Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

instinktiv
shakli ana shunday muhitga mos-
lashuvining alohida shakllaridandir. Biz ayrim organizmlarning 
hasharotlarning, qushlarning xatti-harakatlarini, qiliqlarini ku-
zatadigan bo‘lsak, ularning harakatlari go‘yoki ongli harakat-
dek bo‘lib ko‘rinadi. Masalan: oddiy cho‘l chumolilarining yoki 
termit deb ataluvchi chumolilarning «jamoa» bo‘lib yashash-
lari, qishga ovqat g‘amlashlari, asalarilarning kollektiv bo‘lib 
yashashlari, asal to‘plashlarini Karl Fon Frish tadqiqotlarida 
ko‘rish mumkin. K. Frish asalarilarda bir-birlariga informatsi-
ya, ya’ni ma’lumot berish qobiliyati borligini aniqlagan. Ma’lum 
bo‘lishicha, asalarilar qayerda ko‘proq shira (asal) borligi haqida 
bir-birlariga ma’lumot berar ekanlar, bunday ma’lumotlar qan-
daydir bir uslubda raqsga tushish orqali beriladi. Asalarilarning 
instinktlari nihoyatda mu rakkab bo‘lishidan qat’i nazar bunday 
harakatlarda ong yo‘qligi juda osonlik bilan isbot qilingan. Ish-
chi asalarilarning asosiy vazifasi gullardan shira yig‘ib, mumdan 
yasalgan indagi kataklarga solib to‘ldirishdan iborat. Asal bilan 
to‘ldirilgan kataklar yupqa qobiq bilan suvab berkitib qo‘yiladi. 
Agar asalarilar inining (kataklarning) tagi qirqib teshib qo‘yilsa, 
buni ular mutlaqo sezmaydi va bir necha oylar mobaynida tagi 
teshik katakka shira olib kelib to‘kaveradi. Bunda nima sababdan 
katakning shiraga to‘lmayotganligini tekshirib ko‘rish na ish-
chi arining va na ona arining «xayoliga» kelmaydi. Mana shun-
dan ko‘rinib turibdiki, asalarilarning tashqaridan go‘yo onglidek 
bo‘lib ko‘ringan murakkab instinktiv harakatlarida mutlaqo ong 
bo‘lmaydi.
Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A. Vagner (1849–1934) 
hasharotlar va qushlarning instinktiv harakatlarini o‘rganib, 
bunday harakatlarda tabiiy maqsadga muvofiqlik borligini, le-
kin biron maqsadga qaratilgan ongning yo‘qligini eksperimen-
tal faktlar asosida ko‘rsatib bergan. Masalan, oddiy o‘rgimchaklar 
isdan to‘qilgan to‘rga o‘xshagan in yasab, isga pashsha yoki bi-
ron boshqa hasharot ilinishini bir chekkada poylab o‘tiradilar. 


48
Isga pashsha qo‘ngach, is tebranadi. Shu ondayoq o‘rgimchak 
yugurib kelib, isga qo‘ngan pashshani is bilan o‘rab, qocha ol-
maydigan holatga keltiradi. V.A. Vagner bunday instinktiv hara-
katda mutlaqo ong yo‘qligini ko‘rsatish uchun shunday tajriba 
o‘tkazgan. Isdan to‘rsimon in qurib, pashshaning qo‘nishini poy-
lab turgan o‘rgimchakning oldiga isni tebratmay, pashsha qo‘yib 
qo‘yilsa, o‘rgimchak bu tayyor pashshaga hech qanday reak siya 
qilmagan. O‘rgimchakning instinktiv harakati uchun isning teb-
ranishi (vibratsiyasi) zarur bo‘lgan. V.A. Vag ner qushlar usti-
da ham juda ajoyib tajriba o‘tkazgan. Shimoliy muz okeanidagi
orollarda millionlab qushlar bahor paytida in qurib, tuxumdan 
bola ochadilar. Gagarka qushining inidan tuxumini olib, sal na-
riroqqa (xuddi tumshug‘ining tagiga) surib qo‘yib, tuxumning 
o‘rniga xuddi tuxumga o‘xshash oq tosh qo‘yib qo‘ygan. Gagarka 
qushi o‘zining tuxumiga (tumshug‘i ostidagi) qarab, toshni bosib 
yotavergan. Boshqa qo‘shni indagi qushlarning bolasi tuxumdan 
ochilib, katta bo‘lib qolgan. Ammo gagarka qushi hamon toshni 
bosib yotavergan. 
Go‘yo ongli harakatlardek bo‘lib ko‘rinadigan bunday hara-
katlar ongli bo‘lmay, balki instinktiv harakatlardir. Instinktiv 
hara kat deganda biz hayvonlarga tug‘ma yo‘l bilan (shartsiz ref-
lekslar) va ularning tashqi olamga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan 
hara katlar shaklini tushunamiz. Instinkt tushunchasi psixologi-
yaga birinchi marta Ch. Darvin tomonidan kiritilgan bo‘lib, biz-
ga hayvonlarning juda ko‘p murakkab harakatlari va qiliqlarini 
ilmiy tarzda tushunish imkonini beradi. Instinkt tushunchasi-
ning psixologik va fiziologik mexanizmlari mashhur rus fiziologi 
akademik I.P. Pavlov tomonidan tushuntirib berildi. Demak, hay-
vonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin:
1. 
Ovqatlanish instinkti
– o‘zi va o‘z bolasi uchun ovqat qidi-
rib topish, g‘amlash harakatlari.
2. 
Himoyalanish instinkti
– o‘zini himoya qilish, dushmanga 
hujum qilishda ko‘rinadi. Har bir hayvon o‘zining bironta orga-
nidan foydalanadi. Masalan: afrika kobrasi o‘z zaharini 3,5 metr 
masofaga ota oladi.
3. 
Nasl qoldirish instinkti
– bu ota-onalik instinkti sifatida 
ko‘rinib ma’lum vaqtgacha bolalariga g‘amxo‘rlik qiladi.


49
4. 
To‘da bo‘lib yashash instinkti
– turli xil shaklda birlashib 
poda-poda, gala bo‘lib yashashlarida ko‘rinadi.
Evolutsion taraqqiyot davomida murakkab taraqqiy etgan hay-
vonlarda, ya’ni umurtqa suyakli va sut emizuvchi hayvonlarda 
harakatning individual shakllari yuzaga keldi. Har bir organizm 
o‘zicha individual hayot kechiradi va tashqi olamda ma’lum mud-
dat davomida yashaydi. Vaholanki, hayvonlar olamda bir xilda 
umr ko‘rmas ekanlar, ularning necha yoshga kirishlariga qarab 
individual hayotlarida harakatning turli xil individual shakllari 
yuzaga keladi. Demak, hayvonlar harakatning individual shakl-
larini o‘zlarining individual hayotlari mobaynida egallab boradi-
lar. Harakatning individual shakllari xuddi harakatning instink-
tiv shakllari kabi hayvonlarning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi 
muhitga moslashuvini ta’minlovchi mexanizmlardandir. Bu ha-
rakatlar hayvonlarda paydo bo‘ladigan shartli reflekslar bilan 
bog‘liqdir. Hayvonlar harakatning individual shaklini o‘z hayot-
lari davomida egallab boradilar. Harakatning individual shakl-
lari asosida hayvonlarda turli-tuman ko‘nikmalar yuzaga keladi. 
Bunday olib qarasak bu ko‘nikmalar dressirovkadan boshqa narsa 
emas (mas. o‘rgatilgan it, mushuk va boshqa hayvonlarning ha-
rakatlari). Tabiiy hayot sharoitlarida ham ko‘nikmalar hosil qi-
linadi. Masalan, xo‘roz o‘n yil, qarg‘a esa yuz yilga yaqin yashay-
di. Albatta, qarg‘a uzoq hayoti davomida juda ko‘p narsalarga, 
vaziyatlarga to‘qnash keladi va murak kab ko‘nikmalarni tabi-
iy sharoitda yuzaga keltiradi. Xo‘roz bilan qarg‘a ustida shunday 
bir tajriba o‘tkazilgan: qorni och xo‘rozga kichik bir ariq bo‘yida 
jo‘xori tashlab borilgan. Xo‘roz har bir jo‘xorini birma-bir terib 
yeb kelavergan. Jo‘xori donlari ariqchadagi suvga ham tashlangan. 
Xo‘roz suvdan tutib olib yeb kelavergan. Ariqdagi suv ikki metr-
lar chamasi uzunlikdagi quvurga kirib, quvurning narigi tomoni-
dan chiqib ketgan. Ariqchadagi suvga tashlangan jo‘xori donlari 
suv bilan quvurga kirib ketganda xo‘roz «hayron» bo‘lib, donni 
qidirmay, orqasiga qarab ketavergan. Xuddi shu tajriba qarg‘a bi-
lan o‘tkazilganda, qarg‘a jo‘xori doni quvurga kirib ketishi bilan 
quvurning narigi boshiga borib, don oqib kelishini poylab turgan 
va don quvurdan chiqishi bilan tutib olib yegan. Demak, qarg‘a 
tabiiy hayot jarayonida bunday vaziyatga ko‘p martalab duch kel-


50
gan va unda murakkab ko‘nikma hosil bo‘lgan. Harakatning indi-
vidual shakllari yoki ko‘nikmalar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab 
harakatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. 
Evolutsion taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hay-
vonlarda harakatning 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish