Musobaqaning bosh kotibi – musobaqaning barcha bayonnomalarni tayyorlash
va yuritish uchun, ishtirokchilardan arizalarni qabul qilish, musobaqa yakunlarini
amalga oshirish javobgar bo‘lgan hakam hisoblanadi.
Musobaqaning bosh hakami – musobaqaning tayyorlanishi, tashkil qilinishi va
to‘g‘ri tartibda o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘lgan, hakamlar guruhsi faoliyatini
nazorat qiluvchi, musobaqaning yakunlarini amalga oshiruvchi hakam hisoblanadi.
Disk –doira shaklidagi, og‘irligi 1, 1,5, 1,75, 2 kg va diametr o‘lchami 180 – 220
mm ga teng bo‘lgan (sportchilarning jinsi va yoshiga bog‘liq holatda) sport anjomi
(snaryad) hisoblanadi.
EEA – Evropa Yengil atletika Assotsiatsiyasi – Yevropada yengil atletika
musobaqalarini o‘tkazish va rivojlantirishni boshqarish organi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |