4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Spirtlar tuzilishi 2. Bir va ko’p atomli spirtlar 3. Metil spirti
Yangi darsning bayoni.
Bir atomli spirtlar kislorodli organik birikmalar Nisbiy molekular massasi 58 bo`lgan butan gaz, molekular massasi 46 bo`lgan etil spirti suyuqlik ekanligini qanday izohlash mumkin? Hozirgi vaqtgacha biz vodorod va ugleroddan tas ikkil topgan organik moddalarni o`rgandik. Bu elementlardan tashqari kislorodni ham o`z ichiga oluvchi ko`plab moddalar ham ma'lum bo`lib, ularga spirtlar, fenollar, aldegidlar, ketonlar, organik kislotalar, oddiy va murakkab efirlar, uglevodlarni misol qilib keltirish mumkin.
Spirtlar - tarkibidagi bir yoki bir nechta vodorodni -OH gidroksidfunksional guruhiga almashtirgan uglevodorod hosilalaridir. Spirtlarda vodorod bog`i mavjud.Spirtlarning umumiy formulasi - ROH bo`lib, bu yerda R-uglevodorodradikalini bildiradi, radikal to`yingan va to`yinmaganligiga qarab,spirtlar ham to`yingan va to`yinmagan spirtlarga bo`linadi. Tarkibida tutgan gidroksiguruhi soniga qarab, spirtlar bir atomli (bitta-OH guruh tutgan), ikki va ko`p atomli (bir nechta - OH guruh tutgan)spirtlarga bo`linadi. Birlamchi uglerod atomi gidroksiguruh tutsa - birlamchi spirt (R-CH2-OH), ikkilamchi uglerod atomi tutsa - ikkilamchi spirt (R2CH-OH), uchlamchi uglerod atomi tutsa - uchlamchi spirt (R3C-OH) deb ataladi (R,, R , R -uglevodorod radikallari).
Bir atomli to`yingan spirtlar umumiy formulasi CnH2n+1OH bo`lgan bir-biridan CH2-metileii guruhiga farq qiluvchi gomologik qatorni tashkil qiladi. Nomlanishi. Spirtlarni nomlashda trivial nomlanish bilan birgalikda (metil, etil, propil spirtlari, glitserin) xalqaro nomenklaturadan ham keng foydalaniladi. Bunda mos uglevodorod nomiga -ol qo`shimchasi qo`shiladi va -OH guruh Joylashgan uglerod atomi raqami ko`rsatiladi, raqamlash gidroksiguruh yaqin turgan tomondan boshlanadi. CH3OH-metanol CH3CH2OH-etanol
Izomeriyasi. Spirtlarda zanjir va gidroksiguruh turgan holat izomeriyasi mavjud. Shuning uchun spirtlar mos uglevodorodlardan ko`proq izomerga ega bo`ladi. Holat izomeriyasini propanoldan boshlab kuzatish mumkin (propanol-1 va propanol-2): Bir atomli spirtlarning oddiy efirlar qatorida ham izomerlarini kuzatish mum-kin (etanol va dimetil efiri);
Do'stlaringiz bilan baham: |