53
Nemis fiziologi M. Tideman delfin
miyasining faoliyatiga
odam va orangutandan keyingi o‘rinni beradi. Delfinning mi-
ya og‘irligi 1700 gramm, miyaning po‘stloq qismi esa odam mi-
yasi po‘stlog‘iga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Olimlarning ku-
zatishlari shuni ko‘rsatdi-ki, delfin katta tezlikda idrok qilish va
fikrlash qobiliyatiga ega. Delfin miyasi faoliyatini kibernetik tek-
shirishlar orqaligina o‘rganish mumkin. Shveysariyalik professor
A. Portmannin tadqiqotlarida odam va hayvonlar intellekt dara-
jasini o‘rganadi va bunda odam 215 ball, delfin 190 ball, fil va
maymun keyingi o‘rinlarni egallagan.
Yuksak taraqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual hara-
katlari xuddi instinktiv va individual harakat shakllari kabi tash-
qi muhitga moslashish usullaridan biri bo‘lib, bu harakatlar ham
ongli bo‘lmaydi. I.P. Pavlovning fikricha: «...maymunning goh
uni, goh buni qo‘liga olib qilayotgan barcha ish-harakatlari, ish-
harakatda namoyon bo‘lgan tafakkurdir.
Bu qisman avval hosil
qilingan, hozir ko‘z o‘ngingizda hosil bo‘layotgan, bir-biriga
qo‘shilayotgan assotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elemen-
tar fahmdir...» Inson ongi evolutsion taraqqiyotning so‘nggi bos-
qichi bo‘lib hisoblanadi.
ONG
Intellektual
Ko‘nikma
Instinkt
Qo‘zg‘aluvchanlik
Ta’sirlanuvchanlik
Maymundagi taqlidiy harakat.
Nazorat savollari:
1. Evolutsion taraqqiyot deganda nimani tushunasiz?
2. Instinkt nima?
3. Ko‘nikma nima? Misollar keltiring.
4. Hayvonlardagi aqliy harakatlarga xarakteristika bering.
54
Inson ongining rivojlanishi
Ong tushunchasi.
Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, de-
yarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong – psixikaning yuksak
shakli, insonning yakka va hamkorlik faoliyatida, muloqoti jara-
yonida shakllanadigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidir.
Ong shaxsning
tevarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va o‘tmish
davrini yaxshi bilishi, o‘zlikni anglash, qaror qabul qilish, vazi-
yatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish qobiliyati bilan namo-
yon bo‘ladi.
Odam psixikasi hayvon psixikasidan farq qiladi. Inson psixi-
kasining hayvon psixikasidan sifat ayirmasi:
1. Inson o‘z mohiyati jihatidan azaldan boshlab ijtimoiy
mavjudoddir.
2. Inson psixikasining eng oliy
formasi uning ongga egali-
gidir. Inson ongli mavjudod.
3. Insonning hayvondan eng muhim sifat ayirmasi birinchi
signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar sistemasi-
ning mavjudligi, ya’ni voqelikni so‘zlar orqali aks ettirishi hamda
nutq va tafakkurga egaligidir.
Odam o‘z hayotidagi ko‘p narsalarni so‘z
orqali aks ettiradi,
hayvonning esa butun psixik faoliyati birinchi signallar sistema-
si asosida vujudga keladi. Ikkinchi signallar sistemasining signal-
lari talaffuz etilgan, eshitilgan so‘zlardan iborat. Agar so‘z ma’nosi
tushunarli bo‘lsa odamning
xatti-harakatlarini boshqaradi, teva-
rak-atrofdagi muhitga muvofiqlashuviga yordam beradi. Agar so‘z
ma’nosi odamga tushunarsiz bo‘lsa u faqat birinchi signallar tarzida
ta’sir qiladi yoki odam uchun ahamiyatsiz narsa bo‘lib qolaveradi.
Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning individual va
intellektual shakllaridan batamom boshqa hodisadir.
Inson on-
gi evolutsion harakatning eng so‘nggi bosqichi bo‘lib, inson taraq-
qiyoti bosqichida ijtimoiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson
ongi yer yuzidagi barcha mavjudodlarning eng oliysi va gultojidir.
Har bir ijtimoiy davrning o‘ziga xos kuchlari va ijtimoiy muno-
sabatlariga mos keladigan ongi bo‘lgan. Masalan, quldorlik dav-
rida xususiy mulkchilik munosabatlari kelib chiqib,
sinflar pay-
do bo‘lgach odam ongi ham sinfiy xarakterga ega bo‘la borgan.
55
Har bir tarixiy davrda yuzaga kelgan ijtimoiy o‘zgarishlar nati-
jasida odamning ongi ham o‘zgarib borgan. Tarixiy tarakkur ning
ma’lum bosqichida ilmiy tafakkur va ong tarkib topgan. Teva-
rak-atrofdagi voqelik ana shu ilmiy tafakkur yordamida to‘laroq
va chuqurroq aks ettirilgan. Natijada odam hodisalar o‘rtasidagi
muhim aloqa va munosabatlarni, qonunlarni ong va tafakkur yor-
damida bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda odamning on-
gi bilan idora qilinadigan faoliyati faqat oddiy ish qurollari, ki-
yim-kechak, turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan-texnikani
ham yaratdi va yuqori darajada rivojlantirdi. Ming yillar davomida
to‘xtovsiz davom etgan amaliy mehnat odamning qo‘llarini rivoj-
lantirib bordi. Mehnat inson qo‘lini kamolotining shunday yuksak
bosqichiga aylantirdiki, bu bosqichda qo‘l sehri va kuchi bilan Leo-
nardo da Vinchi, Rafael, Rembrandt, Repin, Surikov va boshqa
rassomlarning asarlari yaratildi. Ong kishining mehnat faoliyati-
da, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanadi,
ong ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: