Yengil atletika – yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ushbu sport turlari
umumiyligi ko‘rinishidagi ko‘pkurash bellashuvlaridan tashkil topgan mashqlar
hisoblanadi.
Yengil atletika uloqtirish mashqlari – sporchining vazifasi sport anjomini
(snaryad) iloji boricha maksimal uzunlik masofasiga uloqtirishdan tashkil topgan,
bunda albatta, uloqtirishning ma‘lum bir aniq turi bo‘yicha belgilangan texnika
tartib va qoidalariga amal qilinishi talab etiluvchi, guruh holida bajariluvchi yengil
atletika turi hisoblanadi. Yengil atletika uloqtirish mashqlari 4 ta turni o‘z ichiga
oladi: jumladan, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, bosqon uloqtirish va yadro
itqirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |