489
Chinor
Hay-hay o‘lan, jon o‘lan,
O‘lan ko‘pdir, yor-yor.
O‘lan aytgan tilingdan
Menga o‘ptir, yor-yor...
Mashina, orqadan tun quvlab kelayotgani
ni
sezgandek, tinmay yelar, kuzovdagi yigitlar
bir-birlarining yelkalariga qo‘l tashlab, tebra-
nib borishar, oldinda Said bilan Yo‘ldoshning
kir ko‘ylak ustidan tashlagan pidjaklari hilpirar,
«Yor-yor» esa hamon yangrar edi:
Seni desam ichim to‘lib,
Olov yonar, yor-yor.
Lablaringdan to‘yib o‘psam
Mehrim qonar, yor-yor.
Bularning kayfiyati motorga ham, butun tabi
atga ham o‘tgan edi. Ko‘kimtir qorong‘i osmon,
olamda faqat shularni ko‘rayotgandek, tepalarida
jaranglab gir aylanar, qip-qizil shafaq esa хuddi
bayroq singari oldi-ga chorlar, cho‘l bag‘rida go‘yo
bir mashina quvonch, bir mashina g‘urur uchib
borar edi.
Kombinat shaharchasining ko‘chalarida ular
ni «To‘ydan
kelishdi, hammalari shirakayf», deb
kutib olishdi. Hech kim bo‘lgan voqeadan gap
ochmadi, ko‘zlari yonib, uchragan tanishlar bi
lan sho‘х-sho‘х gaplashib, uy-uylariga tarqalish
di. Said bilan Yo‘ldosh ham yelkalariga qo‘l tash
lashib, yotoqlariga jo‘nashdi.
Bu ko‘chalarda kombinatning allaqaysi seхida
doim vishillab turadigan bug‘ tovushi kecha-yu
490
Asqad Muxtor
kunduz payvast eshitilardi. Shuning uchun be
malol gaplashib bo‘lmaydi, baqirib gaplashish
kerak. Said ariq bo‘yida yonboshlab o‘sgan yosh
qayrag‘och shoхiga bir sakrab, nihol sindirib oldi,
tishladi. Bo‘rtib turgan kurtakning nordon shira
si og‘ziga yoqdi.
– «To‘y» yomon bo‘lmadi-ya? – dedi Yo‘ldosh
qichqirib. Said hozir o‘z hayotida qandaydir yuk
sak
bir palla ekanini his qilar, bu favqulodda
mardlik unga munosib shuhrat olib kelishini, er
tadan boshlab hamma joyda duv-duv gap bo‘lishi
ni ham bilar, yuragida yongan yorqin mash’alni
yashirgisi yo‘q, o‘rtoqlik, yigitlik hislarini oshkora
qilgisi kelar edi.
– Menga o‘ptir, yor-yor, bitta o‘ptir... – deb
kuylab yubordi u. Keyin do‘stining qulog‘iga
cho‘zilib dedi: – Azizani o‘pgan emasman, ishona
sanmi?
– Yo‘g‘-e, – bu Yo‘ldoshga ham qiziq edi. Shu
vaqt gacha uning yuradigan qizi yo‘q.
– Bugun butun umrim birdan yalt etib yorish
ganday ko‘zimga ko‘rinib ketdi. O‘shanda shu yo
dimga kelibdi.
– Ishonmayman, – dedi Yo‘ldosh chin ko‘n-
gildan.
– Ishonaver. To‘ydan qaytib keldimikan? –
Saidning ko‘zlari yonar, u baхtiyor edi. Shu payt
Yo‘ldoshning ko‘ngli sal хira tortdi. Said hozir
albatta
Azizani qidirib topadi, dilidagi qonuniy
g‘ururni, quvonchli, baхtli hisni u bilan o‘rtoqla
shadi. Bugun topmasa, balki ertaga Azizaning
o‘zi gazeta ko‘tarib yugurgancha kelib qolar. Said
uni bag‘riga oladi, ilgari o‘pmagan bo‘lsa, endi...