2-rasm. Faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat
turlari bo‘yicha ulushi, foizda
142
142
https://stat.uz/uploads/docs/prom-yan-dek-2017-uz-.pdf
225
O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida
to‗liq aks ettirilishini taqozo etmoqda. O‗zbekistonda qulay investitsiya muhitini
shakllantirishda investitsiya siyosatining ahamiyati va o‗ziga xos xususiyatlari o‗rganish va
tadqiq qilish natijasida quyidagi ilmiy xulosa shakllantirildi:
– mamlakatimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya
muhitining yaratilgani asosiy omil bo‗lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi
investitsiya jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy
va boshqa shart-sharoitlar majmui. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy
yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o‗rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois,
O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida
to‗liq aks ettirilishini taqozo etmoqda;
– O‗zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga katta e‘tibor
qaratilib, investorlarga ko‗maklashish va kafolatlar berish uchun ularga investitsiya, soliq
tizimida va bojxona to‗lovlari sohalarida ma‘lum imtiyozlar, sharoitlar va kafolatlar tizimini
yanada shakllantirish.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida O‗zbekiston Respublikasida qulay investitsiya
muhitini shakllantirish, investitsion jozidaborlik va faollikni oshirishni takomillashtirish
maqsadida quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
– investitsiyalar zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanish, ilmiy-texnik,
ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositasidir. Aynan ichki va
xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy,
raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa, o‗z navbatida, yangi ish
o‗rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning
hal bo‗lishiga olib keladi;
– mamlakatimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya
muhitining yaratilgani asosiy omil bo‗lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi
investitsiya jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy
va boshqa shart-sharoitlar majmui. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy
yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o‗rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois,
O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida
to‗liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.
Shu jihatdan O‗zbekiston o‗z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda;
– investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bu – bank tizimini
takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd
bo‗lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek, xorijiy
investorlarni axborot bilan ta‘minlashni yaxshilashdan iboratdir;
– investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar
yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub‘ektlarini
sug‗urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish
yo‗lida tashkil etiladi. SHuningdek, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarning mamlakatimiz
barqaror rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini e‘tirof etgan holda xorijiy
investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida zarur shart-sharoitlarni
yaratishni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq;
– xorijiy investitsiyalar qo‗shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to‗liq
tegishli bo‗lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan
bank tuzish, qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish
huquqiga ega bo‗lishda, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va
muhim ahamiyatga egadir;
226
– O‗zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning
umumiy yo‗nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo‗jalik qarorlari
majmuasi bo‗lib, mablag‗lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo‗nalishi va joylashuvini
belgilaydi.
Shuni yana bir bor qayd etish lozimki, bu boradagi tadbirlarni amalga oshirishdan
asosiy maqsad respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni jahon
bozoriga olib chiqish, zamon bilan hamnafas bo‗lgan holda korxonalarni modernizatsiya
qilib borish, texnik va texnologik jihatdan yangilash va eng asosiysi – qo‗shimcha ish
o‗rinlarini tashkil etgan holda xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishdan
iboratdir.
Р. Хакимов - и.ф.н., доц.
Д.Р. Хакимова – магистрант, ТДИУ
Do'stlaringiz bilan baham: |