O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Farg‘ona Davlat Universiteti
Tabiiyot-Geografiya fa
kulteti
Kimyo yo’nalishi
129-guruh talabasi
RAHIMOVA ZILOLANING
NOORGANIK KIMYO
fanidan
KIMYOVIY MUVOZANAT
.
mavzusida
KURS ISHI
Topshirdi:
Rahimova Z.
Qabul qildi:
Ismoilov M.
FARG’ONA-2013
Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama-qarshi yo’nalishda
boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi,
birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir-biriga o’zaro ta’sir etib,
qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada reaksiya olib borilayotgan
idishda reaksion mahsulotlar bilan bir qatorda dastlabki moddalar aralshmasi
hosil bo’ladi. Shu bilan birga faqat bir yo’nalishda boradigan jarayonlar ham
uchraydi. Bunday jarayonlarni reaksiya uchun olingan moddalarning hammasi
batamom reaksiya mahsulotlariga aylanadi. Bu ko’rib o’tilgan birinchi
jarayonlarni qaytar jarayonlar, ikkinchisi esa qaytmas jarayonlar deb ataladi.
Demak, ikki qarama-
qarshi yo’nalishda boradigan jarayonlar qaytar jaryonlardir.
Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma’lum sharoitda
qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir
yo’nalishda boradigan reaksiya mahsulotlari reaksion muhit doirasidan chiqib
ketadigan hollarda (gaz ajralib chiqqanda, cho’kma tushganda, amalda
dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda) va dastlabki moddalardan biri
nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama-qarshi jarayonning bir yo’nalishini
tamomila to’xtatib qo’yilgan hollardagina yuz beradi.
Demak, teskari jarayonni tabiiy yoki sun’iy ravishda istisno qilinishi
natijasida reaksiya oxiriga qadar bora oladi. Bariy xlorid eritmasiga natriy sulfat
eritmasi quyilganda bariy sulfat cho’kmasining tushishi, natriy karbonat
eritmasiga xlorid kislota ta’sir ettirilganda karbonat angidrid gazining ajralib
chiqishi va boshqalar kimyoviy qaytmas jarayonlar uchun misol bo’la oladi.
Bariy sulfatning cho’kishi amalda qaytmas jarayondir, chunki, bariy sulfat oz
bo’lsada, suvda eriydi. Lekin, bertole tuzining parchalanishi yoki qo’rg’oshin
azidning parchalanishi odatdagi sharoitda mutlaqo qaytmas jarayonardir.
Gazsimon muhitda boradgan qaytmas reaksiyalardan biri , vodorod va
yodning birikishini ko’rib chiqamiz. Bu reaksiyani o’rganish uchun shisha sharga
vodorod va yod solib shisha idishning og’zi berkitilgandan keyin, uni qaynab
turgan oltingugurt
bug’iga (448 C) tutilgan va o’sha holatda qoldirilgan. Bu
reaksiyada vodorod va yod bug’laridan vodorod yodid hosil bo’ladi, ammo
das
tlab teskari reksiyaning tezligi nolga teng bo’ladi, chunki, hali vodorod yodid
hosil bo’lgani yo’q. Vaqt o’tishi bilan vodorod yodidning miqdori kamaygan sari
to’g’ri reaksiya tezligi ham kamayadi. Nihoyat, bir qancha vaqtdan keyin ikkala
reaksiya tezligi ham ortib boradi. Vodorod va yodning miqdori kamaygan sari
to’g’ri reaksiya tezligi ham kamayadi. Nihoyat bir qancha vaqtdan keyin ikkala
reaksiya tezligi bir-
biriga teng bo’lib qoladi. Sof HJ solingan boshqa shisha
sharcha HJ parchalansa ham xuddi shunday qarama-qarshi tomonga boradigan
reaksiya tezliklari tenglashishi kuzatiladi. Shu paytdan boshlab, 3 ta komponent
(vodorod, yod va HJ) ga ega bo’lgan reaksion aralashmaning tarkibi o’zgarmay
qoladi. Demak, sistemada kimyoviy muvozanat holati qaror topadi.
Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot
parchalansa, shuncha miqdor yangisi hosil bo’ladi. Shuning uchun kimyoviy
muvozanat