Tayanch va fanga oid kompetensiya: Fizika fani va qonunlari kompentensiyasi, fizik kattaliklar kompentensiyasi... Fanlararo aloqadorlik: Matematika, astronomiya, biologiya, kimyo. Darsning jihozlari: darslik, qo`shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushuncha va atamalar: Radioaloqaning fizik asoslari. Eng soda radioni tuzilishi va ishlashi. Radiolakatsiya
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar. Darsni borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash:uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash. Yangi mavzu bayoni:
Uzoq masofalarga signal uza-tishda elektromagnit to’lqinlardan foydalanish g’oyasi A.S.Popov (1859-1906) tomonidan 1889-yilda birinchi bo’lib aytil-gan.Uning o’zi 1895-yilda birinchi radiopriyomnikni yasadi va namoyish qildi. Popov o’z radiopriyom-nigida elektromagnit to’lqinlarni sezuvchi detal sifatida kogererdan foyda-landi. “Kogerer” so’zining o’zi lotincha “kogirinsio” so’zidan olingan bo’lib, “ulashish” degan ma’noni anglatadi. Radiopriyomnikning sezgirligini ortti-rish uchun A.S.Popov kogererdan chiqqan simlardan birini yerga, ikkin-chisini esa baland ko’tarilgan o’tkazgich bo’lagiga uladi, bu esa dunyoda birinchi bo’lib qabul qilish antennasi yaratildi. Birinchi radioaloqa 250 m masofada o’rnatilgan edi. Radioaloqaning ish prinsipi quyidagicha: uzatuv-chi antennada yuzaga kelgan yuqori chastotali o’zgaruvchan tok atrofida fazoda o’zgaruvchan elektromagnit maydon vujudga keladi. Bu maydon elektromagnit to’lqin sifatida tarqaladi. To’lqin qabul qiluvchi antennaga etgandan so’ng unda uzatuvchi stansiya chastotasiga teng chastotali o’z-garuvchan tok hosil qilinadi. 1913 yilda so’nmas elektromagnit tebranishlar generatorining kashf qilinishi radioaloqaning rivojlanishida katta turtki bo’ldi. Bu generator yuqori sifatli radioaloqa – nutq va musiqani elektro-magnit to’lqinlar yordamida uzatish imkoniyatini yaratdi. Radiotelefon alo-qa ham shunga o’xshash prinsipda ishlaydi. Tovush to’lqinlarining bosimi natijasida mikrofon membranasi tebranma harakatga keladi va tovush teb-ranishlari shaklidagi elektr tebranishlari vujudga keladi. Ammo bu to’lqin-larni uzoq masofaga uzatishning imkoniyati yo’q. Chunki tovush chastota-sidagi tebranishlar juda kuchsiz tabranishlar bo’lib, bunday chastotadagi elektromagnit tebranishlar tarqalmaydi. Shuning uchun ham ularni tarqa-tishdan oldin modulyatsiyalanadi. Past chastotadagi (yuqori amplituda-dagi) to’lqinlarni yuqori chastotadagi (past amplitudadagi) to’lqinlarga aylantirish modulyatsiya deyiladi. Detektorlash deb, yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlarini ajratib olish jarayoniga aytiladi.
Radiopriyomnik asosan quyidagi elementlardan tashkil topadi: antenna, tebra-nish konturi, kuchaytirgich, detktor (qayd qilgich), radiokarnay. Radiopriyomnik-ning antennasiga bir paytning o’zida ko’plab stansiyalardan tarqatilayotgan mo-dullashitirlgan signallar keladi. Ularning orasidan aynan bizni qiziqtirgan ma’lu-motlarni ajratib olish uchun tebranish konturidan foydalaniladi. Konturda o’zga-ruvchan sig’imli kondensator kiritilgan bo’lib, uning sig’imini o’zgartirish bilan konturning xususiy chastotasini o’zgartirish mumkin. Priyomnik konturini qabul qiladigan elektromagnit tebranishlar bilan rezonansga moslashtirish shu tariqa amalgam oshiriladi. Natijada, tebranish konturida yuqori chastotali modullash-tirilgan kuchsiz tok paydo bo’ladi. Bu tok oldin kuchaytirgichga, so’ng esa de-tektorga keladi. Detektorlangan tok radiokarnayga uzatiladi va mikrofonga tush-gan tovush to’lqinlari tarqatiladi, ya’ni mikrofonga aytilgan tovush eshitiladi. Eng oddiy radiopriyomnik antenna, tebranish konturi, detector, kondensator va telefondan tuzilgan zanjirdan iborat.
Mustahkamlash:
Eng sodda radio haqida nimalar bilasiz?
Teleko’rsatuvlarning fizik asoslari haqida nimalar bilasiz?
Toshkent — teleko’rsatuv vatani haqida nimalar bilasiz?
Radiolokatsiya haqida tushuncha bering.
Aloqa vositalarining rivojlanishi haqida nimalar bilasiz?
Uyga vazifa:7- betdagi savollarga javob yozish.
Baholash: dars davomida baholab jurnalga qayd qilish.