483
Chinor
– Otingiz nima? – dedi Said uning gapiga javob
berish o‘rniga.
– Zokir...
–
Zokir aka, nasosga qaysi mashinani yubo
ramiz? O‘zingiznikini yubora qoling, tez topadi.
Zokir aka yelkasini qisib,
haydovchini qidirib
ketdi.
Bu vaqt Yo‘ldosh boshliq yigitlar belkuraklar
bilan quvurning eski transheyasini ocha bosh
lagan edilar. Faqat «surnaychi» yechinmagan,
«To‘ydan qolgandan keyin, baribir emasmi?!» deb
yangi pidjagining bari bilan burnini to‘sar, bir
kurak tuproq otmasdanoq o‘zini
gazdan chetga
olib qochar edi.
– Boshim aylanyapti...
– Kurakni otma, quvurga tegib o‘t chaqnaydi! –
deb ogohlantirdi Said.
Bu vaqt uning oldiga kelib to‘хtagan Yo‘ldosh
o‘ychan tashvishli tovush bilan yerga qarab gapirdi.
– Said... qanday bo‘larkin...
– Bilmayman. Bilmayman! – dedi Said. Dar-
haqiqat, to‘satdan ahd qilgan ishi to‘g‘rimi,
yo‘qmi, o‘zi ham bilmasdi. Lekin endi orqaga qay
tib bo‘lmaydi. Said qalin brezent palatkani ariqqa
botirdi, atsetilen zaxirasini, keyin gorelkalarni
qayta ko‘zdan kechirdi.
Nasos yetib kelganda darz ketgan quvur us
tidagi o‘pqon keng puхta transheyaga aylangan,
gaz hididan gangib qolgan yigitlar badanlarini oq
ko‘ylak bilan artib, nariroqda belkurakka tayan
gancha turishar edi.
Yo‘ldosh nuqul Saidning izidan ergashib yuribdi:
484
Asqad Muxtor
– Sen... hech bo‘lmasa, asabingni bosib ol.
Said indamas, o‘z ishi bilan band, cholning tor
kombinezonini kuchanib-kuchanib oyog‘iga tortar,
temir qalqonining oynalarini latta bilan artar edi.
Yarim soatdan keyin uni og‘ir nam brezentga
o‘rab transheyaga tushirishdi.
– Hoy, yigitlar, men rozilik berganim yo‘q, men
yo‘q dedim, hammang eshitding, –
deb javrardi
haligi chol. U bilan «surnaychi»ni nariroqda tu-
rishsin deb, ariq bo‘yiga, nasosga qo‘yishdi. Brand
spoytni Yo‘ldosh o‘zi qo‘lga olib, shaylanib turdi.
Qo‘li bo‘shlar bir chekkaga chiqib, damlari
ni ichlariga yutib turganlarida bir necha quloch
joyda havoni lov etib o‘t oldi. Said tushib ketgan
transheyaning ustini ko‘m-ko‘k alanga qopla
di, atrofdagi o‘t-o‘lan
bir zumda qovjirab, qumli
tuproq mazut to‘kilgandek qorayib qoldi. Yaqin
turganlar allanimalar deb baqirib, yuz-ko‘zlarini
to‘sib tisarilishdi, lekin ovozlari eshitilmas, lovil
lagan o‘t, nasosdan sharillagan suv, payvand ap
paratning vishillagan tovushi quloqlarni qomat
ga keltirar edi. Yo‘ldosh brandspoyt bilan o‘tga
yaqinroq bormoqchi bo‘ldi, qo‘rqqanidan
rangi
dokadek oqarib ketgan chol bilan «surnaychi» yi-
gitga «Bos!» deb baqirdi, hamma tipirchilab qoldi,
yuzlarini qurum bosgan yalang‘och «to‘ychilar»:
«Nima qilib qo‘ydik? Said qani?» degan vahimada
o‘t atrofida zir yugurishar edi.
O‘t quvurdan yarim metrcha tepada zangori
rangda lov-lov yonardi. Yo‘ldosh chuqurda qora-
yib yotgan brezentni ko‘rdi, хolos. Said tirikmi,
yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi.
Havo qizib ketgan, ya
qinroq borish amri mahol. Qancha vaqt o‘tdi