A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet7/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Kambojaning da’volari. Kamboja 1959-yil 6-oktabrda Tailand ustidan Xalqaro sudga ariza bilan murojaat qilib: 1) Preah Vihear ibodatxonasiga nisbatan egalik Kambojaga tegishli ekanligini belgilashi; 2) 1954-yildan buyon ibodatxonani egallab turgan Tailand qo‘shinlari olib chiqib ketilishining ta’minlanishi; 3) Tailand tomonidan ibodatxonadan olib chiqib ketilgan qimmatbaho buyumlar Kambojaga qaytarilishini talab qildi3.
Kamboja tomonidan Preah Vihear ibodatxonasiga nisbatan egalik to‘g‘risidagi da’vo 1908-yildagi xaritaga asoslangan bo‘lsa, Tailand o‘zining qarshiligini quyidagicha izohladi: 1) mazkur xarita qo‘shma komissiyaning birgalikdagi ishi emasligi va shu sababli hech qanday yuridik ahamiyatga ega emasligi; 2) Preah Vihear bo‘yicha komissiya tomonidan yo‘l qo‘yilgan tushuntirib bo‘lmas xato (error)ning mavjud ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur xato xaritada ko‘rsatilgan davlat chegaralari chizig‘i ushbu hududning o‘rtasidagi suv omboridan emas, balki o‘rtadagi suv omboriga tayanib tortilganida ibodatxona hududi Kamboja hududida emas, Tailand hududida qolishini; 3) Tailand aynan Preah Vihear ibodatxonasi bo‘yicha tuzilgan mazkur xarita va unda ko‘rsatilgan chegara chizig‘ining yuridik kuchini qabul qilmaydi, qabul qilgan taqdirda ham bu chiziq suv ombori bilan yaxlit ekanligi to‘g‘risidagi anglashilmovchilik (mistaken belief ) natijasidagina yuzaga kelganligini ta’kidlaydi (p. 21).
Yuqoridagilardan tashqari, Kambojaning da’vosiga nisbatan Tailand tomonidan Xalqaro sudning mazkur ish bo‘yicha yurisdiksiyaga ega emasligi to‘g‘risida qarshi da’vo bilan murojaat qilingan.
Sud qarori. Xalqaro sud 1961-yilning 26-may kuni mazkur nizoga nisbatan o‘z yurisdiksiyasini belgilaydi4. 1962-yil 15-iyunda chiqargan qarorida Kambojaning da’vosini qanoatlantiradi5.
Sud qarorining ahamiyatga molik bandlari

  1. Tailandning yuqoridagi birinchi da’vosi yuzasidan. Xalqaro sud ishni ko‘rib chiqar ekan, Tailand tomonidan qo‘shma komissiya faoliyati muddatidan avval tugatilganligi va xarita komissiya tomonidan rasmiy ravishda nihoyasiga yetkazilmaganligi to‘g‘risida bildirilgan talablarni asosli deb topdi. Shuningdek, bunga qarama-qarshi tarzda qo‘shma komissiya xaritani qandaydir asoslarga ko‘ra ishlab chiqqanligi hamda u komissiya faoliyatining natijasi ekanligiga hech qanday shubha yo‘q deb hisobladi. Biroq xarita o‘sha vaqtda, ya’ni tayyorlangan paytda hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmagan degan xulosaga ham kelinmadi (p. 21).


  2. Download 7,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish