4-mavzu: XIII-XIV asrlar adabiyoti



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana06.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#321045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
ozbek adabiyoti

Kuntug`di

, u quyoshdek barchaga barobar nur 

taratadi. Ikkinchisi, Davlat – turkiyda  Qut, u bosh vazir, uning nomi 

Oyto`ldi

. Asarning bosh 

qahramoni 

O`gdulmish

 – Aql va Bilimdir. To`rtinchi timsol – Qanoat. Uning ismi 



O`zg`urmish

Olimlarimiz fikricha, bular islom ma`naviyatining bosh timsollari edi: O`zg`urmish obrazi 



tarkidunyo qilgan, zohidlik va taqvoni yashash tarziga aylantirgan so`fiylarni anglatadi. Asarda 

tasavvufiy g`oyalar ham ko`zga tashlanadi.  

Muallif Xudoni e`tirof etadi. Din va shariat yo`lini unutmaslikka chaqiradi. Uning dunyoqarashida 

Farobiy, Ibn Sinolar dunyoqarashining ta`siri seziladi. U yetti planeta, o`n ikki burj haqida gapiradi. 

Yusuf Xos Hojibning davlat, uning qurilishi, hokimiyatni boshqarish, moddiy, siyosiy, ijtimoiy 

qarashlari asardagi to`rt obrazning o`zaro munozara, bahs, savol-javoblari orqali namoyon bo`ladi. 

Muallif olimlar haqida alohida gapiradi. Ularni ulug`laydi. Ularga ozor bermaslikni, moddiy 

jihatdan quvvatlashni aytadi: 

 

 

 



Yo`q  ersa ajunda bu alim bo`gu, 

 

 



 

Tikib unmagay erdi erda egu. 

 

 

 



Ularni qattiq sev, ag`irla so`zin, 

 

 



 

Biliglarin o`gran o`gush azin.  

 

 

 



Ular ilmi bo`ldi buzunga yo`la, 

 

 



 

Yarusa yo`la tunla azmas yo`l-a. 

Mazmuni: 

 

 



 

Yo`q ersa jahonda gar olim, dono, 

 

 

 



Ekib unmagay erdi yerda dona. 

 

 



 

Ularni juda sev, qadrla so`zin 

 

 

 



Bilimlarin o`rgan ko`pin yo ozin. 

 

 



 

Ular ilmi xalqqa bo`ladi chiroq, 

 

 

 



Chiroq yonsa, tunda adashmas oyoq. 

Shoirlar juda ulug` kishilar, ular kishilarni ham madh, ham fosh qiladilar. Ularning tillari qilichdan 

o`tkir, xotiralari nozik va chuqur: 

 

 



 

Yana keldi shoir-bu so`z terguvchi,  

 

 

 



Kishin madh etuvchi yo fosh qilguvchi. 

 

 



 

Qilichdan ham o`tkir bularning tili, 

 

 

 



Va qildan nozikroq xotirlash yo`li. 

 

 



 

Nozik so`z, kalom kim eshitay desa,  

 

 

 



Bulardan eshitsin, qilar zavq rosa... 

Yusuf Xos Hojib dehqonlarga ham yuqori baho berdi. Ularning mehnati halol, sharafli, barchaga 

manfaatli ekanligini ta`kidlaydi: 

 

 



 

Bo`lar dehqon ahli juda qo`li keng, 

 

 

 



Xudo berganidan erur ko`ngli keng. 

 

 



 

Qimirlaguvchidan er uzra hamon 

 

 

 



Yuruvchiga osh, non, uchuvchiga don. 

 

 



 

Ularga aralash, qo`shilish o`zing, 

 

 

 



Shirin so`zla tilda, ochiq tut yuzing. 


Chorvadorlar haqida:  

Qimiz, sut, yungu yog`, qurut va qatiq

 

 

 



Namat va kigiz ham to`qima tutiq. 

 

 



 

Bular manfaatli kishilar turur, 

 

 

 



Bularni juda yaxshi tut, ey unur. 

«Qutadg`u bilig»da muallif odob-axloq masalalariga alohida to`xtaladi. U turli tabaqalar o`rtasidagi 

munosabat, axloq, muomala, odamgarchilik, to`g`rilik,soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, adolat, 

insof, saxovat, aql, zakovat kabi xususiyatlarni g`ayri insoniy, yolg`onchilik, insofsizlik, egrilik, 

bemehrlik, zulm, nomardlik, johillik kabi tomonlar bilan qiyoslaydi: 

 

 



 

Yomonlikni qilma, e xulqi suzuk, 

 

 

 



Bu kun ezgu ish qil, fe`ling qil tuzuk. 

 

 



 

Yomon ishni qilma, u koni zarar, 

 

 

 



Yomonlik ilon bir, seni u chaqar. 

Barcha odob-axloqning boshi tildir. Tilning foyda va zarari behisobdir. Oz so`zlash, ko`p tinglash 

kerak. Qizil til qora boshning yovi: 

 

 



 

Kishin til ulug`lar, topar qut kishi, 

 

 

 



Kishin til tubanlar, yorilar boshi. 

 

 



 

So`zing ehtiyot qil, boshing ketmasin, 

 

 

 



Tiling ehtiyot qil, tishing sinmasin. 

 

 



 

Talay so`zlama so`z, biroz so`zla oz, 

 

 

 



Talay sir-sinoatni oz so`zda yoz. 

 

 



 

Qora bosh yovi bu qizil til erur, 

 

 

 



Talay bosh egan u, yana  ham eyur. 

Muallif farzand tarbiyasi, o`g`il-qiz o`stirish, ziyofatga borish, u erda o`tirish, ovqatlanish odobi 

haqida o`git beradi.  

Asarda ko`plab badiiy  tasvir vositalari uchraydi. Turli tashbehlar, omonimlar, o`xshatishlar 

ishlatilgan.  

Umuman, «Qutadg`u bilig» bundan keyin ham o`quvchilarimizni axloqli qilib tarbiyalashda 

ahamiyat kasb etaveradi. 

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 



X-XII asrlarda tarixiy sharoit qanday edi? 

Bu davr madaniy hayotining rivojlanish omillari nima bilan bog`liq? 

X-XII asrlar qaysi sohalar taraqqiyoti bilan xarakterlanadi? 

Bu davrda badiiy adabiyot qanday holatda edi? 

Fors-tojik adabiyoti haqida gapiring. 

Turkiy adabiyot haqida gapiring. 

Bu davrda adabiyotshunoslik sohasida qanday asarlar yaratildi? 

Mahmud Qoshg`ariy kim? 

Uning hayoti va ijodi haqida nima bilasiz? 

“Devonu lug`otit turk» qanday asar? 

«Devon»dagi she`riy parchalar qaysi mavzuda? 

«Devon»dagi xalq maqollaridan misollar keltiring. 

«Qish va yoz» munozarasini tahlil qiling. 

Alp Er To`nga marsiyasida nima haqda gap boradi? 

Yusuf Xos Hojib kim? 

U haqda qaysi manbalarda ma`lumot bor? 

«Qutadg`u bilig» qanday asar? 

Uning topilishi, o`rganilishi, nusxalari haqida gapiring. 

Dostonda qanday masalalar qo`yilgan? 

Asardagi obrazlarga tahlil bering. 

Dostondagi xalq og`zaki ijodining ta`sirini belgilang. 



 

Adabiyotlar: 

A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T.,1973. 

Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli al-asr. T.,1976. 

B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. 9-sinf. Darslik. T.,2000. 

Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T., 1995. 

Darsliklar. 

Firdavsiy. Shohnoma. 1,2,3-kitoblar. T.,1974-77. 

H.Homidiy. Ko`hna Sharq darg`alari. T., 1999. 

I.A.Karimov. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-tom. Toshkent: O`zbekiston, 1999. 

I.Abdullaev. Beruniyga zamondosh shoirlar. T.,1974. 

Mahmud Qoshg`ariy. Devonu lug`otit turk. 3-tomlik. T., 1960-63. 

N.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.,1976. 

O`zbek adabiyoti tarixi. 5-tomlik. 1-tom. T.,1978. 

Q.Karimov. Ilk badiiy  doston. T.,1976. 

Qadimiy  hikmatlar. T.,1987. 

R.Vohidov. H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro, 2001. 

Yusuf Xos Hojib. Qutadg`u bilig. T.,1990. 

 

4-mavzu: XIII-XIV ASRLAR ADABIYOTI 



 

XIII-XIV asrlarda adabiy-madaniy hayot. 

XIII-XIV asrlar adabiyotining asosiy xususiyatlari. 

Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asari. 

Sayfi Saroyi hayoti va ijodi. 

 

  



Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: Mo‘g‘ul istilosi, Chingizxon, Muhammad 

Xorazmshoh, Jaloliddin Manguberdi; Muhammad Avfiy, Badriddin Chochiy, Jaloliddin Rumiy, 

Mulamma` – shir-u shaker, “Guldursun”; Rabg`uziy, adabiy manba, tarixiy manba, 

«Qisasi 


Rabg`uziy», Dovud hikoyati; Sayfi Saroyi, Oltin O`rda, «Suhayl va Guldursun», Sa`diy, 

«Guliston», Suhayl, Guldursun;  

 

XIII-XIV asrlarda adabiy-madaniy hayot. 



XIII asr va XIV boshlari Markaziy Osiyo xalqlari hayotida qayg‘uli bir davrni tashkil etadi. Bu davr 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish