Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet45/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Hinayanada nirvanaga erishgan rohib, dunyo iztiroblaridan faqat o`zini qutqarsa, “Mahayana mazhabi yo`lini tanlab, e'tiqodda mukammallik kasb etgan bo`ddhisatva esa, jismonan nirvanadan voz kechib, o`z ortidan buddaparastlarni “Haq yo`li”ga boshlab borishdek ulug‘ ishga xizmat qiladi.”1

Mahayana g‘oyasi, odamlarga tushunarli dinga aylantirishga qaratilgan edi. Buddaviylikda ilohlar tirik jonzotlar bo`lib, gumrohlik va ehtiroslarga moyil bo`lganliklari uchun tug‘ilish va o`limga maxkum edilar. Shu zaylda Buddaviylikning sig‘inish ob'ekti, xudolar emas, “qalb ko`zi ochilgan”, borliq xaqiqatini bilishga musharraf bo`lgan kishilar ramzida ifodalangandir.

Lamaizm Buddaviylikning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug‘» degan ma'noni anglatadi. Mazkur diniy yo`nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.

Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo`lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo`linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo`g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga etishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta'kidlanadi.

Lamaizmning an'anaviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, ko`pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g‘azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor. Lamaizmga ko`ra, lamalarga va dunyoviy hokimlarga so`zsiz bo`ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avatara, ya'ni ma'buda Sagan-Daraexening erdagi ko`rinishi deb e'lon qilganlar.


Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish