar hosil bo’ladi.
Birinchi vaziyatdan bilim jamiyatning moddiy amaliy hayotida yoki uning ma`naviy boyishida, ikkinchisidan esa yangi ilmiy tadqiqotlarni, yangi tadqiqot dasturlarini yaratishda foydalaniladi. İlmiy bilimlardan tashqi va ichki jarayonda qo’llashning oraliq vositasi, ta`lim tizimi hisoblanadi. Olamni anglashga yunaltirilgan inson faoliyatining alohida xususiyati sifatidagi fan bilan falsafa, metodologiya va fan mantig’i, shuningdek falsafiy bilish nazariyasi shug’ullanadi. İjtimoiy hodisa yoki ijtimoiy institut sifatidagi fan bilan fanshunoslik shug’ullanadi.
Fan tarixi uning barcha sohalariga aloqador alohida predmet bo’lib, odatda tarixiy ilmiy tadqiqotlarda «nima, qaerda va qachon» kabi daliliy izohlash bilan chegaralaniladi.
Tadqiqot predmetining barcha qismlarga (analitik sxema) bo’linishini taxminiy ekanligini ham ta`kidlash kerak. Masalan, fanning predmetga oid tashkil qilinishi muammosi, bilim turlarining shakllanishi va rivojlanishi, ilmiy bilimlarning integraciyasi, sintezi, differenciyasi, o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siri faoliyat sifatida, bilim tizimi sifatida, fan muammolarini tahlili va yo’nalishlari bilim tizimi sifatida xizmat qiladi.
Fanni o’ziga xos ijtimoiy hodisa va institut sifatida tushunishga nisbatan asosiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. Fanni formal ijtimoiy institut sifatida sodda va aniq tushunish uchun 1)institut sifatidagi fanga va 2)jamoa sifatidagi fanga «davlat ijtimoiy guruhining barcha xarakterli xususiyatlari» xosligini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |