―ИҚтисодиёт‖ факультети



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
G. Madraximova - assistent, TDIU 
Sh. Raxmonqulov - magistrant, TDIU
 
Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda investitsiyalarning roli 
Ma‘lumki har bir davlatda, uning iqtisodi rivojlangan, yoki iqtisodiyoti o‗tish 
davri xususiyatiga ega bo‗ladimi, bundan qat‘iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy 
sarmoyaning kirib kelishi hamisha ijobiy xodisa sifatida qaraladi. Chunki kirib kelayotgan 
sarmoyaning ko‗payishi to‗lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga ijobiy
ta‘sir ko‗rsatadi, texnik bazani yangilashga xizmat qiladi, zamonaviy ish yuritish uslubini 
tadbiq etadi va bu bilan iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiradi. 
Bu borada, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash va 
investitsiyalarni iqtisodiyotga yanada jalb etish masalalariga alohida to‗xtalib, ―Iqtisodiyotni 
rivojlantirishda aholi qo‗lida to‗plangan mablag‗larni investitsiya shaklida harakatga 
keltirish, odamlarda tadbirkorlik hissini kuchaytirish muhim vazifalarimizdan biridir‖
139
,- 
deb ta‘kidlab o‗tganlar. 
Ayni paytda respublikada 49 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan 
bo‘lib, shu jumladan 10,2 mingta korxona 2017 yil yanvar– dekabr oylarida tashkil etilgan. 
Kichik va o‗rta korxonalar, odatda, uncha eskirmagan ishlab chiqarish uskunalarga ega. 
Biroq, qurilish materiallari, to‗qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi 
energiya talab qiluvchi tarmoqlarda faoliyat ko‗rsatayotgan kichik va o‗rta korxonalardagi 
energiyani ortiqcha miqdorda iste'mol qiluvchi ishlab chiqarish jarayoni uning 
modernizatsiyasini talab etadi. Bu esa, o‗z navbatida ularning raqobatbardoshligini 
oshirishga yordam beradi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalashda 
investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
139
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-
12-2017. 


223 
Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi tufayli 2017 yilning yanvar-
dekabrida O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 
jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 60 719,2 mlrd. so‗m (dollar ekvivalentida 11,9 
mlrd. AQSH doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o‗zlashtirildi va 2016 yilga nisbatan 
107,1 % ni tashkil qildi.Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1995 yilga nisbatan 8,7 marta, 
2000 yilga 5,8 marta, 2005 yilga 4,6 marta, 2010 yilga 182,2 % va 2015 yilga nisbatan 
115,3 % ga ko‗paydi. YAIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar 24,4 % ni
tashkil etib, 2016 yildagi ko‗rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko‗paydi (1995 yilda 29,4 
%, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 % ni 
tashkil etgan edi)
140

Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari markazlashtirilgan 
va markazlashtirilmagan moliyalashtirish manbalariga bo‗linadi. Markazlashtirilgan 
moliyalashtirish manbalariga byudjet mablag‗lari, davlat maqsadli jamg‗armalari, bolalar 
sportini rivojlantirish jamg‗armasi, tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi, O‗zbekiston 
Respublikasi kafolati ostidagi kreditlarlarni kiritish mumkin. Markazlashtirilmagan 
moliyalashtirish manbalariga korxona mablag‗i, aholi mablag‗i, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiya va kreditlar hamda tijorat banklari kreditlariva boshqa qarz mablag‗larini 
kiritish mumkin. O‗zbekistonda 2017 yil yanvar - dekbrida markazlashgan va 
markazlashmagan investitsiyalarning jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmini ko‗rib 
o‗tadigan bo‗lsak, markazlashgan markazlashmagan investitsiyalar 75,3 foizni (jami 
investitsiyalar hajmiga nisbatan, %), markazlashgan investitsiyalar 24, 7 foizni tashkil 
etgan. 
2018 yil 1yanvar holatiga Respublikamizda jami 5517 ta Xorijiy kapital ishtiroki-
dagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud bo‘lib, ulardan 3087 tasi qo‘shma 
korxonalar, 2430 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi. 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish