Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

 
Shunday qilib, 
motiv
odamni faoliyatga undovchi sabab-
dir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan ishni 
bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermay-
di. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan 
taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda o‘z ol diga 
qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga intilish 
paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.
Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olis-
roq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu sin-
gari eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar 
odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa,
uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa 
odamning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur prin-
sipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motivlargagi-
na amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda o‘z oldila-
riga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu toifa odamlar 
katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan bo‘ladi. Olisni 
ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga o‘z faoliyatining 
bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bosqich, pog‘ona sifati-
da qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlarni ishdan voz kechish-
ga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsizliklar bunday kishi-
larning o‘z ol dilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini 
susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.
Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushunti-
rish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ish-
latiladi. 
Motivatsiya – 
inson xulq-atvori, ularning bog‘lanishi, 
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar 
majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tu-


66
shuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Motiv aniq tushun-
cha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turli 
moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tuta-
di. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni bajarish uchun moyillik-
ni aniqlashda psixolog Kurt Levin ish olib borgan. Inson kayfi-
yatiga qarab har qanday harakat motivlarini turlicha talqin qilish 
mumkin.
Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikki tu-
ri mavjud:
– muvaffaqiyatga erishish motivi;
– muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi motiv-
ga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat muvaf-
faqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shun-
day ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish 
ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay tu-
rib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odam-
lar ular ning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu 
yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha 
tashqi imkoniyat laridan – tanish-bilishlar, mablag‘lar kabi omil-
lardan ham foydalanadilar. 
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan 
shaxs larda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima 
bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. 
Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga
ish on maslik, pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shu-
ning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqi-
yatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ish-
ni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga 
kiri shi sh sa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunla-
gandan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlik-
ka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. 
Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar mu-
vaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan 
talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillari-
ning talablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlarga 
ishon gan shaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik 


67
qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishona-
di, ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni 
ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. 
Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish 
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Qiziqishlarning psixologik mohiyati
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga 
keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum darajada 
belgilab beradi.
Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet 
va hodisalarni bilishga intilishi 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish