4 5
Xurram-u ma’mur edi hayvonlari.
Zulf kabi sunbuli xushbo‘ylari,
Rohati jon erdi oqar suvlari.
Uydan ulug‘roq edi bir gulbune,
Anda vatan tutmish edi maymune.
Jon sotib o‘zin o‘yin
etardi tan,
O‘qur edi qissayi „Hubbul vatan“.
Yer edi ko‘ngli tilagan mevasin,
Boshlar edi odamiylik shevasin.
Bir kuni najjori xiradmandi fard,
Ko‘ngli yog‘och yo‘qlig‘idin qildi dard.
Bordi o‘shal tog‘gaki —
mavquf edi,
Ezgu yag‘ochlar ancha ma’ruf edi.
Shaharning zindonidin ozod o‘lub,
Tog‘ning Shirinig‘a Farhod o‘lub.
Sonur edi o‘zini tog‘ Xisravi,
Tog‘ni o‘qub Dehlaviyi ma’naviy.
Elina navkissalarin qistari,
Rasm edi najjor yag‘och istari.
Egdi u dil go‘shasining pardasin,
Belga suqib tesha bila arrasin.
Borib anga kesti yog‘och reshasin,
Qo‘ydi o‘shal yerda unutib teshasin.
O‘zga tog‘ga borib yana kesti yag‘och,
Yormoqni magar yana qildi iloj.
Bolta
birla bir uchini yordi ul,
Pona qo‘yub tesha sari bordi ul.
Tushti banogoh anga maymun ko‘zi,
Oqil-u dono sonub ul dam o‘zi.
Aydi: „Ulus ichra bu bir kasbdur.
Kasbni boshina kiysang nasbdur.
Kisai purzar emish elga hunar,
Behunar elni dedilar: „Go‘shi xar“.
Men daxi najjorlikni o‘rganay,
Bolalarim barchasig‘a o‘rgatay“.
Jahd qilib turdi ravon borg‘ali,
Ya’ni yag‘och qolmishini yorg‘ali.
*
*
*
*
*
* *
*
* *
*
*
Mindi yag‘och ustig‘a najjordek,
Kosibi purgurdayi purgordek.
Ketti hunar shavqi bila g‘ussasi,
Tushti yag‘och ayrisig‘a dumchasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 6
Bil, keyinidin bo‘ldi tutulmoqlig‘i,
Mumkin emas o‘ldi qutulmoqlig‘i,
Odami jinsida yo‘q qissasi,
Qoldi oning dumchasining hissasi.
Nasriy bayoni:
Kashmir atrofida bir tog‘ bor edi. Uning go‘zalligiga Eram bog‘i
rashk qilardi. U tog‘da bo‘yi o‘n ikki va
eni bir qulochlik imoratbop
yog‘ochlar va xilma-xil noz-ne’matlar bor edi. U yerning hayvonlari
ham dorilamon yashardilar. U yerning xushbo‘y sunbullari go‘zallar
zulfidek, oqar suvlari ham jonning rohati edi.
Tog‘da uydan kattaroq g‘ovlab ketgan bir gul tupi bo‘lib, u
yerda bir maymun yashardi. Jon kuydirib, o‘z
uy-joyi payidan
bo‘lar va tinmay „Sevikli vatan“ qo‘shig‘ini aytardi. U ko‘ngli
tilagan mevalarni yer va odamlar qiladigan ishlar payidan bo‘lardi.
Bir kuni fahm-farosatda yagona duradgor yog‘och yo‘qligidan
ko‘ngli g‘ash tortib, qo‘liga naqsh chizadigan yangi chizg‘ichini
oldi. Yog‘och izlab topish — uning odati edi. Duradgor o‘ziga
ilgaridan tanish bo‘lgan, ammo kesish keyinroqqa mo‘ljallangan
yaxshi daraxtlari bo‘lgan o‘sha tog‘ga bordi. U shahar zindonidan
qutulib, tog‘ Shiriniga Farhod bo‘lib, o‘zini tog‘ shohi, tog‘ni esa
ustoz Dehlaviy hisoblab jo‘nadi. Yetib borib, yog‘och
ildizini kesdi
va o‘sha yerda o‘z teshasini unutib qoldirdi. Boshqa tog‘ga borib,
yana yog‘och kesdi va uni yorish gali kelganida, bolta bilan bir
uchini yorib, pona qo‘ydi-da, teshani olib kelgani ketdi.
To‘satdan bunga maymunning ko‘zi tushib qoldi. U o‘zini
aqlli va donoga yo‘yib, o‘ziga: „Xalq orasida bu ham bir kasb.
Kasbdan
voz kechsang, haqorat eshitasan. Hunar — elning tilla
to‘la cho‘ntagi emish. Hunarsiz kishilarni „Eshakning qulog‘i“
deydilar. Men ham duradgorlikni o‘rganay va barcha bolalarimga
ham o‘rgatayin“ dedi.
U g‘ayrat bilan o‘rnidan turdi va yog‘ochning
qolganini yorish
uchun yoriq yog‘och boshiga yetdi. U duradgordek yog‘ochning
ustiga mindi. Uning vajohati ko‘p ish ko‘rgan ustaga o‘xshardi.
Hunar ishtiyoqi bilan ko‘ngli yozilib, yog‘och yorig‘iga dumi
tushib qoldi. Ponani tortgani bilan, o‘z keyinidan tutilgani uchun
qutulish mumkin bo‘lmay qoldi. U odamzod
orasida bunaqa hodisa
bo‘lmagan edi; maymunning bir parcha dumi yog‘och ayrisida
uzilib qoldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi