191
Agar biz uchun xalqaro sertifikatlangan mahsulotlarni iste‘mol qilishga o‘rgangan
bo‘lsak, lekin o‘zimizni mahsulotlarimizga xalqaro sertifikatlar olish bu biz uchun
yangilikdir. Bu biz uchun yangi yo‘nalishdir, bunga sabab shundaki xalqaro sertifikatlash
jarayoni bajburiy bo‘lmagan jarayon hisoblanadi, biz bunday sertifikatlarni o‘ziga xos
hamma ham qilishga intilmaydigan imij sifatida tasavvur qilamiz.
Ko‘pgina milliy ishlab chiqaruvchilar doim bir savolni berishadi, xorijda bizni
mahsulotni chegaradan o‘tkazishmayapti yoki sotib olishmayapti deb, bunga sabab oddiy
chunki bizni milliy ishlab chiqaruvchilarimizda xalqaro sifat sertifikatlari mavju emas.
E‘tibor berib kuzatgan bo‘lsangiz barcham xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqat
mahsulotlari o‘ramida albatta bir necha xil sifat sertifikatlari yorlig‘i tushirilgan bo‘ladi. Bu
kompaniyalarga har qanday davlat bozoriga cheklovlarsiz kirish imkonini beradi. Afsus
bilan shuni takidlash kerakki bizda har yili ekologik toza va sifatli qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirilishiga qaramay bizda ushbu mahsulotlarni eksport qilish darajasi va
geografiyasi judayam pastligicha qolmoqda. Agar statistic ma‘lumotlarga e‘tibor
qaratadigan bo‘lsak, asosiy eksport mahsulotlarimizdan ho‘l mevalar va qishloq xo‘jaligida
yetishtiriladigan poliz ekinlarimizni aksari Rossiya Federatsiyasiga jo‘natiladi. Lekin,
Rossiyani o‘zida ham biz eksport qilayotgan mahsulotlarni aksarini o‘zida ham t opsih
mumkin. Bu esa narxlarni unchalik qimmat bo‘lmasligini bildiradi. Undan keyin Rossiya
Federatsiyasida sifat sertifikatlari unchalik ham talab qilinmaydi. Rossiyaga eksport qilish
uchun faqatgina ГОСТ standartiga javob bersa bo‘ldi bu juda oddiy jarayon. Endi masalani
boshqa tamoni ham bor, nega hamma mahsulotlarimiz Rossiyaga ketyapti-yu lekin,
Yevropa va boshqa xorijiy davlatlarga sota olmayapmiz.
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, Yevropa va boshqa xorij mamlakatlari, AQSH
bozorlaridagi narxlar Rossiyanikidan ko‘ra ancha baland yuradi. Biz yuqoridagi
mamlakatlarga eksportni yo‘lga qo‘ysak hozirgidan ko‘ra ikki-uch barobar miqdorda foyda
olishimiz mumkin. Buni bilish uchun faqatgina Yevropa Ittifoqi, AQSH va Rossiya
davlatlarining aholi daromadlari darajasi, bozordagi narx navo solishtirib ko‘rishning o‘zi
kifoya. Shulardan kelib chiqib O‘zbekistonlik oziq-ovqat mahsulotlari eksportyorlari asosiy
e‘tiborni Rossiya yoki qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlariga emas, balki boshqa yirikroq,
rivojlangan bozorlarga qaratsalar o‘zlarining foydalari ko‘payadi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki biz yuqorida tahlil qilgan uchala
obyektimizda bozorlardagi vaziyat turlicha YeI mamlakatlar va AQSH bozori nisbatan bir-
biriga yaqin darajada narxlarga ega, bunga sabab AQSHda ham YEI mamlakatlarida ham
aholi daromadlari yuqori va bir-biriga bog‘liq shu bois bu yerda narxlar ham baland.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: