Mezosikl (bosqich) – yengil atletikachining yillik tayyorgarligi davomida 4 – 8
haftadan tashkil topgan (mikrosikllar) mashg‘ulotlar sikli bo‘lib, uning asosiy
vazifasi – sportchilarda bitta yoki ikkita aralash holatdagi maxsus jismoniy sifatlarni
rivojlantirishdan tashkil topadi.
Yerga tushish joyi – gorizontal holatdagi yengil atletika sakrash turida ichi qum
bilan to‘ldirilgan handaq (qazilgan soha), vertikal holatda sakrashda esa – maxsus
parolondan tayyorlangan gilam (mat) hisoblanadi.
Uloqtirish – xohlagan predmetni ma‘lum bir aniq masofaga uloqtirish maqsadiga
qaratilgan, odamning harakatlaridan tashkil topadi (bunda uloqtirish nishon tomonga
yoki masofa uzunligi bo‘ylab amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |