Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

TUYA BILAN BO‘TALOQ
Bor edi Farg‘onada bir sorbon,
Tevasi bor erdi — tug‘di nogahon.
Ahli ayoli aning bas erdi cho‘k,
Ozuqidin kulbasida narsa yo‘q.
Hosili dunyo edi bir tevasi,
Emadurg‘on orqasida bo‘tasi.
Bir kuni ul tevasini qo‘mladi,
Ortadurg‘an yuklarini jo‘bladi.
Yuk og‘ir edi-yu ham yo‘l yiroq,
O‘rtadi tayloqni nori firoq.
Fasli tamuz erdi havo ko‘p isig‘.
Yo‘lda temurdek edi qumlar qizig‘.
Och o‘tina kuydi anodin judo,
Modarining mehrida erdi ado.
Jahl ila yetmay anosin keynidin,
Qumda kuyardi g‘ami ul siynadin.
Og‘di yuki yo‘lda, o‘shal sorbon,
Yerga cho‘kurdi tuzatay der ravon.
Bo‘tasi borib edi orqosidin,
Yondi haroratlari yag‘mosidin.
Yuzlonib aydi: „Ayo berahm onam,
Kuydi-yu yondi, tutashdi tanam.
Asta-sekin yursang na bo‘lg‘ay, nam g‘am?
Siyna sutingdin emayin dam-badam“.
Aydi anosi bolasig‘a boqib,
Ko‘zlarini yoshlari seldek oqib:
„Ko‘rki, burunduq kishini qo‘lida,
Bu kishini ko‘zlari o‘z yo‘lida,
Manda agar zarra kabi ixtiyor —
Bo‘lsa erdi: bo‘lmas erdim zeri bor“.
Nasriy bayoni:
Farg‘onada bir tuyakash bor edi. To‘satdan tuyasi tug‘di. Sor-
bon juda ayolmand bo‘lib, qo‘li qisqa edi. Oila a’zolari juda ko‘p,
ammo kulbasida hech ozuqa qolmagan edi. Uning dunyodagi yagona
boyligi: bir tuyasi va uning orqasidagi bo‘talog‘i edi.
Bir kuni u tuyasini abzallab, ortadigan yuklarini yukladi va
yo‘lga tushdi. Yuk juda og‘ir, ammo safar manzili juda yiroq edi.
Bo‘talog‘i onasidan orqada qolib ketib rosa qiynalardi. Chunki saraton
www.ziyouz.com kutubxonasi


4 8
fasli bo‘lib, havo juda issiq: yo‘ldagi qumlar temirdek qizigan edi.
Bo‘taloq onasiga yetolmay — och qolib, onasining mehridan
yiroqda adoyi tamom bo‘layozdi. Qanchalik chopmasin, onasiga
yetib yurolmas, ochlik va tashnalik azobidan qutulish uchun onasini
emgisi kelardi.
Yo‘lda tuyaning yuki sal og‘di-yu, tuyakash yukni tuzatgani
tuyani cho‘ktirdi. Kuchli harorat dastidan kuyib-yongan bolasi
ham yetib bordi va onasiga yuzlanib dedi: „Ey, rahmsiz ona! Kuyib
yondim. Olov tanamga tutashdi. Astaroq yursang netadi? Men
ham sutingdan goh-goh emayin“. Onasi ko‘z yoshlarini seldek
oqizib, bolasiga boqib dedi: „Ko‘rgin, burundiq manavi kishining
qo‘lida-ku. Uning ko‘zi yetar manzili yo‘lidadir. Oh, agarda
zarracha ixtiyor bo‘lsa edi, yuk ostida ezilib yurarmidim?“

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish