Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

9-rasm. 
Shimpanzening geometrik shakllarni ajratishi.


53
Nemis fiziologi M. Tideman delfin miyasining faoliyatiga 
odam va orangutandan keyingi o‘rinni beradi. Delfinning mi-
ya og‘irligi 1700 gramm, miyaning po‘stloq qismi esa odam mi-
yasi po‘stlog‘iga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Olimlarning ku-
zatishlari shuni ko‘rsatdi-ki, delfin katta tezlikda idrok qilish va 
fikrlash qobiliyatiga ega. Delfin miyasi faoliyatini kibernetik tek-
shirishlar orqaligina o‘rganish mumkin. Shveysariyalik professor 
A. Portmannin tadqiqotlarida odam va hayvonlar intellekt dara-
jasini o‘rganadi va bunda odam 215 ball, delfin 190 ball, fil va 
maymun keyingi o‘rinlarni egallagan. 
Yuksak taraqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual hara-
katlari xuddi instinktiv va individual harakat shakllari kabi tash-
qi muhitga moslashish usullaridan biri bo‘lib, bu harakatlar ham 
ongli bo‘lmaydi. I.P. Pavlovning fikricha: «...maymunning goh 
uni, goh buni qo‘liga olib qilayotgan barcha ish-harakatlari, ish-
harakatda namoyon bo‘lgan tafakkurdir. Bu qisman avval hosil 
qilingan, hozir ko‘z o‘ngingizda hosil bo‘layotgan, bir-biriga 
qo‘shilayotgan assotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elemen-
tar fahmdir...» Inson ongi evolutsion taraqqiyotning so‘nggi bos-
qichi bo‘lib hisoblanadi. 
 ONG
Intellektual
Ko‘nikma
Instinkt
Qo‘zg‘aluvchanlik
Ta’sirlanuvchanlik
Maymundagi taqlidiy harakat.
Nazorat savollari:
1. Evolutsion taraqqiyot deganda nimani tushunasiz?
2. Instinkt nima?
3. Ko‘nikma nima? Misollar keltiring.
4. Hayvonlardagi aqliy harakatlarga xarakteristika bering.


54
Inson ongining rivojlanishi
Ong tushunchasi.
Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, de-
yarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong – psixikaning yuksak 
shakli, insonning yakka va hamkorlik faoliyatida, muloqoti jara-
yonida shakllanadigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidir. 
Ong shaxsning tevarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va o‘tmish 
davrini yaxshi bilishi, o‘zlikni anglash, qaror qabul qilish, vazi-
yatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish qobiliyati bilan namo-
yon bo‘ladi. 
Odam psixikasi hayvon psixikasidan farq qiladi. Inson psixi-
kasining hayvon psixikasidan sifat ayirmasi:
1. Inson o‘z mohiyati jihatidan azaldan boshlab ijtimoiy 
mavjudoddir.
2. Inson psixikasining eng oliy formasi uning ongga egali-
gidir. Inson ongli mavjudod. 
3. Insonning hayvondan eng muhim sifat ayirmasi birinchi 
signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar sistemasi-
ning mavjudligi, ya’ni voqelikni so‘zlar orqali aks ettirishi hamda 
nutq va tafakkurga egaligidir.
Odam o‘z hayotidagi ko‘p narsalarni so‘z orqali aks ettiradi, 
hayvonning esa butun psixik faoliyati birinchi signallar sistema-
si asosida vujudga keladi. Ikkinchi signallar sistemasining signal-
lari talaffuz etilgan, eshitilgan so‘zlardan iborat. Agar so‘z ma’nosi 
tushunarli bo‘lsa odamning xatti-harakatlarini boshqaradi, teva-
rak-atrofdagi muhitga muvofiqlashuviga yordam beradi. Agar so‘z 
ma’nosi odamga tushunarsiz bo‘lsa u faqat birinchi signallar tarzida 
ta’sir qiladi yoki odam uchun ahamiyatsiz narsa bo‘lib qolaveradi. 
Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning individual va 
intellektual shakllaridan batamom boshqa hodisadir. Inson on-
gi evolutsion harakatning eng so‘nggi bosqichi bo‘lib, inson taraq-
qiyoti bosqichida ijtimoiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson 
ongi yer yuzidagi barcha mavjudodlarning eng oliysi va gultojidir. 
Har bir ijtimoiy davrning o‘ziga xos kuchlari va ijtimoiy muno-
sabatlariga mos keladigan ongi bo‘lgan. Masalan, quldorlik dav-
rida xususiy mulkchilik munosabatlari kelib chiqib, sinflar pay-
do bo‘lgach odam ongi ham sinfiy xarakterga ega bo‘la borgan. 


55
Har bir tarixiy davrda yuzaga kelgan ijtimoiy o‘zgarishlar nati-
jasida odamning ongi ham o‘zgarib borgan. Tarixiy tarakkur ning 
ma’lum bosqichida ilmiy tafakkur va ong tarkib topgan. Teva-
rak-atrofdagi voqelik ana shu ilmiy tafakkur yordamida to‘laroq 
va chuqurroq aks ettirilgan. Natijada odam hodisalar o‘rtasidagi 
muhim aloqa va munosabatlarni, qonunlarni ong va tafakkur yor-
damida bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda odamning on-
gi bilan idora qilinadigan faoliyati faqat oddiy ish qurollari, ki-
yim-kechak, turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan-texnikani 
ham yaratdi va yuqori darajada rivojlantirdi. Ming yillar davomida 
to‘xtovsiz davom etgan amaliy mehnat odamning qo‘llarini rivoj-
lantirib bordi. Mehnat inson qo‘lini kamolotining shunday yuksak 
bosqichiga aylantirdiki, bu bosqichda qo‘l sehri va kuchi bilan Leo-
nardo da Vinchi, Rafael, Rembrandt, Repin, Surikov va boshqa 
rassomlarning asarlari yaratildi. Ong kishining mehnat faoliyati-
da, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanadi, 
ong ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar natijasi hisoblanadi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish