57
lardir. Bunday hodisalarga
ong osti holatlari
deyiladi. Shaxsdagi
ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan holda qiziqishi va
ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Jumladan tush ko‘rish, shirin
xayol, orzu kabilar kishining ixtiyorsiz xulq-atvorida namoyon
bo‘ladi.
SEZGI
XOTIRA
ONG –
ANGLASH
TAFAKKUR
MAQSADNI
KO‘ZLOVCHI
FAOLIYAT
ONGNING
TUZILISHI
ONG TA’RIFLARI
IDROK
SUBYEKT –
OBYEKT
XAYOL
HIS-
TUYG‘ULAR
OLAMIDAGI
MUNOSABAT-
LAR
Ong – psixikaning yuksak
shakli, insonning yakka va
hamkorlik faoliyatida,
muloqot
jarayonida shakllanadigan ijti-
moiy-tarixiy taraqqiyot mah-
sulidir
Ongsiz (ong osti holatlari) –
uyqu, tush ko‘rish, avtomat-
lashgan
harakatlar, faoliyat-
ga undovchi ammo maqsadni
anglamaydigan mayllar, patalogik
holatlar – shaytonlash, alahlash,
gallutsinatsiya
Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bola-
da ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy etgan sari
58
ri vojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchil-
lik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa
bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam
hayotining turli davrla-
rida, o‘s mirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong turli ko‘rinishda
bo‘lsa-da, u bir butundir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek bilimsiz ong bo‘lmaydi, lekin ong
va bilim bir xil ibora emas. Bilimlar har doim xotirada to‘plan sada,
lekin hamma vaqt ham ongda aks etavermaydi. Bu yerda quyida-
gi qiyosni keltiramiz. Kishida xotira iz lari, ya’ni o‘tgan hayot izlari
miya hujayralarida saqlanar ekan, ularni ko‘p sonli elektr chiroq-
lariga o‘xshatish mumkin. «Ularning bir qismi yoqilganda tegish-
li obyektlar va kechinmalar ong nuri bilan yoritiladi». Biz bilamiz-
ki bilimlar yaxshi va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin.
Xotira, fikrlash kabi odamning boshqa fazilat lariga baho berishda
ongning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Shunday ekan,
ongga o‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan ong
odatda bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalan gan bo‘ladi.
Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-hushi
joyida bo‘lgan odam hamma vaqt qayerdaligini ang laydi, soat
nechali gini hech bo‘lmaganda taxminan ayta oladi. O‘z tanasini
his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tana si faqat tash-
qi olamdan (ko‘ruv, eshituv, hid bilish)dan emas, balki tanasi-
ning ichki a’zolaridan ham ta’sirot yetkazuvchi retseptorlar orqa-
li ma’lumot
olib turadi, lekin ular ongda aks etmaydi. Tashqi
olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doimo ongda aks
etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam o‘z his-tuyg‘ulari,
sezgila ri, xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam
vaziyatlari bilan
taqqos laydi. Bu ongning eng muhim funksiyasidir. Psixofiziologlar
ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasi deb ta’rif berishadi.
Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i va birinchi galda ikkinchi
signal sistemasi ong uchun, uning rivojlanishi hamda saqla nib
qolishi uchun hal etuvchi o‘rin tutadi. Ikkinchi signal sistema-
si ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga hisobot berishni ta’ minlasa, ong
faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan po‘stloqning te tiklik hola-
ti retikular formatsiyaning faoliyati bilan uzluksiz bog‘langandir.
Ongsizlik holatlarini atroflicha tushuntirib berishda psixoana-
lizdan foydalaniladi. Z. Freyd yaratgan psixoanaliz to‘g‘risidagi
59
nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslaydiki, go‘yo uning
ustki, oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan
oltidan besh qismi – ong os tidagi jarayonlardir, ya’ni ongsizlik-
dir. Z. Freyd «yashirinib» yotgan psixologik
jarayonlarni ongsiz
jarayonlar deb ataydi. Rus psixologlari bu holatni turli atama-
lar bilan ta’riflashadi: ongsizlik (бессознательное), ongostlilik
(подсознательное), ong osti (подсознание). Ba’zi o‘zbek psi-
xologlari «ongostlilik» degan atamani ma’qul ko‘ri shadi. Shun-
day qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lib
kelayotgan va mohiyati to‘laligicha o‘rganilmagan ushbu noaniq
psixologik jarayonlarning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda.
Bu atamalarning ma’nosini o‘zgartirmagan holda biz «ongsizlik»
va «ong ostidagi ong» degan atamalardan foydalanamiz.
Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda,
o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga
oshiradi. Ongsizlik holatida voqealikning fakti va o‘rnini mo‘ljal
qilish yaxlitligi yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yordamida
boshqarilishi buziladi, kishi o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydi,
natijasini ham baholay olmaydi. Ongsizlikka quyidagi psixik ho-
disalarni kiritish mumkun: uyqu holatidagi psixik hodisalar (tush
ko‘rish),
sezilmaydigan, ilgari ongli bo‘lib, keyin takrorlanave-
rishi natijasida avtomatlashib ketgan, anglanilmaydigan harakat-
lar, faoliyatga undovchi, ammo maqsad anglanmaydigan mayllar,
kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ayrim patalogik holatlar
(shaytonlash, alahsirash, ko‘zga yo‘q narsalarning ko‘rinishi).
Ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash,
uni hayvon-
lar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ridir, ongsizlik kishi hayotining
shart-sharoitlari bilan bog‘liqdir. Ongsizlik kishining xuddi ong ka-
bi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetar-
li darajada bir xil bo‘lmagan qismlar aksi tarzida, inson hayotining
ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: