4 9
Anda Chayon: „Har kim o‘z maslahatini o‘zi bilur“ deb,
Sangpushtning orqasiga mindi. Daryoga tushub oqdilar. Zamondin
so‘ng Chayoni mazkur tebranaberdi. Sangpusht aydi: „Bul bejo
harakatdin muddao nimadur“? Chayon aydi: „Bu kun
maydoningni vase’ topdim. Burung‘i yaxshilar: „Eshak o‘yini qirq
yilda va yana it o‘yini bor anda“ debturlar. Bul kun po‘lod nayzamni
yakjirma qalqoningga azoyish qiloyin derman“.
Anda Sangpusht aydi: „G‘olibo uldurki:
O‘z do‘sti dilin resh aylayur jahldin,
Har kimki o‘z mushtin urar devorga!
Sani bu xor sifat nayzayi bemajoling‘ mani bu yakjirma qal-
qonimga nima kor qilsin?“
Anda Chayon aydi: „Bilganing yo‘qmukim, aqrabning
muddaosi nish urmoqdir xoh do‘st ko‘ksinadur,
xoh dushman
orqasina!“
Qit’a:
Har kimni odati zamima bo‘lur,
Beirodat zuhur etar andin.
Toshdin nesh ayori yo‘q aqrab,
Garchi mundoq demak ajab sandin.
Sangpusht aydi: „Yaxshilardin bir masal qolibdurkim:
„Ishonmagin do‘stungga, somon tiqar po‘stungga“. „Oshnangdan
top“ deb turlar. Ey do‘stum, suv uzra jasadimiz xasdek yurmagi
tokay? Bu bahri amiq javohirlarni tamosho qilmoq kerak“ deb
g‘avvoslardek bir g‘o‘ta urdikim, ul javohir termoqda va bul jon
bermoqda qoldi.
Masal tabdili:
Toshbaqa Iroqdan Hijoz sari borar edi. Yo‘lda nochor Chayonga
yo‘ldosh bo‘ldi. Ikkisi ketib borardi. Toshbaqa — fahm-farosatli
edi. Chunki u ko‘p safarlarda yaxshi-yomonlar bilan yurib,
tajriba
hosil qilgan edi. U Chayonga inon-ixtiyorini berib, birgalikda
cho‘l va vodiylarni bosib o‘tib borishardi. Shu orada qo‘qqisdan
bir katta daryoga duch keldilar va ikkovlari ham o‘tish fikriga
tushdilar. Ammo undan birga o‘tish ilojini topolmadilar. Fikr
yog‘ochi daryoga ko‘prik bo‘lolmaganidek, tadbir qamishi suzib
o‘tishga sollikka ham yaramasdi. Nihoyat, Toshbaqa duosi
mustajob bo‘lgan kishidek,
umid nishoniga yaqinlashib, suzmoq
bilan istalgan muddao sohiliga yetib oldi. U yog‘iga o‘tib, g‘oz va
4 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 0
o‘rdakdek silkinib turdi. To‘satdan orqasiga boqdi. Ko‘rdiki,
yo‘ldoshini oti horgan, oyoq yalang, nayzasini kiftiga tashlab
yuqori-quyi sarson yuripti. U choq Toshbaqa dedi:
—
Sabab nima, nega bu tomonga o‘tmaysiz?
Chayon dedi:
— Ko‘z yoshidek suv bo‘lsa, bizni ma’zur tutasiz!
Toshbaqa ko‘nglidan kechdi: „Ozgina ko‘rgilik tufayli yo‘ldoshlik
rasmini bartaraf qilish — hamrohlik rasmiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu
— yaxshi emas. O‘tkazib qo‘yganim — a’lo. Qadimgi yaxshi
kishilarning maqoli bor: „Yaxshilik qil — suvga sol, suv bilmasa,
baliq bilar, baliq bilmasa, xudo bilar“.
Xullas, Toshbaqa chov yog‘ochini qo‘lga olib, biroz harakat
bilan o‘zini najot sohiliga oldi. Dedi: „Ey birodar,
seni daryodan
o‘tkazib qo‘ygani qaytib keldim. Mening ustimga min. Biroq o‘rinsiz
harakat qilma, o‘z joningga jabr qilasan“.
U choq Chayon dedi: „Har kim o‘z maslahatini o‘zi biladi“.
U toshbaqaning ustiga mindi. Ular daryoga tushib oqdilar. Bir
ozdan so‘ng Chayon tebrana boshladi. Toshbaqa dedi: „Bu bejo
harakatdan muddaoing nima?“
Chayon dedi: „Bugun maydoningni keng ko‘rdim. Burungi
yaxshilar: „Eshak o‘yini qirq yilda. Yana unda it o‘yini bor“
deyishgan. Bugun po‘lat nayzamni butun kosaday qalqoningda
sinab ko‘ray deyman“.
U choq Toshbaqa dedi: „Darvoqe, shunisi ham borki:
Jahldan o‘z do‘sti ko‘ksini yaralaydigan kishi
Faqat devorni mushtlagan bo‘ladi, xolos.
Sening bu tikandek kuchsiz nayzang mening bu bus-butun
qalqonimga nima kor qiladi?“
Chayon dedi: „Bilmaysanmi hali: chayonning qilig‘i xoh do‘st
ko‘ksi, xoh dushman orqasi bo‘lsin, faqat nish urmoqdir“.
Har kimning odati yomon bo‘lsa,
Ixtiyorsiz zuhur etar undan.
Toshdan nish ayamas chayon,
Garchi bu savoling ajab sendan.
Toshbaqa dedi: „Yaxshilardan bir maqol qolgan: „Ishonmagin
do‘stingga — somon tiqar po‘stingga“. „Oshnangdan top“ deyishgan.
Ey do‘stim, qachongacha jasadimiz suvda xasdek yuradi?
Bu teran
oqim javohirlarini tomosha qilmoq kerak“ deb g‘avvoslardek bir
sho‘ng‘idiki, Toshbaqa javohir termoqda va Chayon jon bermoqda qoldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi