Birlamchi morfologik elementlar. Terining qaysi qismida joylashganligiga, katta-kichikligiga, tarkibiga, yailig'lanish xarakteri va oqibatiga (evolutsiyasiga) qarab 8 ta birlamchi toshma element-lari tafovut etiladi: 1) dog' (macula); 2) tuguncha (papula); 3) do'mboqcha (tuberculum); 4) tugun (nodus); 5) pufak (bulla); 6) pufakcha (vesicula); 7) madda (pustula); 8) qavarchiq (urtica). Shulardan dastlabki 4 tasi infiltrativ, keyingilari (pufak, pufakcha, madda, qavarchiq) esa ekssudativ morfologik elementlar deyiladi.
Dog' — terining rangi o'zgarib qolgan joyda paydo bo'Iadigan toshmaga aytiladi. Dog'lar yallig'Ianadigan va yallig'lanmaydigan bo'lishi mumkin. Kelib chiqish sababiga qarab tomirli, gemorragik, pigmentli dog'lar farq qilinadi. Tomirli dog'lar barmoq bilan bo-silsa yo'qoladi, keyin tezda yana paydo bo'ladi. Odamning kichik timog'idek keladigan pushti dog'lar rozeola deyiladi. Ikkilamchi zaxm, qorin tifi va dorilar ta'siridan kelib chiqadigan dog'lar bunga misol bo'ladi. Tomirli dog'lar terining ancha katta yuzasini egallashi mumkin (2 sm va undan katta) va ular eritema deyiladi. Eritemalar kaftdek va undan kattaroq bo'lib, aksariyat o'tkir yailig'lanish bilan kechadi. Bir necha eritemalar qo'shilib, butun badanni egallashi eritrodermiya deyiladi. Kishi qattiq hayajonlanganda yoki uyalganida, ba'zan terida yailig'lanish bilan bog'liq bo'lmagan qizil dog'lar paydo boiadi. Bunday eritematoz dog'lar qichimaydi, shoxlanmaydi, bir zumda yo'qolib ketadi, ularni «uyalish» dog'lari ham deyiladi. Yallig'lanmaydigan dog'larda teri qizaradi, ba'zan ko'kargan holda qon tomirlar goh torayib, goh kengayadi. Yallig'lanmaydigan dog'lar — tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin, bularga oq dog' (pes) yoki boshqa kasalliklar tufayli qoladigan dog'lar kiradi. Yallig'lanmaydigan dog'lar teridagi yuza tomirlarning mudom kengayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan bunday dog'lar teleangioektaziya deyiladi. Ular bosilganda yo'qolib, keyin yana paydo bo'ladi. Teleangioektaziya mustaqil kechishi yoki boshqa biror kasallik (pushti husnbuzar, chandiqli eritematoz)ning klinik belgisi bo'lishi mumkin. Tomirli yallig'lanmaydigan tug'ma dog'larga nevus kiradi. Tomirlar o'tkazuv-chanligi ortganda yoki ular yorilganda teriga qon quyilib, unda gemorragik dog'lar paydo bo'ladi. Gemorragik dog'lar petexiyalar, ya'ni kattaligi nuqtadek keladigan dog'lar; ekximozlar — noto'g'ri shakldagi yirik dog'lar; vibices — chiziq-chiziqli dog'lar va gemato-malarga (tomirlar yorilganda qon quyilishi) ajratiladi. Gemorragik dog'lar allergik vaskulitda, organizmda С vitamini yetishmaganda, shuningdek, tif, qizilcha va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.
Pigmentli dog'lar epidermisning bazal qavatida rnelaninning ko'p hosil bo'lishi (giperpigmentatsiya) yoki taqchilligi (gipopigmentatsiya) tufayli paydo bo'ladi.Pigmentli dog'lar tug'ma (xollar, albinizm) yoki hayotda ortirilgan (xloazma, vitiligo) ko'ri-nishida bo'lishi mumkin.
Mayda depigmentli dog'lar leykoderma deyiladi. Leykoderma, ayniqsa, atrofi jigarrang bo'lgan dog'lar orasida oqarib yaxshi ko'ri-nadi.Butun badan terisida, shuningdek, qosh, kiprikva sochlarda pigment bo'lmasligi albinizm deyiladi. Albinizm tug'ma bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |