Vaqti:
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
25 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
5 minut
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsni o`tish metodi: joriy, baxs munozara, savol- javoblar.
Darsni borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomatini aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish.
O`tilgan darsni takrorlash: uyga vazifani tekshirish orqali o`tilganlarni takrorlash. Yangi mavzu bayoni:
O`zgaruvchi elektr va magnit maydonlar o’zaro bog’langan va fazoda elektromagnit to’l-qinlar sifatida tarqaladi. O’zgaruvchi elektromagnit maydonning fazoda tar-qalishi elektromagnit to’lqinlar deyiladi. Maksvell nazariyasiga asosan elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir,ya’ni va vektorlar o’zaro perpendikulyar va to’lqinning tarqalish tezligi vektorga perpendi-kulyar tekislikda yotadi. Elektromagnit to’lqinlarning va vektorlari doimo bir xil fazalarda tebranadi, bir paytda maksimumlariga erishadi, bir paytda nolga aylanadi. Maksvell nazariyasiga asosan elektromagnit to’l-qinlarning tarqalish tezligi chekli kattalikdir. U elektromagnit to’lqin tarqala-yotgan muhitning elektr va magnit xossalari bilan aniqlanadi: bu yerda ε0= 8,85∙10-12F/m elektr doimiysi va μ0= 4∙π∙10-7H/m magnit doimiysi; ε –muhitning dielek-rik singdiruvchanligi, μ - muhitning magnit singdiruvchanligi. Elektromagnit to’lqinlarning vakuumda tarqalish tezligi c = 3∙108m/s. Elektromagnit to’lqinning bir tebranish davri-ga teng vaqt davomidagi ko’chish masofasi to’lqin uzunligi deyiladi va qu-yidagi formula bilan aniqlanadi . Tolqinnig tarqalish tezligi muhitga bog’liqligidan uning to’lqin uzunligi bo’ladi.
Elektromagnit to’lqinlarning xossalari:
1. elektromagnit to’lqinlarning tezligi va uzunligi muhitning xususiyatlariga bog’liq;
2. elektromagnit to’lqinlarning chastotasi barcha muhitlar uchun bir hil;
3. elektromagnit to’lqinlar muhit chegarasidan sinadi, qaytadi;
4. elektromagnit to’lqinlar interferensiyalanadi.
Elektromagnit to’lqinlarning ba’zi turlari:
-
Nurlanish
|
To’lqin
uzunligi, m
|
To’lqin chas-totasi, Hz
|
Nurlanish manbai
|
Radioto’lqinlar
|
103 – 10-4
|
3∙105-3∙1012
|
Tebranish konturi, Gers vibratori, Massali nur tar-qatuvchi,lampali genera-tori
|
Yorug’lik to’lqinlari
|
Infraqizil nurlanish
|
5∙10-4-8∙10-7
|
6∙1011-3,75∙1014
|
Lampalar, lazerlar
|
|
8∙10-7-4∙10-7
|
3,75∙1014-7,5∙1014
|
|
nurlanish
|
4∙10-7-10-9
|
7,5∙1014-3∙1017
|
|
Rentgen nurlari
|
2∙10-9 –
6∙10-12
|
1,5∙1017-5∙1019
|
Rentgen trubkasi
|
γ - nurlar
|
<6∙10-12
|
>5∙1019
|
Radiaktiv parchalanish, yadro jarayonlar, kosmik jarayonlar
|
O’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai bo’lib xizmat qiladi, chunki elektro-magnit to’lqinlarni uyg’otish uchun elektromagnit maydonni vujudga kelti-rish kifoya. Elektromagnit maydonni fazoda tarqalishiga imkon yaratish uchun maydon hosil bo’ladigan fazoni orttirish kerak. Nemis fizigi G.Gers aynan shunday ochiq tebranish konturini yaratdi va bu qurilmani Gers vib-ratori deb ataldi. Gers vibratori yordamida 0,6 dan 10 m gacha to’lqin uzunlikli yassi to’lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi ko’rsatildi. Gers turg’un elektromagnit to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to’lqinlarning tezligini aniqlab, uning yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi.
Mustahkamlash:
Induktivlik deb nimaga aytiladi?
Tebranish davri deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |