Yoshlik yosh davri (yoshlik) – yengil atletikada bu yosh davri sportchilarning 20
– 22 yoshi bilan belgilanadi (musobaqani o‘tkazish yilining 31 – dekabr sanasi
bo‘yicha hisoblaniladi).
Ko‘pkurash – sportchilarning bir nechta sport turlari (zamonaviy beshkurash,
triatlon, poliatlon va hakozo) bo‘yicha bellashuvlari amalga oshiriluvchi musobaqa
hisoblanadi.
Ko‘pkurashchi – yengil atletikada ko‘pkurash bellashuvlarida ishtirok etuvchi
yengil atletikachi sportchi hisoblanadi.
Quyi start – spriterlik yoki g‘ovlar osha yugurish masofalarida yugurishni
boshlash usuli hisoblanib, bunda sportchining to‘rtta tayanch nuqtasiga ega bo‘lishi
(ikkala oyoq va ikkala qo‘l bilan yerga tegib turish holati) va «Startga», «Diqqat»,
«Qadam bos» ko‘rinishidagi buyruqlardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |