2. Q`on plazma oq`sillari va ularni vazifasi (albuminlar, globo’linlar, tashuvchi oq`sillar va fermentlar)
Q`on oqsillari uzining tarkibida 10% suvli eritma, shuningdek ko’p miqdordagi xar xil birikmalarni tutadi, oqsil - 10%, mineral moddalar – 1%, NaCl va boshka kuyi molekullali birikmalardan tashkil topgan bo’ladi. Neytral tuzlar yordamida tuzlash usuli bilan qon plazma oqsillarni uch guruxga ajratiladi: albuminlarga, globo’linlarga, fibrinogenga. Qon plazmasida albuminni me’yoriy miqdorda bo’lishi 40-50 g/l, globo’lin – 20-30 g/l, fibrinogen – 2-4 g/l ni tashkil qiladi. Qon plazmasida fibrinogenni bo’lmasligi qon zardobini xosil qiladi.
Q`on plazma oqsillarining sintezi jigar xujayrasida va retikuloendotelal tizimida bo’lib utadi. Qon oqsillarining fiziologik vazifasi ko’p kirralidir:
Plazma oqsillari qondagi kolloid-osmotik (onkotik) bosimni doimiyligini bir me’yoriida saklab turadi. Plazmada oqsillalning bo’lish darajasa, to’qima suyuqligiga nisbatan bir necha bor yuqori bo’ladi. Oqsillar kolloid bo’lib suv bilan birikib uni tutub koladi va qon uzanidan chikishiga yul kuymaydi. ……..
Plazma oqsillari qon ivishida faol ishtirok etadi. Fibrinogen qon ivish tizimida asosiy komponenti xisoblanidai, shuningdek boka bir kator plazma oqsillari qon ivishida ishtirok etadi.
Plazma oqsillari qonning kovushkokligini ta’minlaydi, suv kovushkokligiga nisbatan 4-6 barobar yuqori bo’ladi. Qon uzanida gemodinamik xoatini tutishda asosiy rol o’ynaydi.
Plazma oqsillari qonning rN muxitini doimiy salab turishda va zaruriy bufer tizimini tashkil kilishda ishtirok etadi.
Plazma oqsillarini transport vazifasini axamiyati shundaki, bir kator moddalar (xolesterin, bilirubin va boshqa moddalar bilan) shuningdek dori preparatlar (penistilin, salistilatlar va boshkalar) bilan biriktirib ularni to’qimaga olib keladi.
Plazma oqsillar immunitet jarayonida muxum o’rin tutadi (bu asosan imunoglobo’linlar bilan bog`liq).
Masalan, oqsil bilan boglangan kalstiy zardobi 40-50% ni, aksariyat qismi temir, magniy, mis va boshka elementlar
Q`on plazmasi organik va mineral moddalarning suvdagi taxminan 10% eritmasidir. Oq`sillar qonstentrstiyasi taxminan 7%, mineral tuzlar qonstentrastiyasi taxminan 1% ni tashkil etib uning kolgan qismi oqsil bo’lmagan xar xil organik birikmalarga to’g`ri keladi. Plazma oqsillari elektroforez usuli bilan 5 ta tarkibiy qismlarga ajraladi: albuminlar, 1- globo’linlar, 2-globo’linlar, -globo’linlar va - globo’linlar. Shu funkstiyalarning xar biri xar xil oqsil aralashmasidan iboratdir. Doimo plamada bo’ladigan, qonda bo’lgani uchun xam funkstiyalarni ado etib boradigan oqsillarning ko’pchiligi jigarda sintezlanadi.
Globo’linlar xam , , turlarga bo’linadi. Ular xam asosn jigarda, talok va qon yaratuvchi a’zolarda sintezlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |